Bakteriyalar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarning qishloq xo'jaligidagi zarari



Download 351,5 Kb.
bet24/25
Sana14.01.2022
Hajmi351,5 Kb.
#363212
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Bakteriyalar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarning qishloq xo'jaligidagi zarari

Taxta va yog`och. Odamlar eng keng miqyosda qo’llaydigan materiallarga metallar va silikatlar (beton, g’isht) bilan bir qatorda yog`och ham kiradi. Kurilishda taxta yigma temirbetonlardan 2 baravar ko’p sarflanadi. Ammo metall va silikatlardan farqli o’laroq, yog’och - tabiiy organik material va uni ko’p tirik organizmlar karbon manbai sifatida o’zlashtiradi. Yog`ochni o’zlashtiruvchi organizmlar ishga yaroqli taxta, taxtadan qurilgan inshootlar, uy jihozlari va boshqa yog’och buyumlarda biozararlanish qo’zg`atadi. Hech bir taxtadan qurilgan bino biologik agentlar bilan zararlanmay qolmaydi.

Yog`och biozararlanishini qo’zg`atadigan asosiy organizmlar yogochda yashovchi zamburuglar, ba’zi hasharotlar va gidrobiontlardir. Mo’tadil iqlimda yog’och va taxtaning barcha biozararlanishning 90 foizini zamburuglar qo’zg`atadi. Yogoch biozararlanishi - zamburuglar va hasharotlar yog`ochning sellyuloza, lignin va boshqa komponentlarini ozuqa manbai sifatida o’zlashtirishining natijasidir. Yogoch tolalarini bevosita parchalaydigan zamburuglar va hasharotlarga nisbatan bakteriyalar kam va bilvosita zarar keltiradi.

Yog’ochda yashovchi zamburuglar biosferaning karbon stiklida muhim rol o’ynaydi. Ular yog`ochning yuz millionlab tonna karbon suv va boshqa birikmalarini o’zlashtirib, karbonat angidrid va suv hosil qiladi. Shu bilan birga yogochda yashovchi zamburuglar tirik daraxtlarni zararlashi va taxta materiallari va ulardan tayyorlangan buyumlarni parchalashi tufayli foydali hisoblanmaydi va ulardan himoya qilish talab etiladi.


XULOSA
Bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ular juda mayda, ko’zga ko’rinmaydigan organizmlardir. Bakteriyalar sharsimon va tayoqchasimonlar guruhiga bo’linadi. Sharsimonlari – kokklar deb nomlanadi. Bakteriyalar kattaligi mkm bilan o’lchanadi. Bakteriyalar spora hosil qilish, harakatlanish, ko’payish va rivojlanish xususiyatiga ega. Bakteriyalarning foydali va zararli turlari mavjud. Foydali turlaridan qishloq xo’jaligi va sanoatda foydalanamiz. Zararli turlari esa xalq xo’jaligi, qishloq xo’jaligi va sanoatda katta zarar yetkazadi. Metallar korroziyasini qo’zg`atishda qatnashuvchi bakteriyalarning ko’pchiligi xemotroflardir.

Sanoat materiallarining biodesrukstiyasi (bioemirilishi, bioparcha-lanishi) jarayonida bakteriyalarning quyidagi xususiyatlari muhim rol o’ynaydi: ko’p bakteriyalar tashqi muhitdan organik modda olmasdan hayot kechira olishi; ba’zi bakteriyalar muhitdagi ekstremal sharoitlarda ham hayotchanligini yo’qotmasligi, jumladan, yuqori harorat (80°S, ba’zan undan ham yuqori) va bosimga, kuchli nordonlik yoki ishqorlikka, intensiv nurlanishga, tuzlarning yuqori miqdoriga va b. chidamliligi.

Litotroflardan biozararlanishning eng faol namoyondalari sulfatiklovchi, tion, nitrifikator va temir bakteriyalaridir. Ular qo’zg`atadigan metallar korroziyasi, beton, tosh, g`isht va boshqa materiallar emirilishining olchami goyat katta. Sulfattiklovchi (sulfatredukstiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB) - po’lat, temir va alyuminiyda asosiy anaerob korroziya qozg`atuvchilaridir. Taxmin qilinishicha, ular qo’zg`atadigan korroziyaning exanizmi ushbu bakteriyalar hayot kechirishi davrida hosil bo’ladigan qattiq temir sulfidi katod depolyarizastiyasini jadallashtirishi yoki bakteriyalar polyarizastiyalangan vodorodni iste’mol qilishidir.

TION BAKTERIYALARI oltingugurt va sulfatlarning har xil tiklangan birikmalarini oksidlaydi. Ular tufayli murakkab metall inshootlari, tosh va temirbeton qurilmalar, rezinali asbob-uskuna va jihozlar (shina, shlang) korroziyaga uchraydi. Nitrifikator bakteriyalar ammiakni oksidlash paytida ajratiladigan azot kislotasining ta’siri vositasida metallarda korroziya va serkovak qurilish materiallarida biozararlanish qo’zg`atadi.

TEMIR bakteriyalar qatoriga temirning tiklangan birikmalarini oksidlovchi va temir oksidlaridan hujayralari ustida cho’kindi qatlami hosil qiluvchi, taksonomik jihatdan har xil guruhlarga mansub mikroorganizmlar, jumladan ipsimon bakteriyalar, sion bakteriyalari, fleksibakteriyalar va mikoplazmalar kiradi. Bularni faqat shartli ravishda (oldindan shunday qilingani uchun) litotroflar guruhiga qo’shishadi.

Litotrof bakteriyalar anorganik moddalar o’zgarishi vositasida energiya olishi uchun, asosan metalllar va boshqa anorganik qurilish va sanoat materiallarida biozararlanish qo’zg`atadi. Organotroflar esa organik mooddalarni oksidlashda hosil bo’lgan energiyadan foydalanadi. Shu sababli ularning ko’pchiligi organik moddalardan tashkil topgan sanoat materiallarida faol biozararlanish qozatuvchilardir. Shu bilan birga ulardan ba’zilari hosil qiladigan agressiv metabolitlari (organik kislotalar, ammiak, vodorod sulfid va b.) bilan metallarda korroziya qo’zg`atadi.

Ayniqsa neftni qayta ishlab olinadigan yonilg`i, moylash materiallari va boshqa materiallarning bakterial parchalanishi diqqatga sazovordir.

Tirik organizmlar emirmaydigan yoki kamida ularning xususiyatlari va tashqi ko’rinishini o’zgartirmaydigan materiallar yo’q. Uskunalar biozararlanishdan konstrukstion, sanitar-gigienik va kimyoviy metodlar bilan himoya qilinadi.



Download 351,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish