I-bob. Bakteriyalar hujayrasining tuzilishi
Mikroskop yordamida kuzatiladigan va ularning hayot faoliyati tekshiriladigan mavjudotlarga: bakteriyalar, aktynomistetlar, mikobak-teriyalar, spiroxetalar, bakteriofaglar, viruslar, rikketsiyalar, mikso-mistetlar, zamburug`lar, lishayniklar, bir va ko’p hujayrali suv o’tlari va protozoo — sodda hayvonlar o’rganiladi.
Vibrion, spirilla, bakteriya, bastilla va klostridum deb atalgan mavjudotlar tayoqcha (silindr) simon shakldagilari ham bo’lib, ular ayrim xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi(1-jadval).
Jumladan, vibrionlarning tanasi biroz bukilgan bolib, vergulga o’xshab turadi. Spiroxetalar tanasi bir necha marta bukilgan shaklda ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |