Tuproq mikroflorasi. Tuproq tarkibida oziq moddalar, namlik va havo yetarli darajada bo’lsa, mikroorgaiizmlarning rivojlanishi uchun eng qulay muhit (substrat) hisoblanadi. Urta hisob bilan 1 g tuproqda 2,5—5 milliardgacha mikroorganizmlar bo’ladi. 30 sm li 1 gektar haydaladigan tuproq tarkibidagi mikroblar massasi 3—5 t ga etib qoladi.
Tuproqqa tushgan o’simlik va hayvon qoldiqlari hisobiga mikroorganizmlar o’z hayot faoliyatini davom ettirib, misli ko’rilmagan darajada kopayib tuproq zarrachalari orasida to’planadi.
Tuproq zarrachalari tomonidan mikroblarning yutilib qolganligi sababli tuproqning yuza qismida mikroblar ko’p bo’lib, pastga tushgan sari ularning soni kamaya boradi(4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |