III-bob. Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi
Yer sharining turli geografik zonalarida iqlim sharoiti har xil bo’lishiga qaramay, mikroorganizmlardan holi bo’lgan rayonni topib bo’lmaydi. Shimoliy Muz okeanida va Afrika sahrosida, baland tog`lar cho’qqisida va chuqur suv ostida, inson va hayvon tanasida, o’simlik organlarida son sanoqsiz mikroblar tarqalgandir. Mikrooganizmlar hayot jarayonlarini saqlash xususiyati kuchli bo’lganligidan ular bir necha yuz, hattoki bir necha ming yillardan keyin ham qulay sharoitda tiriklik xususiyatlarini namoyon qilgan. 1911 yilda muz tagidan topilgan mamont ustida mikroorganizmlar borligi va ular yashashga qodir ekanliklarini Omeleyaskiy kuzatgan. Amerikalik Meyer Antarktidada (Janubiy qutbda) 30 m qalinlikdagi muz oralaridagi mikroblarni ajratib olib, qulay sharoitda parvarish qilib, ularda hayot jarayonlarini uyg`otgan. Bu mikroblar 3 000 yil davomida muz ichida anabioz hayot kechirganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |