Bakteriofaglar, antibiotiklar, mikroorganizimlarni infeksiyadan saqlanishda normal mikrofloraning ahamiyati


Zamburug‘lardan ajratib olingan antibiotiklar



Download 45,98 Kb.
bet10/15
Sana01.03.2022
Hajmi45,98 Kb.
#476557
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5193209957352215182

Zamburug‘lardan ajratib olingan antibiotiklar
Ayrim zamburug1 shtammlari Penicillium (Penicillium notatum, Penicillium chrysogenum) avlodidan penitsillin olingan.
Penitsillin — patogen kokklar: Grammusbat stafilokokk, pnev­mokokk, Grammanfiy meningokokk, gonokokklarga nisbatan kuchli faoldir. Uni kuydirgi, qoqshol, gazli gangrena, zaxm va boshqa kasalliklami davolashda qo‘llaniladi. Penitsillinni peroral (og‘iz orqali) qo‘llash mumkin emas, chunki u kislotali va ishqoriy sharoitda faolligini yo‘qotadi va oshqozon hamda ichak yo‘lida parchalanadi.
Penitsillinni qo‘llashda uning organizmdan tez chiqib ketishi, terapiyada kerakli samarani berishi, qondagi penitsillin konsentratsiya­sini saqlash uchun har 3—4 soatda yuborish lozimligi oldindan aniq edi. Keyinchalik uzoq ta’sir etadigan penitsillin yaratildi. Ularga ekmonovotsillin, bitsillin-1, bitsillin-3, bitsillin-6, bitsillin-13 anti- biotiklari kiradi. Bu antibiotiklardan revmatizm va zaxm kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda yarimsintetik penitsillin, metatsillin, oksatsillin, kloksatsillin va boshqalar olingan, ular penitsillinaza ta’sirida parcha- lanmaydi va penitsillinga chidamli bo‘lgan stafilokokk infeksiyalami davolashda qo‘llaniladi: ampitsillin faqat Grammusbatlargagina emas, balki Grammanfiy qorin tifi, dizenteriya va boshqa qo‘zg‘atuvchilarga faol ta’sir ko‘rsatadi. Oksatsillin va ampitsillin oshqozonning kislotali sharoitiga chidamlidir, shuning uchun (peroral) og‘iz shilliq qavati orqali qo‘llash mumkin. Cephalosporium avlodiga krruvchi zamburug‘lar sefalosporin antibiotigini ishlab chiqaradi. Uning keng qo‘llaniladigan yarimsintetik a’zolaridan seporin (sefaloridin) va sefamezin kam toksinli, keng spektrda ta’sir ko‘rsatadi, penitsillinaza ta’sirida parchalanmaydi, penitsillinga sezuvchan organizmlarda allergik reaksiyalar keltirib chiqarmaydi, ko‘pgina yuqumli kasalliklami davolashda keng qo‘llaniladi.
Aktinomitsetlar hosil qiladigan antibiotiklar
Nursimon zamburug‘larning (aktinomitsetlar) antagonistikta’siri- ni birinchi bo‘lib N.A. Krasilnikov (1939) aniqlagan. Amerikalik olim A. Vaksman (1943) streptomitsinni ajratib oldi. Streptomitsinning ochilishi silga qarshi kurashishda yangi davmi ochib berdi, chunki sil mikobakteriyasi streptomitsinga sezgirdir. Streptomitsin Grammusbat va Grammanfiy bakteriyalarga o‘ldiruvchan ta’sir ko‘rsatadi va toun, tularemiya, brutselloz va boshqa kasalliklami davolashda qo‘llaniladi. Teri ostiga, mushakka, venaga yuboriladi.
Bakteriyalar streptomitsinga chidamli bo‘lib qoladi. Ayrim mikroorganizmlar streptomitsinga bog‘liq shaklni hosil qiladi, ular faqat streptomitsin qo‘shilgan oziqa muhitlarida bo‘linib ko‘payadi.
Tetratsiklin aktinomitsetlarning tabiiy antibiotik tetratsiklin, xlortetratsiklin, oksitetratsiklin guruhining mahsuloti bo‘lib hisobla­nadi. Barcha preparatlar keng miqyosda ta’sir ko‘rsatadi. Grammusbat va Grammanfiy turdagi bakteriyalar rikketsiyalarning, ayrim sodda jonivorlaming (dizenteriya amyobasi) bo‘linib ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Tetratsiklin oshqozon-ichak sistemasi orqali yaxshi so‘riladi, kandidozlarning oldini olish uchun u nistatin bilan birga qo‘llaniladi. Keyingi yillarda oksitetratsiklinning yarimsintetik hosilalari (metatsik- lin, doksitsilin va b.) keng qo‘llanilmoqda, ularni tabiiy preparatlar bilan solishtirganda ancha foydali bo‘lib chiqdi.
Streptomyces venezuelae Levomitsetin — sintetik preparat kultura suyuqligidan ajratib olingan, tabiiy xloramfenikolga o‘xshash Gram­musbat va Grammanfiy bakteriyalar, rikketsiyalar spiroxetalarga antimikrob ta’sir ko‘rsatadi. Levomitsetin ichak infeksiyalari: qorin tifi, paratif, dizenteriya, shuningdek, turli xil rikketsiozlarni, toshmali tif va boshqa kasalliklami davolashda qo‘llaniladi. Aktinomitsetlardan eritromitsin, olendomitsin, kanamitsin, rifamitsin, linkomitsinva boshqa antibiotiklar olinadi. Bu preparatlar zaxira antibiotiklarga kiradi va kasalliklami davolashda bakteriyalarning boshqa antibiotiklarga chidamli bo‘lgan hollarida qo‘llaniladi. Bakteriyalar ishlab chiqaradigan antibio- tiklardan polimiksin va C gramitsidini amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Polimiksinlar B.polimixa spora hosil qiladigan tuproq batsillalari ishlab chiqaradigan antibiotik guruhini birlashtiradi. В, M va E polimiksinlar, asosan, Grammanfiy bakteriyalarga enterobakteriyalar, ko‘k yiring tayoqchalari va boshqalarga nisbatan faoldir.
Gramitsidin antibiotigini G.F. Gauze va M.G. Brajnikova (1942) B. brevis tuproq batsillalarining turli xil shtammlaridan ajratib olganlar. Unga Grammusbat bakteriyalar sezgir. C gramitsidini eritrotsitlami gemolizga uchratishi mumkin, shuning uchun mahalliy yiringlanish jarayonlarni davolashda qo‘llaniladi.
Hayvon to‘qimalaridan ajratib olingan
antimikrob moddalar

Lizotsimnibirinchibo‘lib rus olimi I.L. Lashenkov (1909) tovuq tuxumining oqsilida aniqlagan. Keyinchalik lizotsim to‘qimalaridan ajratib olingan antimikrob moddalarda, sutda, ko‘z yoshlarida, so‘lak va turli a’zolaming to‘qimalari (buyrak, taloq,jigar)da aniqlagan. U organizmning tabiiy himoya omili hisoblanib, patogen saprofit mikroorganizmlarda bakteriologik (bakteriyalami erituvchi) ta’sir ko‘rsatadi. Uni ko‘z va teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Ekmolin Z.B. Yermolyeva tomonidan baliq to‘qimalaridan ajratib olingan. U penitsillin (ekmonovotsillin) bilan birga qo‘llaniladi, bu ularning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Interferon ko‘pchilikda alohida qiziqish uyg‘otdi. U virus to‘qi- malari ta’sirida organizm hujayralarida hosil bo‘ladi va viruslami bo‘linib ko‘payishidan tabiiy himoya qiladigan omil hisoblanadi. Interferon Ayzeks va Lindemanlar tomonidan 1957-yilda ochilgan, keng spektrda viruslarga qarshi ta’sir ko‘rsatish xossasiga ega. Interferonning ta’sir etish mexanizmi 0‘rganilganda aniqlanishicha, u ko‘pgina viruslaming nuklein kislotasi sinteziga ta’sir ko‘rsatadi va ulaming o‘limiga sabab bo‘ladi.
Interferon spetsifik ta’sir ko‘rsatish xossasiga ega, ya’ni odam interferoni hayvon organizmidagi viruslarga ta’sir ko‘rsatmaydi. U odam leykotsitidan ajratib olinadi va uni IF a, deb belgilanadi. Gripp va boshqa virus respirator kasalliklarining oldini olishda va davolashda qo‘llaniladi. Keyingi yillarda interferon yangi hosil bo‘ladigan o‘smalarga samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.

Download 45,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish