24
xizmat ko’rsatuvchi,
hujjatlarni ishlab chiquvchi, xodimlarni boshqaruvchi,
tashkilot faoliyati jarayonlarini, shu jumladan ularga farmoyish beruvchi vakolatlar
berilmagan holda tartibga soluvchi, ta’lim beruvchi va sog’lomlashtiruvchi, ijodiy
va ilmiy faoliyatni, shu jumladan boshqa o’ziga
xos funksiyalarni amalga
oshiruvchi xodimlardir. Mutaxassislar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga
tegishli bo’lishi, farmoyish berish va ijro etish funksiyalarini bajarishlari mumkin.
Ushbu ta’rifdan kelib chiqib, kadrlar bo’yicha
bosh mutaxassisning
funksional vazifalari lavozim yo’riqnomalarida belgilab beriladi. Umumiy holda u
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
– tashkilot hamda tarkibiy bo’linmalarida ish yuritishga metodik rahbarlik
qilish va ish yuritish bo’yicha yo’riqnoma talablariga rioya etilishini nazoratini
amalga
oshirish, hamda tashkilot ijro etuvchi apparati mutaxassislari bilan
birgalikda majlislar bayonnomalari tayyorlanishini ta’minlash;
–tushayotgan xat-xabarlarni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish,
taqsimlash va mansubligiga ko’ra ijrochiga yetkazib berish,
chiqadigan xat-
xabarlarni qabul qilish, ro’yhatdan o’tkazish va jo’natish;
–tashkilot tarkibiy bo’linmalarida hujjatlar yig’majildining nomenklaturasini
aniqlashtirish. Ijro etuvchi apparati uchun yig’ma nomenklatura tuzish, unga rioya
etilishini nazorat qilish;
–tashkilot ijro etuvchi apparatida O’zbekistan Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi
1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga va 2009 yil 28 avgustdagi "Ijro
intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi"ga
muvofiq hujjatlar va
topshiriqlarning o’z vaqtida ijro etilishi bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish va
monitoringini olib borish;
–belgilangan muddatlarda tashkilot ijro etuvchi apparati tarkibiy bo’linmalari
rahbarlariga navbatdagi ijrosi ta’minlanishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yhatini
shakllantirishi va ular to’g’risidagi ma’lumotnoma-eslatmalarni yozma shaklda
taqdim etish;
25
–fuqarolarning tashkilotga kelgan yozma va og’zaki murojaatlarini ro’yhatdan
o’tkazishi
va hisobini yuritish, fuqarolarni qabul qilish va ularni tashkilotga
murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash va
kompaniya ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy bo’linmalariga
va boshqa
tashkilotlarga tegishli chora-tadbirlar ko’rish uchun yuborish;
–xodimlarni lavozimga tayinlashda (egallab turgan lavozimdan ozod etishda)
o’rnatilgan tartib asosida talab qilinadigan hujjatlarni qabul qilish, kadrlar hisobini
yuritish, xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, lavozimga ko’tarish uchun zahira
ishlarida foydalanish uchun malaka, ma’lumot va yosh darajasi to’g’risida hamda
ijtimoiy-demografik ma’lumotlar ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy materiallar
tayyorlash;
–tashkilot
xodimlariga mukofotlar, rag’batlantirishlar va intizomiy jazolarga
oid hujjatlar hisobini yuritish, pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash
va rasmiylashtirishni ta’minlash;
– xodimlarning xizmat guvohnomalarini rasmiylashtirish va ularning hisobini
yuritish.
Do'stlaringiz bilan baham: