Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/111
Sana23.01.2023
Hajmi2,11 Mb.
#901640
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

 
6.5.
 
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarchasini berish 
tartibi 
Xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda 
xodimning mazkur tashkilotda ishlagan davrida mehnat daftarchasiga kiritilgan 
ishi to’g’risidagi ma’lumot (yozuv)lar korxona rahbari yoki uning tomonidan 
maxsus vakolat berilgan shaxsning imzosi va korxona yoki xodimlar bo’limining 
muhri bilan tasdiqlanadi. 
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat 
daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning 
nusxasini berishi shart. 
Ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda 
butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o’rtacha oylik ish haqi to’lanadi 
(masalan: 
moddiy 
javobgar 
xodimni 
biriktirilgan 
anjomlarni 
vaqtida 
topshirmaganligi uchun bahona qilib mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa). 
Bunday holda ishdan bo’shash kuni, mehnat daftarchasi berilgan kun hisoblanadi. 
Ishdan bo’shagan kunining yangi sanasi to’g’risida buyruq berilib, xodimning 
mehnat daftarchasiga yozib qo’yiladi. Bo’shagan kuni to’g’risida ilgari kiritilgan 
yozuv, ushbu Yo’riqnomaning 2.8 bandida belgilangan tartibda bekor qilinadi. 
Xodim ishdan bo’shaganda mehnat daftarchasini olganligi to’g’risida shaxsiy 
varaqasiga (T-2 son idoralararo namunaviy shakl — Yo’riqnomaga 4-ilova) va 
xodimlar bo’limidagi hisobot kitobiga imzo qo’yadi. 
Xususiy tadbirkorlik va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi 
yuridik shaxs bo’lmagan fuqarolarga hamda dehqon xo’jaliklarida ishlovchilarga 
mazkur faoliyatni to’xtatganlaridan keyin mehnat daftarchalarini tuman (shahar) 
ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan beriladi.


126 
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim ishda bo’lmagan taqdirda, ish 
beruvchi o’sha kuniyoq unga pochta orqali mehnat daftarchasini olib ketish 
to’g’risida ogohlantiruvchi xabarnoma jo’natadi (boshqa xatlar hisobotga 
olinmaydi va Yo’riqnomaning 3.1. bandi asosida ish ko’riladi). 
Xodimning mehnat daftarchasini yashash joyiga pochta orqali jo’natish faqat 
uning roziligi bilan amalga oshiriladi. 
Xodim vafot etgan bo’lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga 
tilxat yozdirib olish yo’li bilan topshiriladi yoki ularning talablariga ko’ra pochta 
orqali jo’natiladi. Vafot etgan xodim mehnat daftarchasining «Ishi to’g’risidagi 
ma’lumotlar» bo’limida yozuvning tartib soni va sanasi ko’rsatilgandan so’ng 3-
ustunga «Mehnat munosabatlari bekor qilindi» deb yozilib, 4-ustunda esa 
buyruqning sanasi va tartib raqami ko’rsatiladi. 
Ushbu yozuv belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish