Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


 Mehnat daftarchasining dublikati. Mehnat daftarchalari uchun



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/111
Sana23.01.2023
Hajmi2,11 Mb.
#901640
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

6.6. Mehnat daftarchasining dublikati. Mehnat daftarchalari uchun 
olinadigan haq va ularni saqlash 
Mehnat daftarchasi yo’qotib qo’yilgan taqdirda, shuningdek, foydalanish 
uchun yaroqsiz bo’lib qolgan (yirtilgan, yongan, yozuvlari bo’yalgan) hollarda 
mehnat daftarchasining dublikati xodimning oxirgi ish joyidan beriladi. 
Mehnat daftarchasini yo’qotgan shaxs bu to’g’rida zudlik bilan oxirgi ish 
joyiga yozma xabar berishi lozim. Xabarnomadan so’ng 15 kundan 
kechiktirmasdan ish beruvchi xodimga birinchi betini yuqori qismining o’ng 
tomoniga «Dublikat» deb yozilgan holda yangi mehnat daftarchasini beradi. 
Mehnat daftarchasining dublikati umumiy qoidalarga binoan to’ldiriladi. 
Mehnat 
daftarchasining 
dublikati 
to’ldirilayotganda «Ishi to’g’risidagi 
ma’lumotlar» bo’limida oxirgi ish joyidagi ishi to’g’risidagi ma’lumotlar ilgarigi 
buyruqlar asosida yoziladi. 
Bordiyu, xodim mazkur korxonaga ishga kirmasdan oldin ishchi yoki 
xizmatchi vazifasida ishlagan bo’lsa, unda mehnat daftarchasi dublikati «Ishi 
to’g’risidagi ma’lumotlar» bo’limining 3-ustuniga, mazkur korxonaga ishga 


127 
kelmasdan ilgarigi ishlagani to’g’risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish 
staji yoziladi. 
Mehnat daftarchasi egasining oldingi umumiy ish staji jamlanib, ya’ni qaysi 
korxonada, qaysi davrda va qaysi lavozimlarda ishlagan yillari, oylari va kunlari 
umumiy tarzda yoziladi. Masalan: bir ish joyida boshqa ishga o’tkazilishi va 
boshqalar ko’rsatilmaydi.
Hujjat bilan tasdiqlangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan umumiy 
ish staji mehnat faoliyatining ayrim davrlari bo’yicha quyidagicha yoziladi: 
2-ustunda ishga qabul qilingan sana ko’rsatiladi; 
3-ustunda xodim ishlagan korxona, stex va mansabi, nomi yoziladi.
Agar, taqdim qilingan hujjatlarga xodimning mazkur korxonaning o’zidagi 
boshqa doimiy ishga o’tkazilishi to’g’risidagi ma’lumot bo’lsa, unda bu to’g’rida 
xam tegishli yozuv kiritiladi 
So’ng 2-ustunda mehnat shartnomasi bekor qilinganlik sanasi ko’rsatiladi, 3-
ustunda esa xodim tomonidan taqdim qilingan hujjatda tegishli ma’lumot bor 
bo’lsa, mehnat shartnomasining bekor qilinganligi xam ko’rsatiladi. 
4-ustunda, dublikatga yozuv kiritilishi uchun asos bo’lgan hujjatning nomi, 
son raqami va sanasi kiritiladi. Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar egasiga qaytarib 
beriladi. Ish beruvchi xodimga mazkur korxonaga kirmasdan oldingi ish stajini 
tasdiqlovchi hujjatlarni olishda yordam ko’rsatishi majburiy. 
Ushbu Yo’riqnomaning
2.16 bandida 
ta’kidlangan ma’lumotnoma bilan bir 
qatorda, umumiy jamlangan ish staji ko’rsatilmagan holda bosh satrdan tegishli 
hujjatlarning nomi, son raqami va sanasi ko’rsatilgan holda quyidagilar yoziladi: 
a) qabul qilingan va xizmatdan bo’shagan sanalari ko’rsatilgan holda xalq 
qo’shinlari va partizan otryadlarida bo’lgan davri; 
b) kasb-hunarmandchilik shirkatlari artelining a’zosi sifatida ishlagan davri. 
Yangi mehnat daftarchalari (dublikati)ni berishda ish beruvchi xodimdan 
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 10 foizigacha miqdorida haq 
olish huquqiga ega. 


128 
Mehnat daftarchalari noto’g’ri to’ldirilgan (rasmiylashtirilgan)da yoki ularni 
saqlashda ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holga tushib qolganda mehnat 
daftarchalarining narxini ish beruvchi qoplaydi. 
Tabiiy ofatlar yoki boshqa sabablarga ko’ra korxona tomonidan xodimning 
mehnat daftarchasi yo’qotilgan taqdirda, xodimga mehnat daftarchasining dublikati 
bepul beriladi. 
Ishdan bo’shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o’z vaqtida olmagan 
taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib, 
korxona xodimlar bo’limida ikki yil davomida saqlanadi. Ushbu muddat davomida 
ham yo’qlab kelinmagan va olinmagan mehnat daftarchalari ish beruvchi arxivida 
50 yil saqlanadi va ushbu muddatdan so’ng belgilangan tartibda yo’qotilib 
yuborilishi mumkin. 
Ish beruvchilar zarur miqdordagi mehnat daftarchalari mavjudligini 
ta’minlashlari shart. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish