Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/111
Sana23.01.2023
Hajmi2,11 Mb.
#901640
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

11. Yakuniy qoidalar: 


104 
11.1
.Tomonlar ushbu mehnat shartnomasini bajarmasliklari yuzasidan 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 
11.2
. Mehnat shartnomasi 2 nusxada to’ldirildi va bir xil huquqiy kuchga ega, 
bir nusxasi ish beruvchida, ikkinchi nusxasi xodimda saqlanadi. 
11.3. 
Ushbu mehnat shartnomasining shartlariga taraflarning kelishuvi 
asosida qonunga muvofiq o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar kiritilishi mumkin. 
O’zgartirishlar va qo’shimchalar ushbu mehnat shartnomasining bo’linmas tarkibiy 
qismi bo’lib hisoblanadi. 
11.4
. Boshqa shartlar________________________________ 
 
Tomonlarning manzillari va imzolari: 
700174,Toshkent, TDIU, ______________________________ 
Islom Karimov ko’chasi 48, ______________________________ 
ma’muriy bino
______________________________ 
uy telefoni___________________ 
Rektor (prorektor) pasport____ №________________ 
_______________ ______________________________
(imzo, sana) (qachon va kim tomonidan berilgan) 
xodim_________________________
Gerbli muhr (imzo, sana) 
 
5.4. Sinov muddati 
Ishga qabul qilishda dastlabki sinov o’rnatilishi mumkinligi Mehnat 
kodeksining 84-87-moddalarida ko’rsatib o’tilgan. Ishga qabul qilishdagi 
dastlabki sinov ish beruvchi va ishga kiruvchi shaxslarning o’zaro kelishuvlari 
asosida o’rnatiladi. Agar xodim dastlabki sinov sharti bilan ishga qabul 
qilinayotgan bo’lsa, ushbu shart mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo’lishi 
kerak. Mehnat shartnomasida dastlabki sinov ko’rsatilmagan bo’lsa, xodim 
dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan hisoblanadi. 


105 
Qonunda dastlabki sinovning muddati uch oygacha qilib belgilangan. Agar 
xodimga uch oydan ortiq sinov o’rnatilgan bo’lsa, u haqiqiy emasdir. 
Xodimga o’rnatilgan sinov va uning muddati mehnat shartnomasida hamda 
ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqda qayd qilingan bo’ladi. Buyruq esa 
xodimga imzo chektirib, tanishtiriladi. Ammo xodimga o’rnatilgan sinov uning 
mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Boshqa ishga doimiy yoki vaqtincha o’tkazilgan 
xodimlarga sinov o’rnatilmaydi. 
Eslatib o’tish kerakki, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim 
uzrli sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga 
kiritilmaydi. Masalan, xodim 1 mayda 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul 
qilinsa-yu, 1 iyundan 1 iyulgacha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida bo’lsa, sinov 
muddati 31 iyulda emas, 31 avgustda tugaydi. 
Dastlabki sinov muddati davrida xodimlarga faqat mehnat to’g’risidagi qonun 
hujjatlarigina emas, balki muassasada o’rnatilgan mehnat shartlari ham to’liq tatbiq 
qilinadi. Masalan, ular mehnat intizomini buzsalar, intizomiy jazo choralarini 
qo’llash, muassasadagi ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishni talab etish va 
boshqalar. 
Mehnat kodeksining amalga kiritilishi, ya’ni 1996-yil 1- aprelga qadar amalda 
boigan Mehnat kodeksida dastlabki sinov sharti faqat ish beruvchining manfaatlari 
uchun xizmat qilar, xodimning topshirilayotgan ishga muvofiqligi tekshirib 
ko’rilardi. Amaldagi Mehnat kodeksi xodimga ana shu ishning davom ettirilishi 
maqsadga muvofiqligi haqida o’zi bir qarorga kelish huquqini ham berdi. 
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar bir taraf uch kun oldin ikkinchi tarafhi 
yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga egadir. 
Ikki tomonning kelishuviga binoan uch kun oldin ogohlantirish muddati 
qisqartirilishi mumkin. Xodimga ogohlantirish muddati davomida mehnat 
shartnomasini 
bekor 
qilish 
to’g’risidagi 
arizasini 
qaytarib 
olish 
huquqi ham berilgan. 
Xodimning ishlab berish normalari yoki ishlar hajmini bajarmasligi, ish 
sifatining pastligi va boshqalar ishni uddalay olmayotganligini ko’rsatuvchi dalillar 


106 
bo’lib, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan bekor 
qilinishi mumkin. Bunda kasaba uyushma qo’mitasining roziligi olinmaydi va uch 
kunlik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiya bilan almashtirilmaydi. Mehnat 
nizosi kelib chiqqanda, ish beruvchi xodim haqiqatan ham topshirilgan ishni bajara 
olmayotganligini isbotlab berishi kerak bo’ladi. 
Xodim sinov muddati davrida o’z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini 
bekor qilsa, undan buning sababini tushuntirib berish talab qilinmaydi. Uning 
burchi bu haqida ish beruvchini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirishdan 
iborat boiadi. 
Agar sinov muddati tugagunga qadar ish beruvchi ham, xodim ham mehnat 
shartnomasi to’xtatilishini yozma ravishda bildirmasa, mehnat shartnomasining 
amal qilishi davom etadi. Bu haqida hech qanday qo’shimcha buyruq 
chiqarilmaydi. Keyinchalik mehnat shartnomasining bekor qilinishiga faqat 
umumiy asoslar mavjud bo’lgandagina yo’l qo’yiladi. 
Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq, homilador ayollar, uch yoshga 
to’lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari 
hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
muassasalarining hamda oliy o’quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini 
tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan 
bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha 
muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov 
belgilanmaydi. 
Sinov muddati ishga qabul qilish haqidagi buyruqda ko’rsatilgan boiishi 
kerak. Xodim sinov muddatidan muvaffaqiyatli o’tgan taqdirda, yangi buyruq 
chiqarilmaydi va xodim doimiy ishga qabul qilingan hisoblanadi. Sinov muddati 
qoniqarsiz deb topilganda, xodim kasaba uyushma qo’mitasining roziligini 
olmasdan ishdan bo’shatiladi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish