Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


VI.BOB SAMARALI ALOQA(KOMMUNIKATSIYA): TASHKILIY KONTEKST, JAMOA UCHRASHUVLARI



Download 346,82 Kb.
bet58/117
Sana01.01.2022
Hajmi346,82 Kb.
#297637
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o'quv qo'llanma inshaollox

VI.BOB SAMARALI ALOQA(KOMMUNIKATSIYA): TASHKILIY KONTEKST, JAMOA UCHRASHUVLARI
Muhim tushunchalar: Kommunikatsiya, kommunikatsiyon jarayoni, samarali uchrashuvlar, kommunikatsiya, axborot, muloqot, guruh aloqalar, zamonaviy kommunikatsiya, an’anaviy kommunikatsiya, uchrashuvlar, oshkoralik va shaffoflik, treninglar.

6.1. Jamoa va tashkilotlarda o‘zaro kommunikatsiya
Kommunikatsiya axborot almashuvidir. Bu axborot asosida rahbar kerakli qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlar oladi, so‘ngra ularni xodimlarga yetkazadi.

Rahbar faoliyati samarali axborot almashuvini talab etadi. Agar odamlar axborot almasha olmasa, ular birga ishlay olmaydi, maqsadlarini shakllantira olmaydi.

Rahbar o‘z vaqtining 50%dan 90%gachasini kommunikatsiyaga sarflaydi, chunki axborot almashuvi boshqaruv faoliyatining barcha asosiy turlariga singib ketgan. Axborot almashuvining sifati boshqaruv qarorlarini bajarish darajasiga bevosita ta’sir qiladi.

Kengash, xizmat qog‘ozlari, telefon muloqotlari, rasmiy hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar kabi kommunikatsiya vositalarini qo‘llash, oxir-oqibat ko‘pgina masalalarni hal qilish imkonini beradi. Korporatsiyalar tashqi muhit bilan muloqot qilish uchun turli-tuman vositalardan foydalanadi. Ular mavjud iste’molchilar bilan reklama, shuningdek, tovarni bozorda sotishning boshqa dasturlari yordamida muomala qiladi.

Axborot korporatsiya ichida vertikal kommunikatsiyalar doirasida bosqichdan-bosqichga o‘tadi. U pastlovchi chiziq bo‘ylab berilishi (uzatilishi) mumkin, ya’ni oliy bosqichdan quyi tomon ( masalan, korxonaning ishlab chiqarish bo‘limi sex boshlig‘iga biror mahsulotni ishlab chiqarish muddatini aytadi, u esa uchastga boshlig‘i yoki ustaga topshiriq beradi) yoki yuqorilovchi chiziq bo‘ylab beriladi (masalan, uchastka boshlig‘i sex boshlig‘ini mahsulotning tayyorlanishi haqida xabardor qiladi, u o‘z navbatida, bu haqida ishlab chiqarish boshlig‘ini xabardor qiladi, u esa korxona direktoriga xabar beradi). Axborotni quyi bosqichdan yuqoriga berish mehnat unumdorligiga ta’sir qilishi mumkin.

Vertikal kommunikatsiyalardan tashqari korxonada gorizontal kommunikatsiyalar ham mavjuddir. Korporatsiya funksional bo‘limlar, sexlar va boshqa bo‘linmalardan iborat bo‘ladi, ular o‘rtasida axborot almashinuvi uning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun zarur. Masalan, bazaviy texnologiya asosida korporatsiya turli mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, shu sababli marketing bo‘limi orqali bozorda nima xaridorgir ekanligi haqida axborot olib turish juda muhim. Bu korxonaga iste’molchi bilan hamkorlikni mustahkamlab, ular talablarini vaqtida bajarish imkonini beradi.




Download 346,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish