Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020



Download 346,82 Kb.
bet1/117
Sana01.01.2022
Hajmi346,82 Kb.
#297637
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o'quv qo'llanma inshaollox


Bakayev Z.T


JAMOADA SAMARALI ISHLASH

O’QUV QO’LLANMA


SAMARQAND-2020

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Z.T.Bakayev

JAMOADA SAMARALI ISHLASH

o‘quv qo‘llanma

Samarqand-2020

Z.T.Bakayev Jamoada samarali ishlash

O‘quv qo‘llanma. – S.: “SamDU”, 2020, ???bet
Mazkur o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 25 avgustda tasdiqlangan № BD 5231700-3.14. “Jamoada samarali ishlash” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada jamoada samarali ishlashning asosiy masalalarini o‘zida aks etirgan. Unda jamoada samarali ishlashning biznes amaliyotidagi o‘rni va qo‘llanilish tarixi, jamoalarning rivojlanishini nazariy jihatlari va tashkilotlarda jamoalarni tashkil qilishda hamkorlikdagi ijodkoriy faoliyatga o‘tish jarayonida boshqaruv vazifalarini o‘zgartirish masalalari batafsil yoritilgan

Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarida 5231700-Kadrlar menejmenti, 5230200-menejment yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan.


Mas’ul muharrir:

N.Arabov-i.f.d. professor



Taqrizchilar:

B.Sh.Safarov-i.f.d. professor

B.I.Usmanov-i.f.n. dotsent
Samarqand davlat universiteti ilmiy Kengashining 2020 yil _ apreldagi _ –sonli qaroriga asosan chop etildi

Kirish


O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirshda “Harakatlar strategiyasi”dagi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi vazifalarni amalga oshirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni shakillantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni rivojlantirshda jamoaviy boshqaruvning roli tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar boshqaruv tizimiga qaraydigan bo‘lsak barcha tarmoq va sohalarda jamoada samarali ishlash to‘g‘ri tashkil qilinganligi bois rivojlanmoqda. Mamlakatimizda kiyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasi o‘laroq boshqaruv tizimidagi isloxatlar o‘z samarasini bermoqda.

Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020 yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganlaridek “Har tomonlama mukammal va samarali boshqaruv tizimini yaratish – oldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarishning asosiy shartidir. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan o‘ta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazish majburiyligini aniq belgilash kerak. Jamoatchilik ma’qul desa – ma’qul, noma’qul desa – noma’qul bo‘ladi.”1. Samarali boshqaruvda rahbar oldida to’rgan eng asosiy vazifa bu ishni to’g’ri tashkillashtirish va jamoani ishonchini oqlash muhim hisoblanadi.

Shu bois har qanday nisbatan katta miqyosdagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat idora qiluvchiga ma‘lum darajada muxtojdir. Bu idora qiluvchi indivudual ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy funksiyalarni bajaradi. Yakka skripkachi o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin, orkestr esa – dirijyorga muhtojdir. Demak, to‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti – boshqaruvchi-rahbarning bo‘lishidir. Bu borada jamoa va ishchi guruhlarni samarali boshqarish lozim hizoblanadi.

Tashkilotlarda jamoalarni yaratish, rivojlantirsh va takomillashtirish muammolarini ishonchli tarzda bartaraf etish zamonaviy boshqaruvda eng dolzarb mavzular qatoriga kiradi hamda mehnatni tashkil etish shakli sifatida ularga bo’lgan qiziqish inson rivojlanishining umumiy tendendiyalari bilan bog’liq.

Inson omilini faollashtirish, respublikamiz kadrlar salohiyatini rivojlantirish, undan oqilona foydalanish — rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida muhim strategik ahamiyat kasb etuvchi vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Bu shart-sharoit korxona va tashkilotlarda jamoada samarali faoliyat olib borishning yangi andozasini shakllantirishni taqozo etadi.

Ushbu maqsaddan kelib chiquvchi birinchi darajali vazifalar qatorida iqtisodiyot tarmoqlarini, malakali kadrlar bilan ta ’minlash, hozirgi rivojanishning yangi bosqichida samarali ishlashga qodir bo‘lgan omilkor mutaxassislar bilan to‘ldirish, jamoani samarali boshqarish tizimini shakllantirish masalalari alohida e’tiborga loyiq.

Jamoada samarali ishlash fanini o‘qitishdan maqsad manfaatdor biznes sub’ektlari nuqtai nazaridan tashkilotlarda samarali jamoalarni tashkil qilish jarayoni, ular olib boradigan ishlarni tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy etishni istagan jamoalar ishtirokchilari, jamoa menejerlari va yuqori darajadagi menejerlarga bu boradagi kadrlar siyosatini muntazam o‘tkazish va shakillantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida nazariy bilimlar bilan qo‘rollantirish hisoblanadi.

O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish jamoalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, ya’ni kadrlar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlashini, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra, korxona va tashkilotda jamoani boshqarish tizimi shakllantiriladi. Uning tuzilishi uchun asos sifatida shunday tamoyillardan, ya’ni fan tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda sinovdan o‘tgan

qoidalar va usullardan foydalaniladi. Bularning barchasi ushbu o‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan.



  1. Download 346,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish