Tashkiliy jihatdan Karerani boshqarish – kadrlar bilan ishlashga javobgar bo‘lgan shaxslar va institutlar (masalan, rahbarlar, kadrlar bo‘limi, ishlab chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari va hokazolar) faoliyatidan iborat.
Tashkiliy tuzilish – bu, avvalo an’anaviy ravishda mehnat taqsimoti asos qilib olingan tamoyildir.
Tashkiliy madaniyat – bu, korxona va tashkilotlar xodimlarining amal qiladigan qadriyatlar, munosabatlar va xulq-atvor normalaridir.
Sabab – bu, insonning nima uchun harakat qilishini ko‘rsatadigan, faoliyatga ichki undovchi narsa bo‘lib, u muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liqdir.
Stress – bu, insonning atrofdagi stimullariga yoki stresslariga jismoniy, kimyoviy va psixologik reaksiyalari majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |