Kadrlarni izlash va tanlash – bu, yangi samarali kadrlar potensialini yaratishdir.
Kadrlar zahirasini rejalashtirish – xodimlarning lavozimlarga ko‘tarilib borishini maqsad qilib qo‘yadi. U muayyan xodimlarning lavozimlarga ko‘tarilishi, almashinishi, bo‘shatilishining butun bir zanjirini ishlab chiqishni talab qiladi.
Korxona resurslari – bu, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan resurslar bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin, natural yoki tabiiy resurslar, moddiy resurslar va inson resurslari.
“Korxona personali” – umumiy tarzda mazkur korxona va tashkilotning barcha yollangan xodimlarini qamrab oladi va ular mutlaqo aniq vazifalarni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |