Ijtimoiy ruhiy vaziyat – korxona va tashkilot xodimlariga ta’sir qiluvchi ko‘pgina omillarning ta’siridan keladigan jamlama samaradir. U mehnat qilish jarayonida, xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo va guruhiy aloqalarida o‘z ifodasini topadi.
Introversiya – (intro - ichki) shaxsning o‘z shaxsiy manfaatlariga, ichki olamiga diqqat-e’tibori qayd qilinishi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiylashuv – shaxsning muomala yordamida mazkur jamoaga, guruhga, jamiyatga xos bo‘lgan normalarni, qadriyatlarni, yo‘l-yo‘riqlarni o‘zlashtirish asosida uning shakllanish jarayoni.
Ish haqi – bu, ma’lum vaqt davomida kishilarning yaratgan mahsulotlari miqdori ko‘rsatilgan xizmatlar va shu kabilarga asosan to‘lanadigan mehnat haqidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |