Jamoaning funksiyalari – bu, insonning jamoaga mansubligini his qilishi; shaxs uchun uning yashashiga zarur ijtimoiy muhit yaratishdir.
Inson resurslarini boshqarish vazifalari – bu, korxona va tashkilotlarning muayyan maqsadga erishish yo‘lida inson resurslari bilan ishlaganda amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlaridir, ya’ni personalni tanlash, personalni tayyorlash va rivojlantirish, unga baho berish, rag‘batlantirishdir.
Ish joyida ta’lim berish – bu, ish joyining o‘zida xodimning boy tajribaga ega bo‘lgan murabbiy tomonidan ishni to‘liq o‘zlashtirib olgunga qadar o‘qitilishi (o‘rgatilishi) bilan bog‘liq bo‘lgan holatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |