3. Informatsion ma’lumotlar.
Yirik tashkilotlar, odatda barcha xodimlar uchun mo‘ljallangan oylik axborotnomalarni chop etadi. Bu xil nashrlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish usullarini izlashga, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa xil dolzarb masalalarga alohida e’tibor beriladi.
4. Zamonaviy axborot texnologiyalari.
Ularning joriy etilishi tashkilotdagi axborot oqimlarining harakatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, elektron pochta orqali har qanday xodimga kerakli ma’lumotni o’z vaqtida yuborish mumkin, videokonferensiyalar vositasida tashkiliy tuzilmaning har xil pog‘onasida turgan xodimlar bir vaqtning o‘zida muhim masalaning muhokamasida qatnasha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |