Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar



Download 346,82 Kb.
bet69/117
Sana01.01.2022
Hajmi346,82 Kb.
#297637
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o'quv qo'llanma inshaollox

6.3. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar.
“Informatsiya” (axborot) atamasi lotincha so‘z bo‘lib, “xabardorlik, biror voqea yoki shaxs faoliyati to‘g‘risidagi xabar” ma’nolarini anglatadi. Boshqaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida uni tezda ta’sir qiluvchi zarur ma’lumotlar majmui axborot deyiladi. Yetarli va haqqoniy axborotsiz boshqaruv faoliyatini amalga oshirib bo‘lmaydi.

Ishlab chiqarish axboroti – boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasidagi aloqa shakli. Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimdan ishlab chiqarish sur’ati va tizimning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida axborot oladi. Olingan axborot asosida boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimning faoliyatini baholaydi va boshqaruvni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar, ko‘rsatmalar ishlab chiqadi, keyin esa ularni boshqariluvchi tizimga ijro etish uchun yuboradi.

Axborot boshqaruv tizimining muhim bo‘g‘ini sanalib, uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u boshqaruvning barcha pog‘onalarida mavjud bo‘ladi. Axborot ham ibtido nuqtasi, ham boshqaruv apparatining ish natijasi, ham zarur shart, qolaversa, amalga oshirilayotgan harakatlarni qayd etish uslubidir. Axborot hajmi ortishi barobarida boshqaruv axborotining sifat xususiyatlariga talab ham ortadi.

Boshqaruv jarayoni barcha olingan (to‘plangan) axborotlarni yig‘ish, yetkazish va qayta ishlashdan iborat bo‘lib, bu axborotlar orqali ushbu jarayonda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, boshqaruv buyruqlari shaklida axborotlar berish va ularni tegishli ijrochilarga yetkazishni amalga oshiradi. Axborotning turli shakllari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy, buxgalteriya, moliyaviy, kadrlarga oid, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar.

Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot muhim vazifani bajaradi, chunki u moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayrboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Shuningdek, ilmiy – texnikaviy axborotni ahamiyati ham katta, negaki u ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarishning rivojlanishini aks ettiradi.

Axborot o‘z manbalariga ko‘ra, ichki va tashqi axborotga bo‘linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olingan axborotlardan iborat bo‘ladi. Ularga ko‘rsatmalar, rejali topshiriqlar, mahsulotning sotilishi to‘g‘risidagi xabarlar, ma’lumotlar va boshqalar kiradi. Ichki axborot korxonaning o‘zida yoki uning boshqaruv bo‘g‘inida ishlab chiqiladi va korxona ichida amalda bo‘ladi. Korxona uchun sex tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy texnika ta’minoti, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.

Yo‘nalishiga qarab axborot boshlang‘ich (umumiy) va boshqaruv (komandaviy) axborotiga bo‘linadi. Komandaviy axborot boshlang‘ich axborotni qayta ishlash asosida qarorlar qabul qilish natijasidir. Boshlang‘ich axborot quyi bosqich boshqaruv tizimidan yuqori boshqaruv tizimi tomon harakatlanadi, komandaviy axborot esa aksincha.

Axborot vaqt o‘tishi natijasida ahamiyatini turlicha saqlaydi. Doimiylik darajasiga qarab, axborotni doimiy, shartli-doimiy va o‘zgaruvchan axborotga ajratish mumkin. Doimiy axborot uzoq vaqt davomida ham o‘z ahamiyatini o‘zgartirmaydi (korxona va bo‘linmalarning nomlanishi, mahsulot turlari). Shartli-doimiy axborot muayyan vaqt davomida o‘z ahamiyatini saqlab turadi. Bunday axborotlarga korxonaning turli me’yor va me’yoriy hujjatlari (moddiy va mehnat xarajatlari, narxlar, tariflar va boshqalar) kiradi. Shartli-doimiy axborotlar ba’zi korxonalarda axborotlar umumiy hajmining 85%ini tashkil etadi. O‘zgaruvchan axborot boshqaruv obyekti va boshqariluvchi jarayonlarning dinamik holatini aks ettiradi, bu esa o‘z navbatida, qarorlar qabul qilish uchun axborotni tez qayta ishlashni talab etadi, aks holda axborot olishning ma’nosi qolmaydi.

Boshqaruv amaliyotida ishlab chiqariluvchi (ikkilamchi) axborot ham keng qo‘llaniladi. U birlamchi axborotni qayta ishlash mahsuli hisoblanadi.

Axborotni qayd etish va to’plash uchun turli vositalardan foydalaniladi: inson xotirasi, hujjatlar, perforasiya kartalari va lentalari, magnit lentalar, barabanlar yoki disklar, elektr impul’slari kombinatsiyasi va boshqalar.

Axborotlar majmui boshqaruv axborot tizimini tashkil etadi, bu tizim boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti shaklida namoyon bo‘ladi. Axborot ta’minoti ishonchli, o‘z vaqtida, xolis mazmunli qarorlar qabul qilish uchun ochiq bo‘lishi kerak. Axborot hajmi minimal bo‘lishi va ayni paytda, uning ma’no- mazmuni maksimum bo‘lishi, shuningdek axborot matni qisqa va aniq bo‘lishi lozim. Korporasiyaning axborot ta’minoti axborotning turli oqimlari bo‘ylab to‘g‘ri aloqalar shaklida amalga oshiradi. Bunday aloqalar ishlab chiqarishning muayyan vazifalarini hal etishni ta’minlaydi.

Zamonaviy yirik korporatsiyada axborot hajmi bir million hujjatgacha yetadi, shu bilan birga, barcha axborotlar o‘z vaqtida qayta ishlanishi lozim. Masalan, Toshkent Aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot ko‘rsatkichi bir milliondan oshadi. Korxonaning tashqi axboroti ham tez sur’atda ortib bormoqda. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tizimlashtirish va tashkil etish bo‘yicha muammolarni hal etish zarur:



  • ratsional axborot tizimini ishlab chiqish;

  • axborot oqimlarini shakllantirish uslublarini ishlab chiqish;

  • axborotni qabul qilish va uzatishning ratsional uslublarini tanlash;

  • axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;

  • axborotni qayta ishlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.

Bu yo‘nalishdagi ishlarning butun majmui axborotni to‘plash va qayta ishlashning umumdavlat yagona tizimi yaratilishini ta’minlashi kerak. Axborotlar yig‘indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi – murakkab axborot tuzilmasi bo‘lib, hujjatlar, axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv obyektining texnik vositalarini o‘z ichiga oladi.

Axborot tizimlari murakkab va oddiy bo‘lishi mumkin.



Oddiy axborot tizimi chuqur qayta ishlanishni talab etmaydi, uning paydo bo‘lish joyidan foydalanish, joyiga yetkazilishi o‘zgarishsiz amalga oshiriladi. Bunday axborot telefon yoki turli vositalar orqali bir martalik xabar sifatida keladi.

Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalanishi va avtomatlashishi darajasiga ko‘ra tavsiflanadi. Birinchi guruhga shunday axborot tizimlari kiritiladiki, ularda axborotni qayta ishlash qo‘lda yoki oddiy mexanizatsiyalashgan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi guruhga axborotni qabul qilish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash vositalarini keng qo‘llash asosida amalga oshirish mumkin. Uchinchi guruhga aralash tizimlar mansubdir. Ularda ma’lumotlarni qayta ishlashning kompleks mexanizatsiyasi axborotni to‘plash va qayta ishlash unsurlari bilan bir qatorda qo‘llaniladi.

Axborotni qayta ishlashda EHM dan foydalanadigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) deb nomlanadi.

ABT quyidagi vazifalarni bajaradi:


  • axborot olish;

  • axborotni qayta ishlash;

  • axborotni yig‘ish, saqlash;

  • axborotni boshqaruv organiga berish;

  • boshqaruv buyruqlarini tayyorlash;

  • buyruqlarni ijrochilarga yetkazish.

Eng taraqqiy topgan axborot tizimini loyihalash quyidagilarga asoslanishi lozim:

  • korxonada qo‘llanilayotgan axborot tizimini tahlil qilish, asosiy axborot oqimlarini o‘rganish;

  • axborot tizimini iqtisodiy modelini ishlab chiqish, axborotning zarur hajmi va mazmunini belgilash;

  • axborotni to‘plash va qayta ishlash uchun texnik vositalarini aniqlash;

  • axborotni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish;

  • axborotning yuzaga kelishi va ishlatilishi davriyligini aniqlash;

  • korxonada qo‘llanilayotgan axborot uchun shifrlar tizimini ishlab chiqish;

  • standart xabarlarga axborot uzatish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun qulay shakl berish maqsadida ularni loyihalash;

  • loyihalash davomida olingan barcha materiallarni rasmiylashtirish va tizimlashtirish.



Download 346,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish