Bakalavriatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun


-MA’RUZA: ERKIN VOHIDOVNING HAYOTI VA IJODI



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#477432
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
2 5215264476978222239

12-MA’RUZA: ERKIN VOHIDOVNING HAYOTI VA IJODI. 
R E J A: 
1.
Erkin Vohidov-hozirgi o‟zbek she‟riyatida “o‟ziga xos sehr sohibi.” 
2.
Shoirning yoshlik yillari va ijodining boshlanishi. 
3.
Shoir she‟riyatida romantik ohang va shafqatsiz realistik ruh, rubobiy nazokat 
va publisistik harorat, hajv, epik tasvirga moyillik. 
4.
"Yoshlik devoni” ning yaratilishi. 
5.
"Aruz" she'r sistemasi va shoir ijodi. 
6.
Shoir ijodida lirik qahramon masalasi. 
7.
Erkin Vohidov dostonlari. 
8.
Xulosa. 
ADABIYOTLAR 
1. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX 
asr o`zbek adabiyoti tarixi. Oliy o‟quv yurtlari uchun darslik. T.,1999. 
2.
Mirzayev S. XX asr o‟zbek adabiyoti. Darslik. T., “Yangi asr avlodi”, 2005. 
3.
Sanjar Sodiq. Yangi o‟zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., 2005. 
4.
Mirvaliyev S. O`zbek adiblari. T., 2003. 
5.
E.Vohidov."Kuy avjida uzilmasin tor". 
6.
"Yoshlik devoni". 
7.
“Iztirob 
8.
Tanlangan asarlar.3 tomlik 
TAYANCH SO‟Z VA IBORALAR: Aruz she'r sistemasi. Lirik qahramon. Rukn, 
hijo (takrorlash asosida). Badiiy san‟atlar haqida.Riviyat. Badiiy to‟qima. 


Erkin Vohidov 1936-yilda Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida tug`ildi. 
Keyinchalik Toshkentda ijodiy ishlarini davom ettirdi, dastlab G`ayratiy domladan 
saboq oldi. “Mana bir necha o`n yillarki,biz dilbar bir she'riyatning muattar 
havosidan bahramand bo`lib kelayotirmiz.Bu Erkin Vohidov she'riyatidir, - deb 
yozadi shoir Abdulla Oripov "So`z sehri “ maqolasida.- Ona tilimizdagi ipakdek
mayin, kamaldek rang-barang, g`oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh 
hazin,goh samimiy tabassum uyg`otuvchi tashbehlar , o`tkir xulosalar - bular bari
ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror fazilatlaridir.Men Erkin Vohidovni 
she'riyatda o`ziga xos sehr sohibi deb bilaman". 
Erkin Vohidov o`zbek mumtoz she'riyati an‟analarini davom ettirdi. Uning 
yuksak zamonaviylik ruhi bilan sug`orilgan "Yoshlik devoni",”Tirik sayyorlar”, 
"Sharqiy qirg`oq", "Yaxshidir achchiq haqiqat" to`plamlari,urush fojialaridan 
so`zlovchi "Nido" , "Ruhlar isyoni " falsafiy dostoni, "Istambul fojiasi " she'riy 
dramasi, hajviy-yumoristik "Donishqishloq latifalari" turkumi, "Oltin devor", I. 
Gyote, S. Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Hamzatovdan qilgan 
tarjimalari, xususan "Eron taronalari" bilan "Faust" tarjimasi adabiyotimizda ulkan 
voqealar bo`ladi. Shoirning publisistik , adabiy-tanqidiy maqolalari, suhbatlardan 
tashkil topgan "Iztirob"(1992) kitobi muallif dunyoqarashining shakllanish 
yo`llarini aks ettiruvchi o`ziga xos ko`zgu sifatida qimmatlidir. 
Erkin Vohidov "Yoshlik" jurnalining birinchi muharriri, G`afur G`ulom nomidagi 
Adabiyot va san‟at nashriyotida direktor bo`lib ishladi, Oliy Kengash, Oliy Majlis 
deputatligiga saylangan. Oliy Kengashining xalqaro ishlar va parlamentlararo 
aloqalar qo`mitasiga raislik qilgan kezlarida taniqli arbob sifatida ham tanildi. 
Erkin Vohidov ziyoli oilada tug`ilgan. Onasi Roziyaxon, otasi Cho‟yanboy 
qishloq o`qituvchilaridan bo`lishgan.Ota-ona vafotidan keyin u tarbiyalangan 
xonadon sohiblari - Sohiboyevlar yetuk ishlarda ishlashgan.50-yillarda shoir 
sifatida tanildi.50-60-yillar boshlari jamiyatda yangi ruh, yangicha qarashlar qaror 
topgan davr edi: adabiyot va san‟atda ham yangilanish belgilari paydo bo`lgan. 
Biroq bu jarayon osonlikcha kechgani yo`q. Shoir bosib o`tgan yo`liga nazar 
tashlar ekan, unda o`nqir - cho`nqirlar, izlanishlar borligini ko`radi."Negaki, - deb 
yozadi u, - boshimizdan kechirgan kunlarimizning o`zi notekis, murakkab, 
xatolarga to`la bo`lgan. Biz haq so`zni aytish qiyin bo`lgan zamonda yashadik. Bu 
ish demokratik va oshkoralik hukmron bo`layotgan davrda ham oson ish emas ". 
Erkin Vohidov adabiyotga 30-40-yillar she'riyati ta‟sirida hayot, yoshlik, 
sevgi kuychisi sifatida kirib keldi. Uning mashqlarida tanqidchi Ozod 
Sharafiddinov 
aytganidek, 
ko`proq dunyoni 
kashf 
qilayotgan o`zining 
kashfiyotidan zavqlanib, xursandchiligidan boshqalarni xabardor etishga 
oshiqayotgan, yashashning benihoyat go`zal ekanligi, hayotning noyob ne‟mati 
ekanini tushunib kelayotgan murg`ak qalbning quvonchlari bor.
"Yoshlik devoni" 60-yillar ijodining bir namunasi bo`lib qolmasdan, 
she'riyatimizdagi yetakchi tamoyillarining ko`rinishi bo`lganligi bilan ham 
qadrlidir. Ma‟lumki, 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshiga kelib vaziyat o`zgara 
boshladi. Inson shaxsiga e‟tibor oshdi. Kishining xilma-xil kechinmalari an‟anaviy 
she'riy shakl, ayniqsa, g`azalning jonlanishiga e‟tibor kuchaydi. Tabiiyki, bu 


jarayon o`sha kezlarda osonlikcha kechgani yo`q. Shoir "Yoshlik" devonining 
debochasida shunday qarashlar bilan oshkora bahsga kirishadi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish