Bakalavriatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#477432
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
2 5215264476978222239

Duch kelsa adovat yanchib beayov ! 
 
 
 
Zakovat, adolat, 
 
 
 
Iymon, diyonat 
 
 
 
Qudratin o`ziga muqaddas yalov 
 
 
 
Bilgan sohibqiron Temur sarhardalar bor! 


Bu parcha haqiqatga mos, shu tufayli ishonchli va ta‟sirli chiqqan. Shoira 
tarixni shohid qilish yo`lidan borib, o`zbek tabiatidagi hurfikrlilik va 
erkparvarlilikni g`urur bilan ko`z-ko`zlaydi va deydi: 
Biling 
 
 
 
 
Komil, 
 
 
 
 
 
Fozil 
 
 
 
Bashar yulduzlariga 
 
 
 
Sharqning o`zi ona bo`lgan hamisha! 
Shoira Zulfiya o`zbek adabiyotini talay yaxshi dostonlar bilan ham boyitdi. 
Uning " Uni Farhod der edilar"; Ikki o`rtoq", "Mushoira", "Vodil yulduzlari", 
"So‟roqlaydi shoirni she'rim", 'Quyoshli qalam", "Xotiram siniqlari" kabi 
dostonlari bor. Bulardan "Uni Farhod der edilar" dostoni urush qahramoni artist 
Qobil qori Siddiqov xotirasiga bag`ishlangan. Shoira dostonlarining uchtasi ijod 
ahli to`g`risidadir. "Mushoira" butun dunyo shoirlari anjumaniga bag`ishlangan 
bo`lib, tili, dini, ko`rinishi turlicha bo`lgan shoirlarning bir-birini tilmochsiz 
tushunishi, yakdillik g`oyasi ilgari surilsa, "So‟roqlaydi shoirni she'rim", H. H. 
Niyoziyga atalgan ”Quyoshli qalam" dostonining qahramoni Oybek bo`lib, uning 
insoniy va san‟atkorlik fazilatlari ishonarli ifodalanadi.Zulfiyaning umri so`ngida 
yaratgan, istiqlol samarasi bo`lgan "Xotiram siniqlari"dostoni adabiyotimizda 
muhim voqea bo`ldi. U iste‟dod hech qachon so`nmasligi va har doim o`zining
yangi-yangi qirralarini namoyish etishi mumkinligini yana bir karra isbotladi. 
Shoira voqeani shunday ta‟sirli tasvirlaydiki, kitobxon ko`zi oldida shoiraning ota-
onasi, akasi va uning yorqin obrazi tiniq va jozibali gavdalanadi. Barkamol, fozil 
akasi qamoqqa olinganda "dillari vayron bo`lgan onasini, "joni po`lat,olovdan 
metindan yaralgan" otasini ko`rib hali murg`ak shoira lol, ilojsiz qoladi, faqat 
nafrati , o`chini o`q qilib ota " oladi o`sha qotillarga: 
Onam qo`llarida mushtday tugunchak, 
 
 
 
Tosh shaharni kezar avaxta izlab, 
 
 
 
Avaxta nechadir, zor ona necha, 
 
 
 
Nechalar yashardi zamonni "siz" lab. 
Doston hajman uncha katta emas, unda voqealar, ma‟lumotlar, faktlar, 
fikrlar ixcham tasvirlangan. Doston shoiraning butun hayotini, uzoq yillik 
xotiralarini qamrab olmagan, balki nomlanishida ta‟kidlanganidek, chorak asrlik 
ulkan hayotining eng muhim parchalarini, siniqlarini tanlab oladi. Asar lirik doston 
bo`lib, uning bosh qahramoni shoiraning o`zidir. U baralla ovozi ila:
Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding, 
 
 
Kelar yo`llaringda pinhona toldim. 
 
 
Mening ota-onam, jon Vatanimda, 

 
Elim taqdirida abadiy qolding
deb murojaat qiladi. 
Zulfiya 1995-yilda 80 yoshga to‟ladi. Vatanimiz uni ”Do‟stlik” ordeni bilan 
taqdirladi. O`zbek xalqining atoqli farzandi va suyukli shoirasi Zulfiya Isroilova 
1996-yilning 1-avgustida olamdan o`tdi. 
NAZORAT SAVOLLARI : 


1. Zulfiyaning tarjimai holi haqida qisqachi so`zlab bering. 
2. Zulfiya she'riyat olamiga qanday kirib keldi? 
3. Uning dastlabki she'riy to`plami qachon chop etildi, qaysi nom bilan? 
4.Ushbu she'riy to`plamga qaysi she'rlari kiritilgan? 
1.
Urush yillarida shoira qanday ijod qildi? 
2.
Urushdan keyin-chi? 
3.
Zulfiya she'riyatining tematikasi qanday? 
4.
Zulfiya she'riyatidagi yetakchi mavzu qaysi? 
5.
Shoira ijodining badiiyligi masalasida fikringiz? 
6.
Sizga yoqqan she'rlaridan birini tahlil qiling. 
7.
Zulfiyaning qanday liro-epik asarlarini bilasiz? 
8.
«Uni Farhod der edilar» dostoni kim haqida? 
9.
«Quyoshli qalam» dostoni-chi? 
10.
Shoira milliy istiqlolni qanday kutib oldi?, 
11.
Nima uchun u o`z dostonini «Xotiram siniqlari» deb nomladi? 
ASQAD MUXTORNING HAYOT VA IJOD YO‟LI
 
R E J A : 
1.
Asqad Muxtor – XX asr adabiyotining ko‟zga ko‟ringan vakillaridan biri. 
2.
A.Muxtor poeziyasi, uning novatorlik xususiyati. 
3.
A.Muxtor prozasi. Hikoya va qissalari. 
4. "Tug`ilish", "Davr mening taqdirimda" , "Chinor" asarlari. 
5. "Buxoroning jinko`chalari" va keyingi yillarda yozgan hikoyalari. 
6. XX asr o‟zbek adabiyoti rivojida Asqad Muxtorning tutgan o‟rni. 
ADABIYOTLAR : 
1.
Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX 
asr o`zbek adabiyoti tarixi. Oliy o‟quv yurtlari uchun darslik. T.,1999. 
2.
Mirzayev S. XX asr o‟zbek adabiyoti. Darslik. T., “Yangi asr avlodi”, 2005. 
3.
Sanjar Sodiq. Yangi o‟zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., 2005. 
4.
Karimov N. G‟afur G‟ulom. T., 2003. 
5.
Mirvaliyev S. O`zbek adiblari. T., 2003. 
6.
XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. I.Karimov va boshqalar . Toshkent, 1999. 
7.
S.Mirvaliyev. O`zbek adiblari. Toshkent, 1993. 
8.
A.Muxtor. " Chinor " romani, 1969. 
9.
A.Muxtor Tanlangan asarlar. "Bo`ronlarda bordek halovat" 1976. 
10.
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. T., 2003. 
TAYANCH SO‟Z VA IBORALAR: Roman. Qoliplovchi hikoya. Assotsiyativ 
syujet. Obrazlar sistemasi.”99 miniatyura”. 
Asqad Muxtor adabiyotga shoir sifatida kirib keldi, butun ijodi davomida 
qaysi janrda yozmasin bari bir shoir bo`lib qolaverdi. Uning poetik ijodiga 
chuqurroq nazar tashlasak, ko`p yillar mobaynida she'rni barkamol qilish yo`lini 


tanlaganini ko`ramiz. Birinchi yirik she'riy asari "Po`lat quyuvchi"(1947) bo`lib, 
o‟sha davr tanqidchiligining ijobiy bahosiga ega bo`lgan.
A.Muxtorning 40-50-yillari ko`pgina she'rlari ham ijobiy baholangan edi. 
Biroq, bu maqtovlarda ham ularning san‟at asari sifatida chinakam fazilatlari 
emas, hukmron mafkuraga ma‟qul jihatlari ko`klarga ko`tarilgan. 
60-yillarga kelib uning ijodida o`ziga xos tomonlar paydo bo`ldi. Shoir 
lirikasini o`ychan lirika deb atash mumkin, chunki unda falsafiy lirikaga moyillik 
yaqqol sezilib turadi. Shoir ba‟zan lirik minatyura, ba‟zan lirik monolog, ba‟zan 
lirik novella shakllarida kitobxonga hayotiy tajribalardan chiqarilgan xulosalarni 
tasvirlab berdi. Inson shaxsi har tomonlama ochilganligi uchun, uning lirikasi 
novatorlik kasb etdi. 
Xuddi shu xususiyatlar shoirning "99 miniatyura "degan kitobida ro`yrost 
ko`ringan edi. Keyinchalik bu fazilatlar A.Muxtorning "Quyosh belanchagi" 
to`plamida davom etdi va nihoyat "Sizga aytar so`zim, " Yillarim " kabi kitoblarida 
balog`atga erishdi. 
A.Muxtor ko`p she'rlarida insonni inson qiladigan xislatlar haqida o`yladi. 
Bu xislatlar xilma-xil. Ulardan biri - insonning sinchkovligi,har narsani tagiga 
yetishga urinishdir. Shoir fikricha, muttasil izlanish inson baxtining negizini 
tashkil etadi, bir she'rida shoir juda ixcham shaklda inson tabiatining mangu 
sirlari haqidagi o`ylarini ifodalaydi: 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish