yoshida birinchi she'riy to‟plami bilan mashhur bo`lgan Mirtemir Tursunov
o`zining aytishicha, 1910-yilda qadim va muqaddas Turkistonning Iqon
qishlog`ida Qorovulbobo urug`iga mansub bo`lgan chorvador-dehqon oilasida
tugildi. Uning ota va ona tomonidan har ikki
bobosi ham pahlavon hamda
o`qimishli odamlar bo`lgan. Mirtemirning tarbiyasida ularning roli katta edi.
Ayniqsa, ona tomonidan bobosi maktabdor domla bo`lgani uchun, yosh Mirtemir
dastlabki savodini ana shu bobosida chiqardi. Keyin qishlog`ida yangi ochilgan
Asfandiyor ismli no‟g`oy domla maktabida ta‟lim oldi. Mirtemir u haqda iliq
fikrlarni aytadi.
O`qishga ishtiyoqi baland bo`lgan Mirtemir ota tomonidan bobosining
qarshiligiga qaramay, 1921 yilda Toshkentga keladi. Bu yerda Almaiy maktab-
internatiga kirib o`qishni davom ettiradi. Bu yerda 2 yil o`qigach, shaharda yangi
tashkil qilingan o`zbek erlar bilim yurtiga kiradi. Bu bilim yurtidaa o`zbek
adabiyoti va madaniyatining
chinakam jonkuyarlari, o`z davrining yirik
adabiyotshunoslari Olim Sharafiddinov, Abdurhmon Sa‟diy kabilar dars berardi.
Ular bo`lajak shoir Mirtemirga juda katta e‟tibor va ko‟mak beradilar. 1929-yilda
bilim yurtini tamomlagach, hukumat yo‟llanmasi bilan Samarqand
pedakademiyasida o`qishni davom etiradi. Ayni vaqtda O`zbekiston
Markaziy
ijroiya qumitasining raisi Yo‟ldosh Oxunboboyevning 4-kotibi lavozimida ham
ishlay boshlaydi.
Mirtemirning 1-she'ri "Yer yuzi " jurnalining 1926-yil 16-sonida bosildi. Keyin
birin-ketin barcha matbuot sahifalarida Mirtemirning she'rlari ham bosila
boshlaydi. 1928-yili uning "Shu‟lalar qo‟ynida" nomli birinchi kitobi bosilib
chiqdi. Mirtemir bu to‟plami bilan o`zbek adabiyotida sochma she'r shaklini
birinchi bo`lib boshlab berdi. "Sochma she'r u vaqtda yetakchi janr bo`lib,
yig`inlaru namoyishlarda, mitinglarda, bayramlarda
va radioda mening
sochmalarim ham qayta-qayta o`qilar edi" deydi Mirtemir. Shoirning ilk to‟plami
keltirgan shuhrat keyingi kitoblarining bosilishiga keng yo‟l ochib berdi. Birin-
ketin uning "Zafar" (1929), "Qaynashlar"(1931), "Bong"(1932), "Poytaxt", "Ochlar
o‟lkasida" (1936) singari she'riy to‟plamlari e‟lon qilindi.
Tabiatan muloyim, qalbi sehrli tuyg`ularga boy bo`lgan Mirtemir o`z ustida
qunt bilan ishladi, xalqimizning boy og`zaki ijodini, buyuk Sharq mumtoz
adabiyoti an‟analarini qunt bilan o`rganishga kirishdi. Bora-bora uning
she'rlarida
xalq ohanglari, yuksak obrazlilik, sehrli tuyg`ular ohangrabosi
o`quvchini maftun eta boshladi. Shu bois ham uning ijodiga quyidagi 3 manba
asos bo`ldi deyish mumkin:
1. Xalq og`zaki poetik ijodi. "Yurt qo‟shig`i", "Yali-yali", "Qarqaralik" va
boshqa o‟nlab she'rlari xalq hikmatlari, maqollari asosiga qurilgandek taassurot
qoldiradi.
2. Mirtemir ijodini yuksaklikka ko`targan manbalardan yana biri o`zbek
mumtoz adabiyotining hamisha barhayot an‟analaridir. Shoirning "Navoiy",
"Mahdumquli to‟yida o`zbek ko‟zasi", "Ustozga ataganim" kabi she'rlari
ibratlidir. "Navoiy" she'rida "Tushlarida ham shoir suhbatdosh" bo`lib, ijodxonasi
sirlaridan tinmay saboq berayotganligini aytadi.
3. Qardosh xalqlar
adabiyoti bilan oshnolik, ularning ijodiy tajribasidan
hormay-tolmay o`rganish Mirtemir she'rlarini yana yuqori pog`onaga ko`tardi.
Mirtemir tarjima borasida ko`p savob ishlarni amalga oshirdi. Agar u rus
shoirlaridan Pushkin, Nekrasov, Mayakovskiy, hind R.Tagor,
gruzin Rustaveli,
qoraqalpoq Berdaq, qozoq oqini Abay... Ularni sanab, sanog`iga yetib bo`lmaydi.
Qirgiz xalqining buyuk eposi "Manas", gruzin xalqining qahramonlik eposi,
Sh.Rustaveli qalamiga mansub "Yo‟lbars terisini yopingan pahlavon", zahmatkash
rus qalamkashi Nekrasovning "Rusiyada kim yaxshi yashaydi?" kabi asarlarni
o`zbek tilida gapirtirgan san‟atkor Mirtemir bo`ladi.
Mirtemir ijodida ko‟zga tashlanib turadigan mavzular quyidagilardir:
1. Ona yurt muhabbati, o‟lka go`zalligi mavzusi. Bular asosan "Bu mening
Vatanim", "Senga, respublikam!", "Ona yurt", "O`zbekistonsan", "Men tug`ilgan
tuprog`", "Yana tuprog` to`g`risida" singari she'rlaridir.
Mana shu mavzudagi
she'rlarida bayon qilingan ishq izhorini tartibga solsak, butun mamlakatimiz sathini
egallab oladigan ulkan qasida paydo bo`lardi. "Yana tuproq to`g`risida" she'rida:
Do'stlaringiz bilan baham: