Bakalavriatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#477432
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
2 5215264476978222239

Roziman shu yurtda tug`ilganimdan, 
Ona tuprog`imda-da! Ha, ona tuproq. 
Yetti iqlim intiq jonona tuproq, 
Roziman shu loyda yo’g`rilganimdan deydi.
"Men tug`ilgan tuproq" she'ri o`rta ta‟lim maktabining 7-sinf darsligiga 
kiritilgan. Yuqorida tilga olingan she'r bilan "Men tug`ilgan tuproq" she'ri 
mazmunan bir-birini to‟ldiradi. Bunda ko`proq tarixga murojaat qilib, o‟lkamiz 
bosqinchilariga qarshi cheksiz nafrat tuyg`usi ilgari suriladi. Bu she'rda lirik
qahramon – shoirning butun hayoti shu tuproqqa yo‟g`rilganligi, shu tuproqda
ulg`ayganligi, shu tuproqda umr ko`rganligi va bobo bo`lganligidan faxrlanish 
hissi seziladi: 
Taqvodorday cho’k tushib, peshonamni qo’yaman, 
Onam kabi o’paman, qalb mehriga to’yaman... deydi. 
2. Mirtemir ijodida o`quvchi ko`ziga yarq etib tashlnadigan mavzu o`zbek 
kishisining fidoyi mehnatidir. "Yashil yaproqlar", "Farg`ona", "Ko‟l bo‟ylarida", 
"Achchisoy", "Kuz" kabi o‟nlab she'rlari shular jumlasidandir... 
3.. Qardosh xalqlar mavzusi ham Mirtemir ijodida keng va chuqur ishlangan. 
Shoir azaldan o`zbekning qon-qoniga singib ketgan do‟stlik tuyg`usi haqida, 
qardosh xalqlarning milliy o`ziga xosligini, ularning ajoyib kishilarini ulug`lovchi 
ko`p va xo‟b she'rlar yaratdi. Bu jihatdan Mirtemirning "Qoraqalpoq daftari",
"Qirg`iz she'rlari" turkumlari xarakterlidir. Shoirning "Qoraqalpoq daftari"
o`ziga xos tuzilgan bo`lib, Mirtemirning ijodkor sifatida nimalarga qodir 
ekanligini yaqqol ko‟rsatadi. 
4. Mirtemir ijodida oz bo`lsa-da, soz ishlangan mavzulardan biri ona 
madhiyasidir. "Onajonlar", "Sen ona", "Onaginam" nomli she'rlari Mirtemir 
tarjimai holida eng muhim o‟rin tutgan she'rlardan hisoblanadi. 
5. Muhabbat mavzusi Mirtemir ijodining alohida sahifasini tashkil etadi.
"Men seni", "Pardalik", "Kegaylidan", "Suygulik" kabi she'rlarini o`qib tahlil 
qilamiz. 


6. She'r va shoir qismati Mirtemir ijodida hech kimga o`xshamagan tarzda 
ifodalanadi. Mirtemirning quyidagi she'ri uning shoir sifatidagi adabiy-estetik 
e‟tiqodini isbotlab turibdi. Bu she'rni o`qib, biz shoirning har qanday sharoit va 
vaziyatda ham nima uchun tinimsiz she'riyat bilan hamsuhbat hamdard 
bo`lganligining bosh sababini bilib olamiz. 
She'riyat dargohini muqaddas Ka‟ba deb bilgan shoir umrining oxirigacha 
unga sadoqat bilan, poklik bilan, ezgu niyat bilan halol xizmat qildi, biror 
daqiqasini ham she'rsiz o`tishini xohlamadi, chunki she'rsiz hayot Mirtemir uchun 
bema‟ni edi: 
Ka’bamsan, she'riyat, ezgu ehromim, 
Og`u ham bol to’liq bebaho jomim, 
Amalim va ishqim, umidu armon, 
Uyqusiz tunlarim - jindak ilhomim... 
 
Kerakmas inju ham sensiz, haqiq ham, 
Kerakmas shaddod ham sensiz, daqiq ham , 
Hayot ham men uchun sensiz bema’ni, 
Sensiz o`tmasin-da hatto daqiqam. 
Mirtemir 14 ta doston yozgan. Shulardan eng mashhurlari "Surat", 
"Ajdar", "Dilkusho" va "Farg`ona"dir. Folklor motivlari asosida yozilgan "Ajdar" 
dostonida el-yurt boshiga tushgan ofatni bartaraf etgan mard cho‟pon ulug`lansa, 
"Dilkusho"da Amir Olimxon nafsining qurboniga aylangan go`zal qiz fojiasi 
to`g`risidadir. Biz amaliy mashg`ulotda shoirning "Surat" asarini urganamiz. Shu 
munosabat bilan siz unda quyidagilarni aniqlashga e‟tibor bering: 
1. Asarning janr xususiyatini aniqlang. Mirtemir tomonidan u qanday atalgan? 
2. Doston voqealari qaysi davrda bo`lib o`tadi va qanday g`oya 
ilgari suriladi? 
3. Asar qanday kompozitsiya asosiga qurilgan? 
4. Toshlon va Oysuluv obrazlarini tahlil qiling. 
5. Asar qanday poetik detal bilan qoplangan? 
6. Parchalar yodlang va yod o`qib bering. 
Mirtemir mana bu satrlar bilan o`zbek adabiyotida, xalqi yuragida mangu yashab 
qoladi. 
Yuragimni sevgi chertgan ilk oqshom, 
Ilk satrim tushgandi qog’oz betiga... 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
Mirtemir tarjimai holi haqida so`zlab bering? 
2.
Mirtemir qanday qilib she'riyat olamiga kirib keldi? 
3.
Uning ilk to`plami qachon, qanday nom bilan bosilib chiqqan? 
4.
Shoirning lirik merosi haqida nimalar deya olasiz? 
5.
Uning she'rlari nimasi bilan o`ziga maftun etadi? 
6.
Shoir she'rlarining badiiyligi haqida so`zlab bering. 


7.
Mirtemirning qaysi she'rlari sizga yoqadi, nima uchun? 
8.
Mirtemir tarjimon sifatida qanday ishlar qildi? 
9.
Mirtemir ijodiga berilgan baho qanday? 
10.
Shoir ijodida qanday mavzular yetakchilik qiladi? 
11.Vatan, tabiat haqidagi qaysi she'rlarini bilasiz? 
12.Muhabbat mavzusida qanday she‟rlar yozgan? 
13.O`zingiz yoqtirgan bir she'rni tahlil qilib bering. 
14.«Daryolar jimir-jimir» she'rida qanday she'riy san‟atlardan foydalangan? 
15.Nima uchun xalq og`zaki ijodining ta‟siri shoir she'rlarida ustun? 
16.Shoir she'rlarida mumtoz adabiyot ta‟siri qanday? 
17.Uning qaysi she'rlarida mumtoz she'riyatimiz ta‟siri yaqqol sezilib turadi? 
18.Mirtemir ijodi haqida adabiyotshunoslarimiz qanday fikr bildiradilar? 
19.Shoir ijodi haqida Sizning shaxsiy fikringiz qanday? 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish