Erkin Vohidov 1936-yilda Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida tug`ildi.
Keyinchalik Toshkentda ijodiy ishlarini davom ettirdi, dastlab G`ayratiy domladan
saboq oldi. “Mana bir necha o`n yillarki,biz dilbar bir she'riyatning
muattar
havosidan bahramand bo`lib kelayotirmiz.Bu Erkin Vohidov she'riyatidir, - deb
yozadi shoir Abdulla Oripov "So`z sehri “ maqolasida.- Ona tilimizdagi ipakdek
mayin,
kamaldek rang-barang, g`oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh
hazin,goh samimiy tabassum uyg`otuvchi tashbehlar , o`tkir xulosalar
- bular bari
ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror fazilatlaridir.Men Erkin Vohidovni
she'riyatda o`ziga xos sehr sohibi deb bilaman".
Erkin Vohidov o`zbek mumtoz she'riyati an‟analarini davom ettirdi. Uning
yuksak zamonaviylik ruhi bilan sug`orilgan "Yoshlik devoni",”Tirik sayyorlar”,
"Sharqiy qirg`oq", "Yaxshidir achchiq haqiqat" to`plamlari,urush fojialaridan
so`zlovchi "Nido" , "Ruhlar isyoni "
falsafiy dostoni, "Istambul fojiasi " she'riy
dramasi, hajviy-yumoristik "Donishqishloq latifalari" turkumi, "Oltin devor", I.
Gyote, S. Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Hamzatovdan qilgan
tarjimalari, xususan "Eron taronalari" bilan "Faust" tarjimasi adabiyotimizda ulkan
voqealar bo`ladi. Shoirning publisistik , adabiy-tanqidiy maqolalari, suhbatlardan
tashkil topgan "Iztirob"(1992) kitobi muallif dunyoqarashining shakllanish
yo`llarini aks ettiruvchi o`ziga xos ko`zgu sifatida qimmatlidir.
Erkin Vohidov "Yoshlik" jurnalining birinchi muharriri, G`afur G`ulom nomidagi
Adabiyot va san‟at nashriyotida direktor bo`lib ishladi, Oliy Kengash, Oliy Majlis
deputatligiga saylangan. Oliy Kengashining xalqaro
ishlar va parlamentlararo
aloqalar qo`mitasiga raislik qilgan kezlarida taniqli arbob sifatida ham tanildi.
Erkin Vohidov ziyoli oilada tug`ilgan. Onasi Roziyaxon, otasi Cho‟yanboy
qishloq o`qituvchilaridan bo`lishgan.Ota-ona vafotidan keyin u tarbiyalangan
xonadon sohiblari - Sohiboyevlar yetuk ishlarda ishlashgan.50-yillarda shoir
sifatida tanildi.50-60-yillar boshlari jamiyatda yangi ruh, yangicha qarashlar qaror
topgan davr edi: adabiyot va san‟atda ham yangilanish belgilari paydo bo`lgan.
Biroq bu jarayon osonlikcha kechgani yo`q. Shoir bosib o`tgan yo`liga
nazar
tashlar ekan, unda o`nqir - cho`nqirlar, izlanishlar borligini ko`radi."Negaki, - deb
yozadi u, - boshimizdan kechirgan kunlarimizning o`zi notekis, murakkab,
xatolarga to`la bo`lgan. Biz haq so`zni aytish qiyin bo`lgan zamonda yashadik. Bu
ish demokratik va oshkoralik hukmron bo`layotgan davrda ham oson ish emas ".
Erkin Vohidov adabiyotga 30-40-yillar she'riyati ta‟sirida hayot, yoshlik,
sevgi kuychisi sifatida kirib keldi. Uning mashqlarida tanqidchi Ozod
Sharafiddinov
aytganidek,
ko`proq
dunyoni
kashf
qilayotgan o`zining
kashfiyotidan zavqlanib, xursandchiligidan boshqalarni xabardor etishga
oshiqayotgan, yashashning benihoyat go`zal
ekanligi, hayotning noyob ne‟mati
ekanini tushunib kelayotgan murg`ak qalbning quvonchlari bor.
"Yoshlik devoni" 60-yillar ijodining bir namunasi bo`lib qolmasdan,
she'riyatimizdagi yetakchi tamoyillarining ko`rinishi bo`lganligi bilan ham
qadrlidir. Ma‟lumki, 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshiga kelib vaziyat o`zgara
boshladi. Inson shaxsiga e‟tibor oshdi. Kishining xilma-xil kechinmalari an‟anaviy
she'riy shakl, ayniqsa, g`azalning jonlanishiga e‟tibor kuchaydi.
Tabiiyki, bu