Turizm infratuzilmasi tushunchasining mohiyati.
Turizm industriyasining tashkilotchilariga turizm sohasidagi ikki xil korxona to‘g‘ri keladi: turoperatorlar va turistik agentliklar. Bu korxonalar turizm xizmatining o‘zi bilan bevosita shug‘ullanmaydilar, balki faqat iste’molchi (turist) bilan bevosita xizmat ko‘rsatuvchining o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O‘z navbatida ularning faoliyati ham xizmat ko‘rsatishning asosini tashkil qiladi. Fransiyaning turistik qonunchiligida bu korxonalarni ularning mohiyati va vazifasining harakteriga muvofiq ravishda turizm tashkilotchilari deb to‘g‘ri nomlaydilar. Turizm industriyasining shiddat bilan rivojlanishi, turizm bozorida raqobatning yuzaga kelishi va kuchayishi turoperatorlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatdi va ularning keyingi ixtisoslashuvini aniqlab berdi.
Turoperatorlar va turagentlar faoliyati. Turistlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish. Turistlarni sayohat joylari bilan tanishtirish.
Turoperator bu– tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini sotishga taklif etuvchi, uni tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorini faol sub’ekti hisoblanadi. Turoperator o‘z faoliyati davomida vakolat imtiyoziga ega haridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari harid etish, bronlashtirish, o‘zlashtirish, turpaketlar hozirlash jarayonlarini ham amalga oshiradi.
Turoperator – turistik paket ishlab chiquvchi sifati u turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadi, ularning amal qilishini ta’minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga sotadilar. Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta’minlab beradi va bir vaqtning o‘zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko‘rsatishga buyurtma berish vazifasini o‘z zimmasiga olib osonlashtiradi.
Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni bajaradilar. Ular turmahsulotlarni (joylarni-samolyotda, nomerlarni-mehmonxonada) sotib oladilar, turistik xizmatlar paketini shakllantiradilar va foyda olish maqsadida turli to‘g‘ri yoki bilvosita foydalanuvchilarga (turistlarga) sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni alohida ham sotishi mumkin. Bu yo foyda olish, yoki zaruriyat yuzasidan qilinadi. Masalan, imtiyozli narxlarda sotib olingan samolyotdagi joylar sonini to‘ldirish uchun u chiptalarni ham sotishi mumkin va bunda u vositachi sifatida bo‘ladi.
Birinchi holda turoperator turistik paketni shakllantirayotganda u turmahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ikkinchi holda, turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun keragidan ortiqcha turistik xizmatlar sotib olganda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ommaviy (ko‘p) sotib olgani uchun mehmonxonalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar orasida tegishli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsuslashgan ulgurji turoperatorlari mavjud. Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u turistlar uchun iqtisodiy qulay bo‘lgan turistik paketlarni shakllantirish uchun oladigan xizmatlarining narxi o‘zgarishidan kafolatlana olish qobiliyatiga ega. Ulgurji turoperator narxlari har doim mehmonxonalar narxlaridan arzon bo‘ladi. Ammo baribir turoperatorlar mahsulotlarning keng ko‘lamining ulgurji sotuvchisi sifatida emas, balki yangi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘rib chiqish lozim. Shunda u haqiqatga to‘g‘ri bo‘ladi, turoperatorning asosiy faoliyati turlar yoki turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turistik firma bajaradi. Yo‘llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat – vaucherdir).
Turoperatorlik faoliyatida xizmat ko‘rsatishni shakllantirish va sotish jarayonlarida turoperatorlarning turni ishlab chiqishdagi tashkiliy bosqich ishlari quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi:
Imkoniyatlar tahlili;
Talabni o‘rganish;
Istiqbolni rejalashtirish;
Xizmatlarini ta’minlovchilar bilan shartnomalar tuzish;
Tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish;
Putyovka (yo‘llanma) bahosini ishlab chiqish va realizatsiya qilish;
Turni tovar-metodik jihatdan ta’minlash;
Turistlarni o‘tuvchi hujjatlari bilan ta’minlash;
Realizatsiya;
Reklama va axborotlar;
Mutaxassis kadrlar tayyorlash;
Marshrutga kadrlar tayyorlash;
Turni o‘tkazish va xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan nazorat o‘rnatish.
Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog‘i unga turistik safarlarni sotish hajmini o‘stirishga imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan, chiqish turizmining hududiy bozoriga kirib boradi. Bu bilan o‘z xodimlarini ta’minlash harajatlarini, ijara binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. O‘z navbatida turagent safarlarni oxirgi iste’molchisiga sotib bergani uchun vositachiligiga komission mukofat oladi. Uning hajmi odatda sotilgan turistik mahsulot bahosiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va 10 % ni tashkil qiladi. U ko‘paytirilishi ham mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko‘proq turistik xizmat sotilganda). Komission mukofat turagentlikning asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Turoperator har doim sotish uchun turmahsulot resursiga ega bo‘ladi, turagent bo‘lsa mijoz sotib olish istagini bildirgan holdagina ma’lum xizmatlarni talab etadi. Biroq amaliyotda ba’zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib bo‘lmaydi, chunki har ikkalasi o‘xshash vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan, firma turoperator sifatida yo‘nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham mumkin.
Turistik agentliklar (turagent) – bu iste’molchiga, ya’ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi, shaxs nomidan va korxonaning topshirig‘i bo‘yicha turlarni sotish. Mohiyatan bu turli xildagi turoperatorlarning «turistik yo‘llanmalar do‘koni» dir. Turistik yo‘llanmada doimo bunday sotishni amalga oshirgan turoperator va turagentning barcha rekvizitlari to‘liq ko‘rsatiladi, agentlik foizi tushunchasi bor bo‘lgan mamlakatlarda, agentlik foizining summasi doimo turistik xizmatlarning cheki yoki vaucherida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda yo‘llanmalar vaucheri bo‘lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo‘yish uchun maxsus xoshiya mavjud. Bunday holda agentlikning o‘zi barcha oqibatlari va javobgarlikni bo‘yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajaradi.
Turizm inshootlari. Transport tarmog‘i tizimi. Kommunikatsiya tarmoqlari.
Hozirgi paytda turlarni iste’molchiga Internet tarmog‘i orqali sotish shakllanmokda, lekin iste’molchiga faqat axborot berish va mahsulot taklif etish, uni mijozning talabnomasi bo‘yicha o‘zlashtirish bosqichlargina avtomatlashtirish imkoniyatiga ega, ba’zi hollarda, masalan, bankdagi hisob-kitoblarni yoki kredit kartalarining raqamlarini ko‘rsatishda haq to‘lash ham nazarda tutiladi. Turizm sohasida turoperatorlar qayd qilganimizdek, turizm industriyasining harakatlantiruvchi asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Turoperatorlar va turagentliklar hamkorligi turizmni rivojlantirishga asos bo‘ladi va turizm bozorida turistga (iste’molchiga) mahsulotlar va xizmatlar yetkazib berishga xizmat qiladi (12.1-rasm).
12.1- rasm. Tashkillashtirilgan turizm bozorining tarkibi
Keltirilgan 12.1-rasm ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ladiki, turoperatorlar turizm bozorida yetakchi rol o‘ynaydi. Turoperatorlar turni ishlab chiqish jarayonida turizmdagi asosiy xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar (transport xizmatlari, joylashtirish xizmatlari, ovqatlantirish xizmatlari, gid-ekskursiya xizmatlari va boshqalar) bilan mustahkam aloqada bo‘ladi va ular bilan xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha shartnomalar tuzadi. O‘z o‘rnida turizmda asosiy xizmatlar ko‘rsatuvchilar ham turoperator xizmatlaridan manfaatdor hisoblanadi.
Avtomobil yo‘llarining turizm infratuzilmasidagi o‘rni. Muxandislik tarmoqlari.
Keyingi yillarda respublikamizda turizm infratuzilmasini zamon talabiga moslashtirish maqsadida ko‘pgina ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo‘li» ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Farmoni bu ishni yuksak darajaga ko‘tarish muammolarini hal qilishda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan respublika Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 3-iyunda «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorda Prezident farmonini to‘ldirib, yana quyidagi muhim masalalar amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tildi: tegishli tashkilotlar bilan birgalikda turistlarni avia va temir yo‘l transporti orqali tashishda imtiyozlar berish tartibini ishlab chiqish, maxsus bojxona hududlarini tashkil etish, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlash vazifasi yuklatildi. Qarorda turizm tizimidagi xususiylashtirilayotgan ob’ektlardan tushgan mablag‘lar «O‘zbekturizm» MK bo‘linmalarini qayta qurish va texnika bilan jihozlash maqsadida «O‘zsayohatinvestbank» ka o‘tkazish belgilab qo‘yildi.
O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari.
Valyuta operatsiyalarida imtiyozlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch-Xiva yo‘nalishlarida yo‘llarni obodonlashtirish, servis xizmatlarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, shahardan tashqarida joylashgan turistik ob’ektlar uchun kommunikatsiya tarmoqlari to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar berish, turistik inshootlar qurilishi bo‘yicha tenderlar o‘tkazish, turistlar bo‘ladigan joylarda amaliy va tasviriy san’at, xalq ijodkorligi buyumlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash-sotishda shahobchalar tashkil etish, xorijda turistik vakolatxonalar ochish ham mazkur qarorda belgilab qo‘yilgan vazifalar edi. Shuningdek, xalqaro turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarning o‘z vaqtida hal etish uchun javobgarlik «O‘zbekturizm» MK, «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyalarining, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklarining, chegara va bojxona xizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Mehmonxona va ovqatlantirish korxonalari industriyasi
Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o‘zi boradigan joy haqida o‘sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari, mexmondo‘stligi haqidagi qo‘shimcha ma’ lumotlarga, shuningdek, o‘sha joyning haritasiga, transport magistrallar sxemasiga muhtoj bo‘ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma’ lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‘rinishida chop etiladi va bu holat turistlarni sayohat qilishga chorlaydi. Zamonaviy turizmda bo‘lajak turistlarga bepul tarqatiladigan axborotlarni rang-barang ko‘rinishida chop etishga e’tibor qaratiladi. Turizm sohasi boshqa sohalarga qaraganda 3-5 marta ko‘p reklama qiladi. Hamma yirik turistlik markazlar turistlar va turizm xizmatlari uchun axborot CD ROM disklarini chop etadi.
Turizm industriyasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etis h
qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning yana bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishi turizm industriyasini qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir.
Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistlik xizmatlar turistlik markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo‘ lgan internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistlik agentliklarni tanlash, xattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham oldindan tayinlab qo‘yish mumkin. Turizm tashkilotchilari axborot xizmatidan keng ko‘lamda foydalanadilar. Ular ham turistlik mahsulotni tashkil etayotganida maxsus yo‘ l ko‘rsatkichlarini o‘rganadilar. Kolumbs Press nashriyotida har ikki yilda qayta chop etiladigan dunyoga mashhur yo‘ l ko‘rsatkich Vorld Travel Guide da 200 mamlakatning sxemalarini turistlik markazlarning va agentliklarning har xil kataloglari mamlakat va butun dunyo bo‘yicha transportning harakat jadvali chop etiladi.
2. Mehmonxona va ovqatlantirish korxonalari industriyasi Mehmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini hal qilishda mehmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga qarab tasniflash katta rol o‘ynaydi. Shinamlik darajasi - kompleks mezon bo‘ lib, u quyidagilardan tarkib
topadi:
a) nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni , bir o‘rinli (bir
xonali), ko‘p xonali nomerlar, apartament nomerlarning ulushi,kommunal qulayliklarning mavjudligi va hokazo;
b) mebel, inventar, sanitariya-gigiyena ashyolari va h.k.ning holati;
c) ovqatlanish korxonalari: restoranlar, qahvaxonalar, barlar va h.k. ning mavjudligi va holati;
d) binoning, unga keladigan yo‘llarning holati, mehmonxonaga yondosh
hududning obodonlashtirilganligi;
E) axborot bilan ta’minlash va texnik jihozlash, shu jumladan telefon,
yo‘ ldosh aloqasi, televizorlar, muzlatkichlar, mini-barlar, mini-seyflar va h.k. ning mavjudligi;
D) ayrim qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Sanab o‘tilgan mezonlar hozirgi kunda dunyoda mavjud bo‘ lgan barcha mehmonxonalarni tasniflash tizimlarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, xodimlarga va ularning tayyorgarligi: ma’ lumoti, malakasi, yoshi, sog‘ ligi, chet tillarni bilishi, tashqi ko‘rinishiga ham bir qancha talablar qo‘yiladi.
Hozirda jahonda ma’lum 30 dan ortiq, tasniflash tizimlari zamirida
shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:
A) Yevropa tasniflash tizimi yoki «yulduzlar» tizimi» Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5yulduzgacha bo‘ lgan toifalarga ajratish yotadi, Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiyada, O‘zbekistonda va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
a) harflar tizimi (A, V, S, D). Gresiyada qo‘ llanadi;
b) «tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;
c) hind tizimi.
Transport va sayr-tomosha industriyasi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to‘rt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida belgilaydi. Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qo‘yilgan talablar ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal baho belgilanadi. Komissiya o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan har qanday qo‘shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo‘yishi mumkin. Muayyan toifani olish uchun mehmonxona ayni toifa uchun belgilangan ballarning minima l miqdorini to‘plashi lozim. Bunda har bir band bo‘yicha to‘plangan ballar miqdori maksimal bahoning 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. Ammo oxirgi shart alohida hollarda komissiya tomonidan bir yoki ikki band uchun majburiy emas deb topilishi mumkin, basharti mehmonxona bungacha ballarning zarur minimal miqdorini to‘plagan bo‘ lsa. Mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi umumiy ovqatlanish korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bu toifaga mansub deb topishlari uchun umumiy ovqatlanish korxonasi ham ballarning minimal miqdorini hamda har bir band bo‘yicha ballar maksimal miqdorining kamida 50% ni to‘plashi lozim.Misol. «1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub mehmonxona yaxshi hududda,mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan bo‘ lishi kerak (maksimal baho 15ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar ingliz tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h. k. «2 yulduz» toifasini olish uchun 150
ball, «3 yulduz» uchun - 210 ball, «4 yulduz» uchun - 250 ball, «5 yulduz» uchun -290 ball to‘plash kerak. Har bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni -shinamlik darajasi har xil tushuniladi. Mana shu holat, shuningdek, davlatlarning madaniy-tarixiy va milliy an’analari bilan belgilangan bir qancha omillar jahonda mehmonxonalarning yagona tasnifini joriy etishga monelik qiladi. Butunjahon turistlik tashkiloti (BTT), Yevropa hamjamiyati Mehmonxona va restoran sanoati qo‘mitasi, Xalqaro mehmonxonalar uyushmasining bu yo‘nalishdagi faoliyati hozircha samara bermayapti. BTT faqat joylashtirish vositalarining standart tasnifini taklif etgan. Bu tasnifda mehmonxonalar va shunga o‘xshash korxonalar to‘rt katta guruhdan biriga kiritiladi. Yevropa mehmonxonalar bozorida Yevropa hamjamiyati Vazirlar Kengashi tomonidan 1986 yil 23 dekabrda qabul qilingan standartlashtirilgan axborotning yagona tizimi amal qiladi. Bu tizim ko‘p sonli piktogrammalar – shartli rasmlardan iborat.
O‘zbekistonda turizm industriyasining tarkibiy tuzilishi
Standartlashtirilgan axborot tizimining maqsadi turistlar Yevropa bo‘ylab sayohat qilishlarini, joylashtirish korxonalari bilan bog‘ liq yo‘ l ko‘rsatkichlar, kataloglar,prospektlarni o‘qishlari va tushunishlarini yengillashtirishdan iborat. Bu tizim juda qulay bo‘ lib, bir qancha ustunliklarga ega.
3. Transport va sayr-tomosha industriyasi Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu shu bilan bog‘ liqki, barcha turistik yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishini taqozo qiladi.
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va turgan gap, uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik industriyaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
BTT (VTO) – Butunjahon turistik tashkiloti turizm maqsadlarida
qo‘llaniladigan transportni uch turga klassifikatsiyalaydi: quruqlikda
harakatlanuvchi, suv va havo transportlari. Quruqlikda harakatlanish vositalaridan turizm maqsadlarida ko‘proq avtomobil va temiryo‘ l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi.
Avtomobil transporti turizmda keng foydalaniladi. Chunki u turistlarni
«Eshikdan eshikkacha» eltib qo‘yishni ta’minlaydi. Ushbu maqsadlarda muntazam yo‘ lovchi tashish uchun reys avtobuslari va nomuntazam – turistik korxonaning xususiy transporti va turistning shaxsiy transportdan foydaliniladi.
Temiryo‘l transporti o‘rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va qulay sharoitda yetib borishlarini ta’minlaydi. Alohida hollarda temiryo‘ l transportidan turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanish mumkin.
Suv transporti vositalari orasida suvosti (ekskursiya suvosti qayiqlari) va suv usti (teploxodlar, sayohat kemalari, dengiz paromlari, sayr kemalari, yaxtalar,katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta’minoti bilan bog‘ liq masalalar asosan dengiz va daryoda turistik maqsadlarda muntazam va nomuntazam yo‘ lovchi tashish misolida qarab chiqiladi.
Paromda kechib o‘tish va asosiy turistik sayohat turi – sayohat kemasi,
dengiz va daryo kemalari turistlarni belgilangan joyga yetkazib borishni maqsad qilib qo‘yadi. Boshqa suv transporti vositalaridan odatda, alohida dasturli «programmali» tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi (masalan, suvostiekskursiyasi) yoki qo‘shimcha xizmatlar (katerlarda sayohat). Havo transporti vositalari tarkibi xilma-xildir: fuqaro aviatsiyasidan tortib,to ekzotik hisoblangan havo sharlari, deltaplanlargacha. Turizmda havo transportining qo‘llanilishi avvalo aviatsiyada yo‘ lovchi tashishdan foydalanish sifatida ko‘rib chiqiladi. U reysli va chtarterga klassifikatsiyalanadi, ya’ni
buyurt malar asosida bajariladi. Havo transporti nisbatan juda qimmatligiga qaramay, bu yuqori tezligi, shinam va qulayligi bilan turistlarni olis masofalarga tashishda so‘zsiz yetakchi o‘rinni egallaydi
O‘zbekistonda turizm industriyasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Turizmda transport ta’minoti tizimi quyidagicha farqalanadi:
a) turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish:turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yokiyo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish;
b) transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport
vositasi taqdim etish;
c) tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish:
ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif buyurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish;
a) turistlar sayohatini ta’minlash uchun korxonaning transport vositalarini tanlashga bir qator omilla bog‘liqdir: safarning maqsadli yo‘nalishida masofa uzoqligi, sayohatchilar soni, transport vositasining sig‘ imi, safar dasturi, harakat xavfsizligi, transport vositasining safarbarligi va qulaylik darajasi. Transport vositalarini tanlash chog‘ ida safarning maqsadli yo‘nalishi katta rol o‘ynaydi. Turistik sayohat maqsadiga bog‘ liq holda uning tarkibiga u yoki bu transport xizmatlari kiritiladi. Misol uchun, Moskvadan Parijgacha 5 kunlik ekskursion guruh safari tarkibi standart transport xizmati ko‘rsatishda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: turistlarni Moskvadan Parijga eltish va qaytib olib kelishi; aeroportdan mehmonxonagacha guruhni olib borish va jo‘natib yuborish;dasturdagi tadbirlarni ta’minlash, masalan, shahar bo‘ylab ekskursiya (teploxoddasayyor) tashkil etish.
Transport vositasini tanlashga ta’sir etadigan yana bir muhim omil – bu
sayohatchilar soni hisoblanadi. Bu omildan tez-tez tashish tipini aniqlashda
foydalaniladi: muntazam yoki nomuntazam (ijaraga olingan yoki charter). Turistik guruhdagi sayyohlar soniga bog‘liq holda safarni ta’minlashda qaysi transport vositasi zarurligi ham aniqlanadi: samolyotmi, temiryo‘lmi, avtobus yoki yengil avtomobillarmi va boshqalar.
Safarni ta’minlash uchun transport vositasini tanlashda yana bir hisobga
olinadigan omil – bu transportda tashishning uzoqligidir. Bu omilni qarab chiqish chog‘ ida Odatda, turistlarni ko‘chirish shinamligini ta’minlash talablari ko‘zda tutiladi. Shuning uchun qoidaga ko‘ra u butun safarni kompleks transporti ta’minoti bo‘yicha qarab chiqiladi.
Transport vositasini tanlashni yoki aniqlashda, Shuningdek, safar dasturlari
ham muhim omil hisoblanadi. Unga bog‘ liq ravishda eng xilma-xil transport
xizmatlari ko‘zda tutiladi. Buar yuqorida eslatib o‘tilganidek, ekskursiyalar,
turistlarni dasturlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarga olib kelish va boshqalar bo‘ lishi mumkin. Odatda, tartibga ko‘ra, guruh turizmida safar dasturini ta’minlash uchun turistik avtobuslardan foydalaniladi. Chunki, odatda, tadbirlar, dasturlar butun guruhga mo‘ ljallangan bo‘ lib, safarning belgilangan maqsad joyidan boshqa yerga borishi ko‘zda tutilmaydi.
Avtomobilda tashish – turistik tashishlarning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Shubha yo‘qki, avtomobilda tashishga yuksak safarbarlik, yuqori
tezkorlik, maqbul narx, qo‘nib o‘tishga zarurat yo‘qligi, Shuningdek, harakat
jadvalini oson o‘zgartirish xosdir.
Turizm industriyasi va uning tarkibi taxlili
Turistik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan avtomobil xizmati uchta asosiy yo‘nalishni o‘zida mujassamlashtirgan:
a) avtobusda sayohatni tashkil etish;
b) turistlarning shaxsiy transportida sayohatni tashkil etish;
c) avtomobillarni ijara berish.
Shaharlararo va shahar yo‘nalishlarining ulkan tarmog‘ iga birlashgan avtobuslar ko‘proq odamlarni tashishda va poyezdlar samolyotlarni birgalikda
olganiga nisbatan ko‘proq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda shaharlararo va xalqaro avtobus tashishlarda ham davlat muassasalariga, ham mustaqil kompaniyalarga tegishli avtobuslarda xizmat ko‘rsatiladi.Xalqaro avtobus turizmi, turizmning nisbatan yosh turi hisoblanadi. Uning ilk rivojlanishi XX asrning 70-yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrgacha turli mamlakatlarda avtobuslar asosiy transferlar, ekskursiyalar va mahalliy safarlar uchun foydalanilgan.
1986-yilda birinchi bor Yevropa mamlakatlarida temiryo‘ llar va avtobus kompaniyalari o‘rtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan birlashgan
avtobuslarda tashish – «Yevroyo‘nalish» («Eurolines») tashkil etildi. Unga 33
yevropalik hamkorlar kirdi. Avtobus kompaniyalari bitta savdo markazi ostida
birlashib, oraliq biletlari, servisi, tartiblar, chegirma tizimlari bo‘yicha birgalikda umumiy avtobus aloqalari standart tizimini ishlab chiqdilar. Natijada «Eurolines»turizm bozorida yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi. U butun Yevropa bo‘ylab 250 dan ortiq yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi, uning tarkibiga Yevropaning 35 avtobus kompaniyalari kiradi. 1992-yildan boshlab «Eurolines » Sharqiy Yevropa mamlakatlarini qamrab oldi.
Yevropa ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida Shengen bitimining imzolanishi avtobusda turistlarni tashishning rivojlanishiga yangi turtki berdi va ko‘pgina
rasmiyatchiliklarni osonlashtirishga imkon yaratdi. XX asrning 90-yillarida
turistlarni avtobusda tashishning yillik o‘sishi o‘rtacha 1,5 % ni tashkil etdi.
Sayohatning iqtisodiy turi hisoblangan va aholi keng qatlamlari uchun qurbi
yetadigan avtobus turizmi doimiy rivojlanmoqda, hozirgacha uning hajmlar i
kengayishi tendensiyasi kuzatib kelinmoqda.
1973-yil 1-martdagi Jeneva konvensiyasi doirasida xalqaro tashishga shartnomalarni soddalashtirish uchun xalqaro avtomobilda yo‘ lovchi va yuklarni tashish haqida shartnoma to‘g‘risida konvensiya qabul qilindi. Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi va Yevropa ittifoqi a’zolari uchun Shengen bitimida qayd etilgan xalqaro tashishlarni soddalashtirish kelgusida davom etadi.MDH mamlakatlari doirasida turistik tashishni tashkil etish MDH davlatlari ishtirokchilari Parlamentlararo assambleyasining 1994-yil 29-oktabrdagi «Turizm sohasida MDH davlatlari ishtirokchilari hamkorligining asosiy tamoyillar to‘g‘risidagi» qarori va boshqa aktlar bilan tartibga solindi.
Yevropada turistik tashishlarda foydalaniladigan avtobuslar holatiga jiddiy
e’tibor qaratiladi. Uzoq masofalarga qatnovchi zamonaviy avtobuslar ilgarigi
modellariga qaraganda ancha shinam va qulay. Standart jihozlarini tashkil etadigan yaxshi konditsionerlari va qulay dam olish xonasi yo‘lovchilarga manzur bo‘lmoqda. Ko‘pgina avtobuslar baland kursilar, shovqin o‘tkazmaydigan jihozlar bilan ta’minlangan. Yoritish yaxshilangan, minibar, hojatxona, televizor mavjud bo‘lib, katta tiniq oynalar tevarak-atrofni tomosha qilib ketishga juda qulaylik tug‘diradi.Hozirgi kunda juda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda foydalanish.Muddati 8 yildan oshgan avtobuslarni turistik yo‘nalishlarda ishlashi qat’iy taqiqlangan. Yevropa qonunchiligiga muvofiq avtobuslar har olti oyda hamma tomondan sinchiklab texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.1995-yil 24-apreldan boshlab, Yevropa konvensiyasi qaroriga muvofiq transport vositalari ekipajlariga o‘rinlar soni 9 dan ko‘p bo‘lgan xalqaro tashishda ishtirok etadigan barcha avtobuslarni taxograf bilan jihozlash majburiyati yuklandi.Agar u bo‘ lmasa avtobusdan foydalanish man qilinadi.
Taxograf – haydovchi va avtomobil yoki avtobusning ishini obyektiv nazorat qiladigan va ishni hisobga oladigan bort asbobidir. U avtomatik ravishda harakat tezligini ko‘rsatadi va yozib boradi, o‘tgan vaqtni, bosib o‘tilgan yo‘lni,haydovchi mehnati va dam olish davrini aniq ko‘rsatib beradi. Yozuv haydovchi nomi ko‘rsatilgan diagrammali disk (taxogrammalar)da yozib beriladi va haydovchining butun kun davomidagi ishini to‘ liq aks ettiradi.
Turistik avtobuslarni sotib olishga nisbatan kam xarajat sarflanishi (boshqa transport vositalariga taqqoslanganda), shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligining yuqoriligi ko‘p sonli turistik korxonalarni ushbu tashish turiga qiziqishlarini orttiradi. O‘zining xususiy avtobuslaridan foydalanish turistik sayohatlarning ortiqcha to‘planib qolishini kamaytiradi, natijada ularning tannarxini pasaytiradi. Turistlarni tashishda xususiy avtobuslardan foydalanish safarlarni tashkil qilishda, ommaviy iste’molchilarni ko‘proq jalb etishda keng istiqbollar ochmoqda. Ayniqsa bu turistik oqimlarni «zanjirli» ko‘rinishda tashkil qilishda juda qo‘ l keladi, ya’ni avtobus yoki bir nechta turistik avtobuslar guruhlar yig‘ iladigan joydan ularni belgilangan manzilga to‘ liq yuklanish bilan olib borish,olib kelish reyslari samaradorligini oshiradi. Odatda, bunday zanjirlar ommaviy va arzon turizm yo‘nalishlarida tashkil etiladi (masalan, Bolgariya, Qrimda 7,14,21kunlik dam olishlarda). Ammo shuni hisobga olish kerakki, xususiy turistik avtobuslardan foydalanish turistik korxonalarni qo‘shimcha katta xarajatlar qilishga ham majbur etadi: avtobus turadigan joy, texnik ko‘rik va ta’mirlash,qismlarni almashtirish, yonilg‘ i-moylash materiallari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va malakali haydovchilar, transport vositasini sug‘urtalash, avtotransport egalarini fuqarolik javobgarligi xarajatlari shular jumlasidandir. Shuning uchun xususiy avtobus sotib olishda turistik korxonalar sarflanayotgan xarajat o‘zini qoplashi va foyda keltirishi uchun o‘zining xususiy transport strukturasini tashkil etishda bularning barchasini hisobga olishlari zarur.Ijaraga olingan transportdan foydalanish xususiy turistik avtobuslarni sotib olish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘ liq muammolardan xoli. Ijara boshlovchi,zarur aylanma mablag‘ iga ega bo‘ lmagan turistik korxona va kompaniya uchun samaraliroqdir. Turistik avtobuslarni ijaraga olish turistik va transport korxonasi o‘rtasida tuziladigan o‘zaro ijara shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. Turistik avtobuslarni ijaraga olib foydalanish turistik korxonaga turistlarni tashish talablariga javob beradigan maqbul hamkorni tanlashga imkon beradi. Bunda turistik firma transport vositasiga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, texnik holatini saqlash xarajatlari tashvishidan xoli bo‘ ladi. Bir qator ustunliklariga qaramay avtobuslar ulardan foydalanishda cheklovlarga ham ega. Ulardan biri tashiladigan turistlar soni hisoblanadi (45 kishigacha). Avtobuslardan foydalanish ko‘proq turistlarni yaqin masofaga turli xil dasturlarni ta’minlashga olib borib kelishda samaraliroq. O‘rta va katta masofaga turistik sayohatlarni tashkil qilish yo‘nalishni qo‘shimcha ravishda sinchiklab qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi: to‘xtab turadigan joy, tunash joyi, ovqatlanish
hisobga olinishi zarur. Transport vositasida uzoq vaqt bo‘lish (ayniqsa, qaytish yo‘ lida) orzu qilingan dam olish kayfiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Turistning shaxsiy avtomobil transportidan foydalanishi o‘zida turistik sayohatning alohida ko‘rinishini namoyon etadi va avtosafarlar deb ataladi. Ularni tashkil etish puxta tayyorgarlik va rejalashtirishni talab qiladi.
Avtoturizm butun jahon bo‘ylab keng rivojlangan. Bu uning nisbatan arzon
tushishi va yo‘nalishni, otel dasturlarini va hokazolarni erkin tanlash imkoniyati bilan bog‘liq.
Turistlar odatda, tez-tez o‘zlari uchun individual sayohat yo‘nalishini ishlab
berishni iltimos qilib, turistik tashkilotlarga murojaat etib turishadi. Ular qaysi shaharga tashrif buyurishni xohlashini, nimani ko‘rmoqchiligini ekskursovod, mehmonxonada xona bronlashtirish uchun buyurtma berish imkoniyatini so‘raydilar. Turizmning bunday ko‘rinishi ham avtoturizmga kiradi.Chunki mijoz o‘z avtomobilida ma’ lum yo‘nalish bo‘yicha boradi.
Ko‘p hollarda turistlar aniq yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishni istashmaydi.
Ular nisbatan jozibaliroq aylanma yo‘llarni, moteldan motelga yoki kempingdan kempinga borishni, turli shaharlarga kirib, diqqatga sazovor joylarni ko‘rishni ma’qul ko‘rishadi va h.k.
Turistlarni shaxsiy avtomobildan foydalanib, sayohatga chiqishining eng ko‘p tarqalgan turi – dam olish kunlaridagi safarlardir. Turizm turlari bo‘yicha
ko‘proq mashhur avtoturlar sog‘lomlashtirish (dam olish joylariga yoki tabiat
qo‘yniga borish) va bilish safarlari (tarixiy yoki madaniy yodgorliklarga borish) hisoblanadi.
Q aysidir ma’noda mehmonxona industriyasi rivojlanishi, xususan,motellar, to‘g‘ridan to‘g‘ri avtoturizm bilan bog‘ langan turli mamlakatlarda an’anaviy turistik trassalar bo‘ylab, butun bir kichik otellar va kempinglar zanjir i
barpo etilgan. Ular eng avvalo shaxsiy avtomobilida sayohat qiluvchi turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ ljallangan.
Avtomobilda sayohatni tayyorlash jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) yo‘nalishni ishlab chiqish;
b) harakatlanish jadvalini ishlab chiqish;
c) yo‘nalish hujjatlarini rasmiylashtirish.
Yo‘lda turistga quyidagi hujjatlar talab qilinadi: pasport (xorijga sayohat
chog‘ ida tegishli mamlakat vizasi bilan chet el pasporti), avtomobilni boshqarish huquqi berilgan guvohnoma, avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki uni ijaraga olingani haqida shartnoma (agar sayohat o‘z avtomobilida amalga oshirilmasa).
O‘z shaxsiy transportida chet elga ketganlar xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari lozim. Transport vositasi sug‘urtalangan, uning egasi fuqarolik javobgarligi sug‘urtasining sug‘urta polisiga ega bo‘ lishi kerak. Shuningdek, avtomobil hujjatlari bexato rasmiylashtirilgan bo‘lishi zarur. Turistik korxona bunday safarlarning tashkilotchisi sifatida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishda amaliy yordam berishi kerak.
Bundan tashqari turistga belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish, yonilg‘i
quyish joyi, kempinglar, motellar, texnik xizmat ko‘rsatish punkti, shuningdek,ushbu punktlarda xizmat ko‘rsatishga buyurtma beruvchi hujjatlar kartasi taqdim etilishi lozim. Yoki ko‘rsatilgan punktlarda qayta to‘lov bo‘yicha xizmat ko‘rsatilish imkonini beradigan xalqaro servis daftarchasi taqdim qilinadi. Xalqaro servis daftarchasi har xil xalqaro avtomobil klublari tomonidan beriladi, ulardan nemis klubi ADAS ko‘proq taniqli hisoblanadi. Bunday daftarcha egasi bu klub ishtirokchilari hisoblangan motellar, kempinglar, yo‘l bo‘yi restoranlari, texnik xizmat stansiyalari va yonilg‘ i quyish stansiyalari xizmatidan foydalanish huquqiga ega.
Industriya imkoniyatlarining aholi yashash tarziga ta’siri
Keyingi yillarda respublikamizda turizm industriyasini zamon talabiga
moslashtirish maqsadida ko‘pgina ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo‘ li» ni qayta
tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada
xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Farmoni bu ishni yuksak darajaga ko‘tarish muammolarini hal qilishda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Farmon g‘oyat muhim xalqaro turizm yo‘nalishi «Buyuk Ipak yo‘li» ni qayta tiklash, bunga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb etish, shuningdek zamonaviy turizm siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadini qaratdi. Buning uchun esa quyidagi o‘ta muhim va dolzarb masalalar o‘z yechimini topishi lozim.
Masalan, «Buyuk Ipak yo‘ li» dagi shaharlar - Samarqand, Buxoro, Xiva va
Toshkentda xalqaro turizm bo‘yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil etish, mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yo‘ l vokzallarida turistlar uchun bojxona rasm-rusumlarini xalqaro me’yorlarga mos soddalashtirilgan tartibi,shuningdek, tranzit turistlar uchun maxsus bojxona zonalari joriy qilish kuzda tutildi. Ushbu shaharlarda yangi tashkil etiladigan turistlik tashkilotlar va korxonalar barpo etilgan paytdan boshlab, dastlabki foydani olgunga qadar o‘tadigan davrda, lekin ro‘yxatga olingan sanadan keyin uzog‘ i bilan uch yil mobaynida barcha turdagi soliqlardan ozod qilish imkoniyati tug‘ ildi. Shu maqsadda mazkur tashkilotlar va korxonalar foyda (daromad) olgan birinchi yili (daromad) solig‘ ining 50% ini, ikkinchi yili 75 % ini, uchinchi yildan boshlab 100% ini to‘lashlari belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, turizm sohasida qo‘shma korxonalar barpo etuvchi xorijiy
sarmoyadorlar, ilgari berilgan imtiyozlarga qo‘shimcha ravishda, olib ketadigan foydadan 5 yil muddatga soliq to‘ lashdan ozod qilinishi bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa,tijorat banklariga tadbirkorlar xususiy mehmonxonalarini va mehmonxona industriyasi inshootlarini barpo etishlari chog‘ ida ularga kamida besh yil muddat ichida to‘lash sharti bilan kreditlar berilishi hamda «O‘zbekturizm» MK Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda investitsiya banki -«O‘zsayohatinvestbank» ni tashkil etishlari-ning belgilib qo‘yilishi soha rivoji uchun olib borilayotgan davlat siyosatining nechog‘ li to‘g‘ri ekanligini yana bir bor isbot qildi.
Shuningdek, xalqaro turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
masalalarning o‘z vaqtida hal etish uchun javobgarlik «O‘zbekturizm» MK,
«O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyalarining,
Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklarining, chegara va bojxona xizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan respublika Vazirlar Mahkamasi
1995-yil 3-iyunda «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy
industriyasini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.
Ushbu qarorda Prezident farmonini to‘ldirib, yana quyidagi muhim masalalar
amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tildi: tegishli tashkilotlar bilan birgalikda turistlarni avia va temir yo‘l transporti orqali tashishda imtiyozlar berish tartibini ishlab chiqish, maxsus bojxona hududlarini tashkil etish, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlash vazifasi yuklatildi. Qarorda turizm tizimidagi xususiylashtirilayotgan ob’ektlardan tushgan mablag‘ lar «O‘zbekturizm» MKbo‘linmalarini qayta qurish va texnika bilan jihozlash maqsadida «O‘zsayohatinvestbank»ka o‘tkazish belgilab qo‘yildi.
Valyuta operatsiyalarida imtiyozlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro,
Urganch-Xiva yo‘nalishlarida yo‘ llarni obodonlashtirish, servis xizmatlarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, shahardan tashqarida joylashgan turistlik ob’ektlar uchun kommunikatsiya tarmoqlari to‘ lovi bo‘yicha imtiyozlar berish, turistlik inshootlar qurilishi bo‘yicha tenderlar o‘tkazish, turistlar bo‘ ladigan joylarda amaliy va tasviriy san’at, xalq ijodkorligi buyumlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash-sotishda shahobchalar tashkil etish, xorijda turistlik vakolatxonalar ochish ham mazkur qarorda belgilab qo‘yilgan vazifalar edi.
Biz mazkur turpaketda imkon qadar Samarqandning boy madaniy merosga
ega ekanligini ochib berish uchun bir guruh xorijiy turistlarni Samarqandga
bo’lgan xohish va ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish bilan birga ularga bu ko’hna shahar haqida 3 kunlik ekskursiya davomida katta taassurotga ega
bo’lishlari va “Samarqand mo’jizalar maskani” ekanligini so’zsiz tan olib o’z
yurtlariga yaxshi kayfiyat bilan qaytishlarini rejalashtirish uchun 3 kun mobaynida turli ekskursiyalar va animatsion dasturlarni ishlab chiqib taqdim etganmiz.
Xorijiy turistlar: Fransiya. Soni 10 nafar.Yoshi: 30-35.Ma’lumoti: O’qituvchilar.
Tashrif vaqti: Kuz faslida. Aviabilet. Parij-Samarqand- Parij. 1800$.
10 kishiga 10*1800$=18000$. Turistik dastur.Joylashtirish. “Sherdor” mehmonxonasida 2 qavatdan iborat bo’ lib, shaharning eng so’ li m va tinch joylaridan biri bo’lmish Orzu Maxmudov ko’chasida joylashgan. Mehmonxonada 27 ta nomer bo’ lib, 12ta bir kishilik, 10 ta ikki kishilik, 1 ta uch kishilik va to’rtta lyuks(lux) nomerlardan iborat, bir vaqtning o’zida 39 kishini sig’dira oladi. Mehmonxonada 40 kishilik restoran va bar mavjud.
OVQATLANTIRISH
Har kunlik nonushta “Asia” mehmonxonasida shved stoli asosida taqdim
etiladi.
-non assartimenti: non, chap-chak, patir, kulcha non, sutli kulcha, bo’lka non
-sut mahsulotlari: pishloq, qaymoq, sut, kefir, tvorog, Smetana, saryoh
-tuxum: qaynatilgan, qovurilgan
-shirinliklar: murabbo, shaker, novot, qand, konfet
-quruq mevalar: yong’oq, mayiz, bodom, turshak, pista, yeryong’oq
-ho’l mevalar: olma, gilos, anor, o’rik
-poliz ekinlari: qovun, tarbuz, bodring, pomidor, qulupnay
-ko’katlar: shivit, ukrob, ko’kpiyoz, shovul, otquloq, kashnich, rayhon, yalpiz,
ismaloq
-go’sht mahsulotlari: kalbasa, sasiska, kabob, tabaka, okarachka, baliq
-ichimlik: choy, kofe, sutli kofi, sharbat, kompot, ma’danli suv, fanta, kola, mors.
Ixtisoslashgan klublar qiziqishlari aralash, nisbatan tarqoq tashrif
buyuruvchilar kontingentiga mo‘ ljallangan. Ular bir kasbdagi odamlar, har xil yoshdagi ijtimoiy guruhlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Klubning vazifalaridan birining kuchaytirish chog‘ ida madaniy-oqartuv, dam olish, muloqot, yoshlar ekologik, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, texnik ijodkorlik va boshqa ixtisoslashuvlar xarakterlidir. Ayrim hollarda klub faoliyati maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bilan qo‘shib olib borilishi mumkin.
Klub inshooti bo‘sh vaqt faoliyatining turli xillarini amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Klub binosi tipik tarkibi tomosha kompleksi, namoyish va klub komplekslari, ma’muriy xo‘jalik va texnik binolarni o‘z ichiga oladi.
Tomosha kompleksi binolariga vestibyul, foye, sanitar uzellari kiradi.
Namoyish kompleksi tomosha zali (zallari) sahna (yoki estrada) bilan bir
butunlikni tashkil etadi, kino ko‘rsatish yoki konsertga xizmat ko‘rsatish binosiga ega. Binoning klub kompleksi leksiya-axborot ishlari, studiya va to‘garaklar, dam olish, ko‘ngil ochish, muloqot uchun binolarni hosil qiladi.
Klubning tomosha zali ko‘p maqsadli foydalanish uchun mo‘ ljallangan. U
tez va oson o‘zgartirilishi kerak. Bino poli bir sathda tekis bo‘ lishi zarur. Mebellar mobil yoki statsionar bo‘lishi ko‘zda tutilishi, lekin yengilgina ko‘chirish mumkin bo‘lmog‘ i lozim. Zalni tabiiy yoritilishi maqsadga muvofiq.
Klub ichki kengligi muloqot uchun qulay, ixcham va shinam bo‘ lishi zarur.
Individuallashtirilgan interyer klubda alohida xushkayfiyat bag‘ishlovchi muhitni yaratishga qaratilgan.
Klubdagi binolarda integrallashgan foydalanishga ularning o‘rnini bosadigan
binolar va maydonlar hisobiga erishiladi (ko‘ngil ochish, o‘yin, oqartuv va
boshqalar xonalari). Hatto har bir faoliyat turi uchun alohida material – texnika bazasi yaratish zarur bo‘ lsa ham ularning binolari to‘ liq foydalanishi kerak.
Shuningdek, bir maqsadga mo‘ljallangan aralash binolarni birlashtirish va ulardan boshqa faoliyat turi uchun (masalan, klubning ikki binosini birlashtirib teatr tomoshaxonasiga aylantirish) foydalanish mumkin.
Klublarning komplekslik darajasi turlicha va amalga oshirilayotgan faoliyat
turlarini integratsiyalash darajasiga, bino maydoni, egiluvchanlik darajasi va
ulardan foydalanishni ko‘p funksiyaligiga bog‘ liq. Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va turgan gap, uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik industriyaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
BTT (VTO) – Butunjahon turistik tashkiloti turizm maqsadlarida
qo‘llaniladigan transportni uch turga klassifikatsiyalaydi: quruqlikda
harakatlanuvchi, suv va havo transportlari. Quruqlikda harakatlanish vositalaridan turizm maqsadlarida ko‘proq avtomobil va temiryo‘l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi.
Avtomobil transporti turizmda keng foydalaniladi. Chunki u turistlarni
«Eshikdan eshikkacha» eltib qo‘yishni ta’minlaydi. Ushbu maqsadlarda muntazam yo‘ lovchi tashish uchun reys avtobuslari va nomuntazam – turistik korxonaning xususiy transporti va turistning shaxsiy transportdan foydaliniladi.
Temiryo‘l transporti o‘rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va
qulay sharoitda yetib borishlarini ta’minlaydi. Alohida hollarda temiryo‘ l
transportidan turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanish mumkin.
Suv transporti vositalari orasida suvosti (ekskursiya suvosti qayiqlari) va suv
usti (teploxodlar, sayohat kemalari, dengiz paromlari, sayr kemalari, yaxtalar,
katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta’minoti bilan bog‘ liq masalalar asosan dengiz va daryoda turistik maqsadlarda muntazam vanomuntazam yo‘ lovchi tashish misolida qarab chiqiladi.
Paromda kechib o‘tish va asosiy turistik sayohat turi – sayohat kemasi,
dengiz va daryo kemalari turistlarni belgilangan joyga yetkazib borishni maqsad qilib qo‘yadi. Boshqa suv transporti vositalaridan odatda, alohida dasturli «programmali» tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi (masalan, suvosti ekskursiyasi yoki qo‘shimcha xizmatlar (katerlarda sayohat).
Havo transporti vositalari tarkibi xilma-xildir: fuqaro aviatsiyasidan tortib,
to ekzotik hisoblangan havo sharlari, deltaplanlargacha. Turizmda havo
transportining qo‘llanilishi avvalo aviatsiyada yo‘ lovchi tashishdan foydalanish sifatida ko‘rib chiqiladi. U reysli va chtarterga klassifikatsiyalanadi, ya’ni buyurt malar asosida bajariladi. Havo transporti nisbatan juda qimmatligiga qaramay, bu yuqori tezligi, shinam va qulayligi bilan turistlarni olis masofalarga tashishda so‘zsiz yetakchi o‘rinni egallaydi.
Turizmda transport ta’minoti tizimi quyidagicha farqalanadi:
a) turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish:
turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yoki
yo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish;
b) transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport
vositasi taqdim etish;
d) tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish:
ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif buyurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish;
f) turistlar sayohatini ta’minlash uchun korxonaning transport vositalarini
tanlashga bir qator omilla bog‘liqdir: safarning maqsadli yo‘nalishida masofa
uzoqligi, sayohatchilar soni, transport vositasining sig‘ imi, safar dasturi, harakat xavfsizligi, transport vositasining safarbarligi va qulaylik darajasi
Xulosa
Turist-avvalo dam oluvchi bo‘ lib, unga ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’molchisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo‘ llari, shuningdek, temir yo‘llarga ham taa’luqlidir. Vokzal va poyezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarining barchasi - turiz m industriyasining tarkibiy bir qismi xolos. Nafaqat avtomobil yoki temir yo‘ llar, xatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo‘llar ham talab darajasida bo‘lmog‘i kerak.
Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va
muxandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‘lmasligi turizm sohasining yangi pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko‘raylik: issiqlik tarmog‘ i ishlamaydigan, elektr tarmog‘ i past, kanalizatsiya tarmog‘ i bo‘lmagan yoki ichimlik suvi talab darajada bo‘lmagan
mehmonxonalarda turistning bo‘ lishi, bular va boshqalar turizm sohasining
rivojlanishidagi kechiktirib bulmas va tezda xal qilinishi zarur bo‘ lgan muammolardir. Ayniqsa, olis, tog‘ li joylar, yo‘ l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. Hozir respublikamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shoh bekatlarning ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan darajada emas. Turist tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur tibbiy yordam beriladigan ob’ektlarning yo‘qligi, achchiq bo‘ lsa ham aytish kerak: turistlar xojatxonalari-yu boshqa karvonsaroylar qurilishi zamon talab darajasida emas.
Turizm industriyasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etis h
qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning yana bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishi turizm industriyasini qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir.
Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistlik xizmatlar turistlik markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo‘ lgan internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistlik agentliklarni tanlash, xattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham oldindan tayinlab qo‘yish mumkin. Turizm tashkilotchilari axborot xizmatidan keng ko‘lamda
foydalanadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi
ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to‘rt yulduzli», «besh yulduzli»toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida belgilaydi. Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qo‘yilgan talablar ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal baho belgilanadi.
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga
chiqishi bilan uzviy bog‘langan va turgan gap, uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik industriyaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T. : O‘zbekiston. 2012 y.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni. -T;. 1999 y.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekturizm” MKsining tashkil
topishi” to‘g‘risidagi PF-447 sonli farmoni. 27 iyulya 1992 yil. //Xalq
so‘zi.1992. 27 iyul.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turistik tashkilotlarning
faoliyatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi 346 sonli qarori. - Xalq so‘zi 9-avgust 1998 y
5. Karimov I. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil
harakat qilishimiz lozim. // Xalq so‘zi, 2006 y. 11-fevral.
6. Karimov I. Inson, uning huquqi va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 13 yilligiga bag‘ ishlangan tantanali marosimda
2005 yil 7 dekabrda so‘zlagan ma’ruzasi.
7. Karimov I. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T:.O‘zbekiston,
2005 -92 b.
8. Karimov I. “Biz tanlagan yo‘ l demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li”; “O‘zbekiston” 2003y -318b.
9. Aliyeva M.T., Salimova B.X.. «Mehmonxona menejmenti» Darslik T:
«Moliya» 2005. -275 b.
10. Kabushkin N. I.. Menedjment turizma. -M: “Novoy znaniye” 2005.644 s.
11. Medlik, Dictionary of Travel, Tourism and Hospitality. Printed and bound in Great Britain by Biddles Ltd -3rd ed, 2003. -256 b.
12. Brassington, F. and Pettit, S. Principles of Marketing. 2nded, Prentice-Hall,2002. -255 b.
13. Irmatov M.M. Aliyeva M.T. va boshqalar Turizmni rejalashtirish. Toshkent, 2005. -167 b.
14. Norchayev A.N. Ekoturizm. 2004 y. Maqola.
15. Aliyeva M.T Sayyohlar almashinuvi. 2003 y. Maqol a.
16. Qutlimurodov F. S. Turizm industriyasi. Toshkent 2007.
17. Tuxliyev I. S. Turizm asoslari. Samarqand 2010.
18. Amriddinova Mehmonxona servis tuzilmasi. Samarqand 2009.
19. Fayziyeva Sh. R. “O‘zbekistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy
mexanizmini takomillashtirish”. UzMU. Toshkent, 2006 y
20. Norchayev.A.N. “Xalkaro turizm rivojlantirishning iqtisodiy o‘sishga ta’siri” .
Nomzodlik dissertatsiyasi. TDIU 2004 y. 120 b.
21. Diyarov Sh. “Xalqaro turizmda marketing strategiyasi va reklamalar rolini
oshirish”. Magistrlik dissertatsiyasi. TDIU 2005 y. 76 b
22. Abdulqosimov X. «O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish muammolari va
istiqbollari”. Magistrlik dissertatsiyasi. TDIU 2005. -81 b
23. Qutlimurotov F.S. Turizmda kadrlar samaradorligini oshirish va boshqarish.
Respublika ilmiy-amaliy anjuman. Samarqand. 2002 y.
24. Iqtisodiyot va ta’lim.
25. Jamiyat va boshqaruv.
26. O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.
27. Osnovnie pokazateli razvitiya turizma v 2003 g. VTO. Madrid. 2004. 30 s.
28. Tourism: 2020 vision, Madrid, 1997, 21str.
Internet saytlari.
www.peugeotufa.ru
www.interunion.ru
www.world-touris m.org
www.tag-group.com
www.e-tours.ru
www.travel-library.com
Do'stlaringiz bilan baham: |