Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan
muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar
tizimi, shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qo‘shimchalar»idan
iborat. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush
sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va
boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini
kiritish.
Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil
etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning
asoschisi amerikalik antropolog E. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga
sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa
kiradi.
Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki,
servis sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar
bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib
boqadi.
Samarali
muloqot
uchun
odam
o‘zida kommunikativ omilkorlikni rivojlantirishi kerak, bu boshqa
odamlar bilan zarur aloqalarni o‘rnatish va quvvatlab turish qobiliyatidir.
Samarali kommunikatsiyaning belgilari: sheriklarning hamfikrligiga,
vaziyat va muloqot predmetini yaxshiroq tushunishga erishish. Salbiy
kommunikatsiya, kommunikativ to‘siqlarning sabablari quyidagilar
bo‘lishi mumkin:[1]
- stereotiplar – alohida shaxs yoki vaziyatga tegishli bo‘lgan
soddalashtirilgan fikrlar, natijada odamlar, vaziyatlar, muammolarning
ob’ektiv tahlili va anglashga erishilmaydi;
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib
shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur
etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim
E.Melibruda aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan
havodek ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi
sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Shuning uchun
odatda “muloqot” tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga
urg‘u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy
tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki
va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va
bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.
O‘zbek psixologiya fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin
muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa,
muloqot “ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi
xarakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan
o‘zaro ta’sir etishdir”- deb ta’kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik
lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: “Insonning boshqa
kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki
ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar,
tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”[1]. Demak, muloqot
ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini
qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar
almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.
Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida
odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar
o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga
yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi
(retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish
uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan
foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Agar
kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro
hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha
olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar)
zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan
taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi.
“Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash
lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida
axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar
almashinuvi, daraxtlardagi
irsiy belgilarning uzatilishi
, insonning turli-
tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi
kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina
amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan
muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga
aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni
egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida
atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov [2], L.A.Karpenko va boshqalar
muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy
tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda
muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda
harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish)
funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning
birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning
o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga
chiqadi.
1.
Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro
ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi.
2.
Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va
g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga
oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‘lsak, muloqot
shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi
faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-
birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi.
Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar –
odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini
qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-
atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat
sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul
qilgan, ma’qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda
turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning
o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga
chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan
ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish,
jazolash)ni o‘z ichiga oladi.
3.
Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini
idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida
bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi,
baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok
qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan
qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan
shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza
yuritishi, uni tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida
namoyon bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgandek, muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan
bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda,
axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va
boshqalardan iborat ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun
jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni
qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida
ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy axborot
asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik
qiladi. Insonlar muloqotining chuqur ijtimoiy determinatsiyasi hayot
faoliyati va umuman olganda, butun jamiyat rivojlanishi uchun axborot
almashinuvining o‘rni qanchalik muhimligidan dalolat beradi.
«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan.
«Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico so‘zlaridan
kelib chiqqan bo‘lib, bog‘layman, muloqot qilaman ma’nolarini
anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish,
o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va
ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Kommunikatsiya
muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin
qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib,
falsafa
va
sotsiologiya
ilmiy
adabiyotlarida
kommunikatsiya
tushunchasining yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lganini aytish mumkin.
Tasavvur hosil bo‘lishi uchun mazkur ta’riflardan faqat to‘rttasni keltirib
o‘tamiz:
1.
«Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning
axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari
o‘rtasida axborot almashinuvi».
2.
«Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning
emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni».
3.
«Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati
jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli».
4.
«Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida
axborot olish».
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’riflarda mazkur fenomenning ayrim
jihatlarigagina urg‘u berilgan. Shuning o‘zi kommunikatsiyaning
naqadar qamrovi keng va murakkab hodisa ekaniga ishoradir.
Kibernetika asoschisi Norbert Viner ta’kidlashicha: «Axborot
almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement» [3]. Ijtimoiy
kommunikatsiya – insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishishning
o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar
tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik sotsiolog Marshal
Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning
rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‘ra u insoniyat
rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan:
— og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ
muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan);
— yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini
kesib o‘tgan);
— nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning
oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar
chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi);
— multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda
kirishish).
M.Maklyuenning g‘oyasiga binoan, kommunikativ muhit madaniyat
xususiyatlarini belgilab beradi. Uning fikricha, zamonaviy madaniyat
mazmunan vizual, XIX asr oxiri XX asr boshi madaniyati esa asosan
yozma bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtda sotsiomadaniy
kommunikatsiya – bu umume’tirof qilingan tushunchalarda asoslangan,
kommuntatorlar o‘zaro munosabatlari mazmuni hamda ularning ijtimoiy
muhiti bilan shartlangan xabarlarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama
jarayon.
Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar
vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo,
kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot
almashinuvini o‘rganuvchi fanlarning vakillari –
kibernetiklar,
biologlar
, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini
“kommunikatsiya” deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida
amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton,
Maklyuen va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya»
atamasini ham qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya
nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, o‘zining predmeti,
kategoriyalar apparati, o‘z qonuni va tarixiga ega bo‘ldi. U falsafa,
sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik
iqtisodiyot va boshqa fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning natijalarini o‘zida
mujassam qilgan ilmiy bilimning kompleks sohasi hisoblanadi.
Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal
mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, uning
ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya
nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. Kommunikatsiyani amalga
oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo bo‘ladi.
Ular quyidagilar:
kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki
zarur;
kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi;
kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi.
Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham
«axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ
makon» kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber,
G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida
kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson
tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish [4] deb ataladi. Axborot
jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler, G.Maklyuen)
kommunikatsiyaga futurologik yondashadilar. Ushbu nazariyada
kommunikatsiya vositalari yagona rag‘batlantirish va ijtimoiy
rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi. Axborot bu holda
madaniyat va barcha madaniy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida
namoyon bo‘ladi. Kommunikatsiya – bu o‘ziga xos axborot almashinuvi
bo‘lib, uning natijasida jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va
emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ
jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel
kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya)
komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator –
xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega. Axborot almashinuvi
kommunikatsiyaning ham, muloqotning ham markaziy xususiyati
ekanligi tufayli bu kategoriyalarni tushuntirish, izohlash borasida, tabiiy
ravishda, xilma-xilliklar kelib chiqdi va bir qator yondashuvlar paydo
bo‘ldi. Birinchi yondashuv mazmunan ikki tushunchani ma’no jihatdan
aynanlashtirishdan iborat. Bu yondashuv yuzaga chiqishiga yetakchi
psixolog va faylasuflar L.C.Vigotskiy, V.N.Kurbatov, A.A.Leontevlar
katta hissa ko‘shgan. Qator qomusiy va izohli lug‘atlarda
«kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‘li, muloqot» deb talqin qilingan.
Ukrainalik tadqiqotchi, muloqot nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis
Yu.D.Prilyuk tarixiy-lingvistik tadqiqotlar asosida ushbu atamalarning
dastlabki va hozirgi ma’nolarini etimologik va semantik jihatdan bir-
biriga yaqin, shuning uchun «jamiyatda axborot almashinuvi»ni
bildiruvchi tushunchalar sifatida ular o‘zaro tengdir, degan to‘xtamga
keladi. Shunga o‘xshash fikrlarni T.Parsons va K.Cherri kabi etakchi
xorijiy olimlar ham bildirishgan. Ikkinchi yondashuv «kommunikatsiya»
va «muloqot» tushunchalarini farqlash bilan bog‘liq. Taniqli faylasuf
M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan
farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va ma’naviy axborot
almashinuvidir va u amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikatsiya
esa … u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot
jarayonidir»Ikkinchidan, ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan
tizimlarning aloqa xossalari bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi.
Kommunikatsiya subyekt-obyekt aloqasi bo‘lib, unda subyekt ma’lum
axborotni uzatadi, obyekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi sifatida
namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, tushunish, yaxshi
anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday
qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yo‘naltirilgan
jarayondir. Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bo‘lib, unda
«xabarlar jo‘natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar,
umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar
o‘rtasida harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan
farqli ravishda ikki tomonlama yo‘naltirilganlik xarakteriga ega
Yirik
psixolog
olim
G.M.Andreyevaning
fikricha,
muloqotni
kommunikatsiyaga qaraganda kengroq kategoriya
sifatida talqin etib
,
muloqot tuzilmasida uchta o‘zaro bog‘langan jihatlarni ajratishni taklif
qiladi. A.V.Sokolov muloqot kommunikativ faoliyatning shakllardan
biri, bu shakllar kommunikatsiyaga kirishayotgan sheriklarning
maqsadlariga qarab bir-biridan farqlanadi, deya mazkur fikrga qarshi
chiqadi. Yana bir yondashuv bo‘yicha muloqot jamiyatdagi barcha
axborot jarayonlarini qamrab olmaydi, degan fikrni ilgari suruvchi
olimlar guruhi mavjud. Vaholanki, axborot jarayonlari jamiyat
organizmini, barcha ijtimoiy tizimostilarni qamrab oladi va ijtimoiy
hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjud, shu bilan
birga, ular hamisha ham so‘z, nutq yoki matn shaklida bo‘lmasligi
mumkin. Aslida, verbal (so‘z) shaklidagi xabarlar jamiyatda axborot
almashinuvining kichik bir ulushini tashkil qiladi, qolgan vaziyatlarda
axborot almashinuvi tildan foydalanmasdan amalga oshiriladi hamda
axborot tashuvchilari sifatida noverbal signallar (mimika, intonatsiya,
harakatlar va h.k.), shu bilan birga, madaniyatning moddiy shakllari,
buyumlar xizmat qiladi. Madaniyatning moddiy shakllari axborotni ham
makon, ham zamon bo‘yicha uzatishga imkon beradi. Aynan shuning
uchun muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va
ta’minlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, ya’ni til (nutq
yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos axborot
almashinuvi jarayonlarini bildiradi
.
1.3
Muloqot jarayonidagi ziddiyatlarni bartaraf etish va
muloqotchanlik sifatlarini tarbiyalash.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini
ro`yobga chiqarish ko`p
jihatdan o`qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini
ta`kidlab o`tish lozim.
Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan
to`g`ri tanlangan, o`qituvchining
ma`naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq
keluvchi uslub quyidagi
vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |