D-trigger. Bu tipdagi triggerlarda faqat bitta axborot kirishi mavjud bo‘ladi. C kirishi boshqaruvchi va sinxronlashtiruvchi signalni uzatish uchun xizmat qiladi.
D-triggerning ishlashi 3.12a rasmda ko‘rsatilgan holatlar jadvali orqali aniqlanadi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, C=1 da trigger D kirishining aktiv darajasi orqali aniqlanadigan holatga o‘rnatiladi (C=0 da u oldin o‘rnatilgan holatni saqlaydi). Bunday ishlashi quyidagi mantiqiy ifoda orqali tavsiflanadi.
3.12c rasmda kirish qismlarida mantiqiy elementlari mavjud bo‘lgan asinxron RS – triggerdan tashkil topgan D-triggerning mantiqiy tuzilmalari keltirilgan. C=0 da VA (VA-YO‘Q) elementlarining chiqish qismida, asinxron RS – triggerlarining kirish qismi uchun passiv bo‘lgan darajalar hosil bo‘ladi. С = 1 da D axborot kirish qismiga uzatilgan daraja, yoki R (D=0 da) kirish qismida yoki asinxron RS – triggerining S (D=1da) kirish qismida aktiv darajani hosil qiladi va trigger D kirish qismining mantiqiy darajasiga mos keluvchi holatga o‘rnatiladi. Shunday qilib, D-trigger D-kirish qismidan C=1da axborotni qabul qiladi va C=0 bo‘lib turganda uni noma’lum vaqtga saqlab turishi mumkin. 3.12d rasmda D-triggerning shartli tasviri berilgan.
a) b)
c) d) 3.12-rasm
Т-trigger. 3.13-rasmda Т- triggerning mantiqiy tuzilmasi keltirilgan. Tning kirish qismiga kelib tushuvchi musbat impulsning frontida, 1 boshlovchi trigger 2 yetaklanuvchi triggerning holatiga qarama-qarshi bo‘lgan holatga o‘rnatiladi, kirish impulsining manfiy frontida 7 triggerning holatiga mos keluvchi 2 triggerga signal uzatilishi ro‘y beradi.
3.13-rasmda T- triggerning shartli tasviri berilgan
Sinxron T triggerning holat jadvali quyidagicha bo’ladi.
C
|
T
|
𝑄𝑡
|
𝑄𝑡+1
|
𝑄𝑡+1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
1
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
Triggerlarning sxemalari
XS
XC
1 – rasm.
1b – rasmda R – S triggerning sxemasi keltirilgan va uning ishlashi statik asinxron trigger deb ataluvchi triggerning ishlashiga mos keladi. Ingliz tilida Set – o‘rnatishni anglatuvchi so‘zning bosh xarfi bilan belgilangan S kirishiga kirish signali X1 = XS = 1 beriladi va shundan so‘ng triggerning to‘g‘ridan – to‘g‘ri chiqish qismida birlik signal Y = 1 paydo bo‘ladi (o‘rnatiladi), inversorli chiqish qismida esa hosil bo‘ladi. Ingliz tilida Reset – ag‘darishni anglatuvchi so‘zning bosh xarfi bilan belgilangan R kirishiga birlik signali X2 = XR berilganida triggerning Y chiqishida nol signal, ya’ni Y = 0 paydo bo‘ladi inversorli chiqish qismida esa hosil bo‘ladi.
Agar triggerning har ikkala kirishida signal bo‘lmasa, ya’ni XS = XR = 0 bo‘lsa, u holda trigger bundan oldingi holatini «esda saqlab» qoladi va bu uning asosiy xususiyatidir. XS = XR = 1 bo‘lishi taqiqlanadi, chunki bunday holatda triggerning chiqishidagi signallar noaniq holatga tushib qoladi.
«Statik» tushunchasi kirish signallari manbalari triggerning chiqishi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri kuchlanish bo‘yicha bog‘langan bo‘lishini va ularning qiymatlari darajasi ta’sirida bo‘lishini bildiradi. Agar triggerning kirshi signallar manbailari bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘lanmasdan, balki impuls transformatorlari, RC – zanjirlari va b. vositalar orqali bog‘langan bo‘lsa, u holda u kirish kuchlanishlari o‘zgarishi ta’sirida bo‘ladi va signallarning qiymatlari darajasi ta’sirida bo‘lmaydi. Bunday boshqariladigan triggerlar dinamik boshqariladigan triggerlar deb ataladi. Agar triggerning ishlashi kirish signalining 0 dan 1 gacha o‘zgarganda amalga oshsa, u holda triggerning kirishi bevositali deb ataladi va uning sxemasi 1v – rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Aks holda, triggerning ishlab ketishi kirish signalining 1 dan 0 gacha o‘zgarganida amalga oshsa, u holda triggerning kirishi inversiyali deb ataladi va uning sxemasi 1g – rasmdagi ko‘rinishdagidek tasvirlanadi.
«Asinxron» tushunchasi, vaqtning istalgan momentida kirish signallari majmuasi ta’sirida triggerning qayta ulanish rejimiga o‘tishini bildiradi. Agar triggerning qayta ulanish rejimida ishlashi vaqtning ma’lum momentlarida amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, u holda trigger qo‘shimcha yana bir kirish S bilan to‘ldiriladi va bu kirishga ma’lum chastota taktiga ega XS signali beriladi. XS = 0 bo‘lishi triggerning oldingi holatini saqlanganligini bildiradi va XS = 1 bo‘lishi esa triggerning qayta ulanish rejimiga ruxsat etilganini bildiradi. Sinxron R – S – triggerning shartli belgilanishi 1d – rasmda keltirilgan.
D – trigger sinxron triggerning turlaridan biridir.Uning kirishiga birgina signal XD signal beriladi. Bu trigger R – S – triggerning S kirishiga XD hamda R kirishiga inversion signal berish natijasida hosil qilinadi. D – triggerning shartli belgilanish
T – trigger faqatgina hisoblash kirishiga ega va u shu signal impulsi vositasida boshqariladi. Navbatdagi kirish signali impulsi berilishi bilan triggerning chiqishidagi signalning darajasi teskarisiga o‘zgaradi. Bunday triggerlar asosan impuls hisoblagichlar va impuls bo‘lgichlarni yaratishda qo‘llaniladi. T – triggerning shartli belgilanishi 3 – rasmda keltirilgan.
Ikki pog‘onali sinxron R – S – trigger ikki kirish va chiqish triggerlardan iborat bo‘lgani sababli ham uning funksional imkoniyatlari sezilarli darajada kattadir. Tashqi chorrahali bog‘lanishlardan foydalanilgan holda JK – triggerlar deb ataladigan universal triggerlarni hosil qilish mumkin va ular R – S – trigger, D – trigger va T – trigger rejimlarida ishlay oladi.
Raqamli qurilmalar o‘zining bajaradigan vazifalariga ko‘ra hisoblash, mantiqiy, eslab qolish, moslashtirish, vaqt, raqamli – uzluksiz o‘zgartkich, signallarni kiritish va qabul qilib olish, raqamli o‘lchov o‘zgartgichlari kabi qurilmalarga bo‘linadi. Endi bularning ichida eng ko‘p qo‘llaniladiganlarini ko‘rib chiqamiz.
Ketma – ket harakatlanuvchi jamlovchi hisoblagich to‘rtta ikki pog‘onali T – triggerdan iborat bo‘ladi (2a – rasm).
Birinchi triggerning ulanishi va o‘chirilishi (chiqish Y1) kirish signali Xkir ning orqa fronti bilan amalga oshiriladi (2b – rasm). Qolgan triggerlarning ulanishi va o‘chirilishi o‘zidan oldingi triggerning bevosita chiqish impulsi orqa fronti bilan amalga oshiriladi.
Triggerlarning Y1 – Y4 chiqish signalari to‘plami impulslar hisoblagichiga ikkilik sanoq tizimida berilayotgan impulslar soniga to‘g‘ri keladi. Triggerning tartib nomeri ikkilik sanoq tizimi sonining razryadini bildiradi. 2b – rasmdagi tavsifdan ko‘rinib turibdiki, hisoblagichning kirishiga 6 impuls berilgan bo‘lsa, u holda triggerlarning chiqishida Y4 = 0, Y3 = 1, Y2 = 1, Y1 = 0 cignallar hosil bo‘ladi, ya’ni impulslar soni m = (0110)2 = (110)2 = (6)10 ga teng bo‘ladi. Hisoblagichning sig‘imi N triggerlar soni n bilan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(N)10 = 24 – 1 = (15)10 = (1111)2.
t
2 – rasm. Hisoblagichning sxemasi (a) va ishlash diagrammasi (b)
Chastota bo‘lgich. 2a – rasmda keltirrilgan sxemani chastotani bo‘luvchi sifatida ham ishlatish mumkin. 2b – rasmdagi diagrammadan ham ko‘rinib turibdiki, har bir ketma – ketlikdagi triggerning chiqishidagi impulslar soni bir donaga va shu bilan bir qatorda ikki martaga kamayadi va bu esa impulslar chastotasining ikki marta kamayganligini bildiradi.
Hisoblagichda nol boshlang‘ich holatini o‘rnatish barcha triggerlarning R – kirishlariga birlik signal XR berilishi bilan amalga oshiriladi.
Reversiv hisoblagichlarda sonlarni qo‘shish va ayirish amallari bajarilsa, ayiruvchi hisoblagichlarda faqat ayirish amali bajariladi.
Jamlagichlar. Bu raqamli qurilmada ikki sonni qo‘shish amali bajariladi. Odatda jamlagichlar ikkilik sonlari jadvali bo‘yicha ishlaydigan bir razryadli jamlovchi sxemalar yig‘ilmasidan iborat bo‘ladi.
3 – rasm. Bir razryadli (a) va to‘rt razryadli jamlagich
3a – rasmda bir razryadli jamlagichning sxemasi keltirilgan. O‘zining tarkibiga ko‘ra bir razryadli jamlagich ikki bir razryadli a va b sonlarni ikkilik sanoq tizimi bo‘yicha quyidagicha qo‘shadi:
0 + 0 = 0, S = 0, P = 0,
0 + 1 = 1, S = 1, P = 0,
a + b =
1 + 0 = 1, S = 1, P = 0,
1 + 1 = 10, S = 0, P = 1.
Ikkita birni qo‘shishdan hosil bo‘lgan natija ikki razryadli ko‘rinishga ega bo‘ldi: S = 0 – o‘sha razryadli bo‘lgan holda, R = 1 – keyingi yuqoriroq razryadga ko‘chirilgan. Shunday qilib, ixtiyoriy i – razryadli qo‘shish amalini bajarish, oldingi razryaddan ko‘chirilgan natijalar ai, bi va Pi – uch qo‘shiluvchilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Misol tariqasida 3b – rasmda to‘rt razryadli jamlovchining sxemasi keltirilgan.
Jamlovchilarda ayirish amallarini ham bajarish mumkin. Bunday jamlovchilarda ayirish amali ayiriluvchiga razryad bo‘yicha kamayuvchi qo‘shimcha qo‘shish bilan almashtiriladi.
Komparator. Bu raqamli qurilmada ikki son An va Bn larni taqqoslash funksiyasi bajariladi. Taqqoslash natijasida quyidagi solishtirishlardan birining haqiqiyligi aniqlanadi: An = Bn; An > Bn; An < Bn va ularning har biri mos chiqishlarda birlik signal bilan qayd qilinadi.
Bir razryadli komparatorning ishlash asosini, ikki bir razryadli a va b sonlarni taqqoslash bo‘yicha quyidagi 1 – jadval orqali tushuntirish mumkin.
1 – jadval
a
|
b
|
Y1(a = b)
|
Y2(a > b)
|
Y3(a < b)
|
1
1
0
0
|
1
0
1
0
|
1
0
0
1
|
0
1
0
0
|
0
0
1
0
|
n – razryadli sonlarni taqqoslash ularning razryadlari bo‘yicha amalga oshiriladi, shundan so‘ng qo‘shimcha mantiqiy sxema yordamida yuqori razryadidan boshlab natijalar tahlil qilinadi.
Mantiqiy raqamli qurilmalar. Bu qurilmalarda diskret elektr signallar bilan turli mantiqiy amallar bajariladi. Bunday qurilmalarga impulslarni taqsimlovchilar, shifratorlar, deshifratorlar va multpleksorlar kiradi.
Impulslarni taqsimlovchi qurilma deb bir kanalli ketma– ketlikdagi impulslarni bir necha chiqishlarga taqsimlovchi qurilmaga aytiladi. Uning i – chiqishidagi birlik Yi signal, taqsimlovchining oldingi (i – 1) chiqishidagi Yi -1 signal o‘chganidan keyin paydo bo‘ladi, signal Yi esa kirish (taktli) impuls sifatida olinadi. To‘rtta D – trigerdan tashkil topgan impuls taqsimlagichning sxemasi 4a – rasmda keltirilgan.
Boshlang‘ich holatda birinchi triggerning chiqishida birlik signal Y1 = 1 bor deb faraz qilamiz. Birinchi kirish (taktli) signali XS ning berilishi (4 b – rasmga qarang) birinchi triggerning chiqishida signal yo‘qolishiga (Y1 = 0) va ikkinchi triggerning chiqishida signalning paydo bo‘lishiga olib keladi (Y2 = 0). Keyingi impuls berilganidan so‘ng Y2 signali nolga teng bo‘ladi, signal Y3 = 1 bo‘ladi va h.k. To‘rtinchi triggerning chiqishida signal paydo bo‘lganidan keyin bu signal teskari bog‘lanish zanjiri bo‘yicha birinchi triggerning kirishiga beriladi va sikl qaytariladi. Impuls taqsimlagichning har bir chiqishidagi Y1 – Y4 signallarning chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanadi
f = fT/ n, (1)
bu yerda n – taqsimlagich triggerlarining soni, fT – taktli impulslarning chastotasi.
Triggerlar.
Integral triggerlar odatda VA-YO‘Q, YOKI- YO‘Q mantiqiy elementlarda amalga oshiriladi. VA-YO‘Q, YOKI-YO‘Q mantiqiy elementlar orqali amalga oshiriladigan rostlik jadvallarini ko‘rib chiqamiz (3.7-jadval). Shu elementlarning har biri qandaydir mantiqiy daraja (man.0 yoki man.1) bilan tavsiflanadi, kirishlarning bittasida ularning mavjudligi chiqishdagi mantiqiy darajani (man.0 yoki man.1) to‘liq aniqlaydi
3.7-jadval
X1
|
X2
|
X1|X2
|
X1↓X2
|
0
|
0
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
0
|
Biroq, bunda elementning chiqishidagi mantiqiy daraja shu elementning boshqa kirishlaridagi hech qanday kombinatsiyasiga bog‘liq emas. VA-YO‘Q elementi uchun bunday mantiqiy daraja man.0, YOKI- YO‘Q elementi uchun man.1 bo‘ladi.
Haqiqatdan ham, VA-YO‘Q elementining kirishlaridan bittasida man.0 bo‘lsa, boshqa kirishlarning mantiqiy darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, shu elementning chiqishida man.1 hosil bo‘ladi; YOKI- YO‘Q elementlari kirishlarining birortasida man.1 bo‘lsa, elementning boshqa kirishlarining mantiqiy darajasidan qat’iy nazar chiqishda man.0 darajasini o‘rnatadi.
Elementning kirishlaridan birortasida mavjudligi, uning chiqishidagi mantiqiy darajani, boshqa kirishlardagi darajalardan qat’iy nazar, bir qiymatli aniqlaydigan mantiqiy daraja aktiv mantiqiy daraja deb ataladi. Shunday qilib, VA-YO‘Q elementlar uchun aktiv mantiqiy daraja –man.0, YOKI- YO‘Q elementi uchun –man.1 ga teng.
Element kirishlarining bittasida aktiv mantiqiy darajaning mavjudligi elementning chiqishidagi darajani aniqlar ekan (bunda elementning chiqish darajasi boshqa boshqa kirishlardagi darajalarga bog‘liq emas), elementning qolgan kirishlarida mantiqiy uzilish yuz beradi deb aytishimiz mumkin.
Aktiv darajalarga teskari bo‘lgan darajalarni passiv mantiqiy daraja deb ataymiz, VA-YO‘Q elementlar uchun passiv mantiqiy daraja – man.1, YOKI- YO‘Q elementi uchun – man.0 ga teng. Elementning kirishlaridan bittasidagi passiv mantiqiy darajada, elementning chiqishidagi daraja uning boshqa kirishlaridagi darajalar orqali aniqlanadi. Aktiv mantiqiy daraja va passiv mantiqiy darajalar tushunchasidan foydalanish VA-YO‘Q yoki YOKI-YO‘Q elementlariga qurilgan triggerlar ishining tahlilini osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |