Bajardi: Melikov Yashnar Tekshirdi: Xasanova Nigora Toshkent-2022 Reja: Kirish



Download 0,72 Mb.
bet1/4
Sana22.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#690646
  1   2   3   4
Bog'liq
makro 1-mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Mustaqil ish


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari tahlili. 

Bajardi: Melikov Yashnar
Tekshirdi: Xasanova Nigora
Toshkent-2022


Reja:

Kirish.

  1. Davlat byudjeti haqida

  2. Davlat byudjeti daromadlari

  3. Davlat byudjeti xarajatlari ijrosi

  4. Byudjet tashkilotlari mablag’larining sarflanishi

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar



Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil)
uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. D.b.
davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat
moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat
(yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy
daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet
(hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul
daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar
nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat
jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat
tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam
berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi
va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari
soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan
pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan
mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon
boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati
(potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy
hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning
daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi
yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim
mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi.
Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan
taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi.
Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning
muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar,
byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar)
yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda,
joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida
u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. D.b.ni huku-mat
tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan
tasdiqlanadi.
D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham
ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va
faoliyatiga qarab D.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari
xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan
mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy daromadni
taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi D.b.
mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat
ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan
qismi koʻpayadi.
Hoz. rivojlangan mamlakatlarda D.b.ning asosiy qismi soliqlar
(fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy
daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar,
korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.)
hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da AQShda soliq tushumlari
D.b.ning 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5%
ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar
orasida "da-romadlar darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga
layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar,
boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari
40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim oʻrinda
turadi.
Hoz. davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda D.b.
daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan
tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan
, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq
xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga
sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining D.b. respublika
D.b., Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi
D.b. 1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln.
soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun D.b. yil yakuni
(dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va
qabul qilingan D.b. qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga
joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng D.b.ning
shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga
oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan
Respublikasi D.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar
hisobiga olinmoqda.

1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%,


1997 y.da 2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8
mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq
tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy
sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish
jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak
ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining
maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan
holda, 1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining
birlashgan byudjetiga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar


oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi
daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda
D.b.ni shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1
yanvardan kuchga kirgan "Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni
(2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi.

Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish