2.2 YORUG`LIKNI IKKI MUXIT CHEGARASIDA SINISHI UCHUN FRENEL FORMULALARINI O`RGANISH
I. Ishning maqsadi
Sinish qonunlarini o`rganish;
Qutblangan yorug`likda sindirish koeffitsiyenti uchun Frenel’ qonunlarini miqdoriy jixatdan tekshirish.
II. Kerakli asbob va jixozlar:
Panjarali ko`zgusimon shisha 100x100x10 mm, stend sterjenida prizmali stol, galogen lampa 12 V, 50/100 Vt, galogen lampa 12 V/100 Vt, G6.35, tasvir siljitgich, transformator 2 chiq 12 V, 120 Vt, gulsapsarli diafragma, 2ta qutblanish filtri, gardishli linza , gardishli linza , quyosh elementi , elementlarni ulash uchun tirqish, raqamli milliampermetr, 2 ta kichik optik kursi, burchak shkalali sharnirli birikma, Leybold qisqichi, 2 ta simon taglik asos, katta, 2 ta ulash simlari 32 A, 100 sm qora, ulash simlari 19 A, 100 sm qizil/ko`k juft
III. Nazariy qism
1-Rasm.
Agar yorug`lik shisha sirtiga tushayotgan bo`lsa, tushish burchagi va qutblanish teksligiga qarab, u ko`proq yoki kamroq darajada sinadi. Agar biz yorug`lik elektromagnit to`lqin deb faraz qilsak va elektr maydon kuchlanganligi bilan magnit maydon kuchlanganligi uchun Maksvell tenglamalarini tuzib, Frenel tenglamalarini keltirib chiqarishimiz mumkin. Qaytgan to`lqinnning elektr vektori amplitudasi tushayotgan to`lqin elektr vektori amplitudasi orqali hisoblanishi mumkin. Shu sababli, biz ikki holatni farqlashimiz kerak (1-rasm)
Qutblanish yo`nalishlarini va amplitudalar belgilanishlarini tushuntirish; nuqtalar: Qutblanish chizma yuzasiga
perpendikulyar bo`lib, tushish teksligi bilan mos ekanligini ko`rsatadi, - tushayotgan to`lqin elektr maydoning vektori; - Tushish teksligiga paralel qutblanish; -Tushish teksligiga perpendikulyar qutblanish; -Qaytgan to`lqin elektr moydoning vektori; -tushish burchagi; –sinish burchagi;
a) Yorug`lik to`lqini tushish teksligida qutblangan (belgilashlar va ).
b) Yorug`lik to`lqini tushish teksligiga perpendikulyar qutblangan (shisha sirtiga paralel) (belgilashlar va );
Undan maydon amplitudalari nisbatlari uchun quyidagi tenglamalar qo`llaniladi.
yoki (2.5)
yoki (2.6)
(1) va (2) nisbatlarni – ba’zida ularning kvadratlarini – sindirish koeffitsiyentalari deb atashadi. Yorug`lik amplitudasini bevosita aniqlab bo`lmaydi. Ammo uning intensivligini vaqt birligidagi birlik yuzadagi energiya oqimi sifatida aniqlash mumkin, u esa amplitudaning kvadratiga proportsional.
Tajribada quyosh elementining unga tushayotgan yorug`lik intensivligiga proportsional bo`lgan qisqa tutashuv tokini ni o`lchaymiz. Bu maqsadda biz quyosh elementini kichik rezistor orqali qisqa tutashtiramiz va shu rezistordagi kuchlanish tushuvi ni o`lchaymiz. Agar tushayotgan yorug`lik intensivligi o`lchanayotgan kuchlanishga mos kelsa, biz qaytgan yorug`lik uchun kuchlanishni tushish burchagi bo`yicha o`lchasak, ildizdan chiqarish va ko`rsatkichlarni shakllantirish orqali amplitudalar nisbatini olishimiz mumkin.
(2.7)
(1) Gologen lampani tutgich (0 sm), (2) Issiqlikdan saqlovchi filtr tasvir siljitgich, (3) Tirqish (19 sm), (4) Polyaroid (22 sm), (5) Linza, (30 sm), (6) Prizma stoli bilan mantaj qilingan sharnirli brikma, (7) Linza (57 sm), (8) mantajdagi fotoelement (71 sm)
Do'stlaringiz bilan baham: |