Japan Digital University
JDU - yapon tili hamda IT muhandislik mahoratini mukammal o’rganib, Yaponiya universiteti va O’zbekiston davlat jahon tillari universitetini bitirganlik ma’lumotini qo’lga kiritish imkoniyatini beradi. Shuningdek, universitetni tamomlayotgan davrda talabani Yaponiyaning nufuzli kompaniyalari bilan ish faoliyatini tanishtirishgacha bo’lgan mas’uliyatini oluvchi ikki davlatdagi rasmiy universitet hisoblanadi. Universitetni tamomlab, Yaponiyada IT muhandis sifatida yuqori daromadli ishda faoliyat yuritib, u yerda erishilgan nou-xau hamda ushbu tajriba davomida orttirilgan ijtimoiy aloqalarni yo’lga qo’yib, O’zbekistonga qaytib faoliyat yuritadigan, muvaffaqiyatga erishiladigan hayotni bosib o’ta oladigan rejani taklif qiladi.
JDU - bu O'zbekiston Respublikasining quyidagi normativ-huquqiy hujjatlari asosida rasman tashkil qilingan nodavlat oliy ta'lim muassasasidir:
*O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4553-sonli qarori;
*O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi "Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish to'g'risida"gi 762-sonli qarori.
Universitetni tashkil etishda asosiy ko’zda tutilgan maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
Bu Toshkentda tashkil qilingan JDU kampusi (O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti hududi)dan turib, Yaponiya universitetida ta'lim olish imkoniyati yaratilgan universitetdir.
JDU kampusi Yaponiya bilan onlayn bog'langan bo'lib, Yaponiyadagi universitetning darslariga qatnashish mumkin. Bundan tashqari, JDU kampusida fasilitator rahbarligida o'tkaziladigan talabalar o'rtasidagi muhokamalar va taqdimotlarga asoslangan "output" o'rganish asosida, amaliy ko'nikmalar shakllantiriladi.
Bundan tashqari, yapon tili ta'limi, IT muhandisligi sertifikatlari va Yaponiyada ishlashga oid bilimlar kabi Yaponiyada ishlashda qo'l keladigan yuqori darajadagi mutaxassislik salohiyatlari o'zlashtiradi.
Shuningdek, o'qishni tamomlashdan oldin JDU vositachiligi yordamida Yaponiyaning nufuzli kompaniyalaridan biriga ishga kirish hal qilinadi va o'qish tamomlangach Yaponiyaga borib, IT muhandisi sifatida yuqori maoshli zamonaviy ish joylarida ishlash mumkin bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |