Bajardi Farxoxodov. F rahbar PhD. katta oqit. Sadiqova. M. M tasdiqladi dots. Haydarov A. A


II.2.Suyuq fazada radikal zanjirli xlorlash texnologiyasi



Download 173,63 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2022
Hajmi173,63 Kb.
#466272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bajardi Farxoxodov

II.2.Suyuq fazada radikal zanjirli xlorlash texnologiyasi

  • II.2.Suyuq fazada radikal zanjirli xlorlash texnologiyasi
  • Suyuq muhitda radikal-zanjirli xlorlash nisbatan past temperaturada olib boriladi (40-150°C) va har doim initsiator yoki aralashmani nurlatish talab qilinadi. Bu esa, termik xlorlashda ortiqcha iqtisodiy mablag’ sarf bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun, suyuq muhitda xlorlash usuli termik beqaror moddalar olishda, ya’ni HCI ni ajratuvchi moddalar sintezida o ‘zini oqlaydi (monoxlorparafinlar, polixloridlar S2 va undan yuqori). Suyuq muhitda xlorlash molekulaga ikkita, uchta va undan ortiq xlor atomini kiritishda qulay hisoblanadi. Bu usul bilan ko‘p moddalar olinadi.
  • Etanning polixlorli birikmalari. 1,1,2-trixloretan-Sl2SN-SN2Sl suyuq modda, tkayn=113,90S (1,2- dixloretandan olinadi, qo‘shimcha 1,1,2,2, va 1,1,1,2-tetraxloretan hosil bo‘ladi).
  • 1,1,1-trixloretan yoki metilxloroform SN3-SSl3 suyuq modda tkayn=74,10S (1,1–dixloretandan olinadi, qo‘shimcha 1,1,2-trixloretan va tetraxloretan hosil bo‘ladi). Ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi va yaxshi erituvchi hisoblanadi.
  • Pentaxloretan CCl3-CHCl2, suyuq modda, tkayn=186,80S (1,2- dixloretan yoki 1,1,2,2-tetraxloetanni xlorlab olinadi). Qimmatbaho erituvchi- tetraxloretilen SSl2=SSl2 olish uchun ishlatiladi.
  • Geksaxloretan CCl3-CCl3 kristal modda, (xloretanlarni xlorlab olinadi). Erituvchi: triftortrixlor etan-Sl2SF-CF2Cl va freon triftorxloretilen SClF=CF2 olish uchun ishlatiladi. Xlorparafinlar xar hil markalarda chiqariladi va turli sohalarda ishlatiladi. Xloparafin-13, tarkibida 12-14% xlor mavjud (kerosin yoki parafinli neftning (S12-S16) fraksiyasidan olinadi). Sirt faol moddalar sintezi uchun ishlatiladi.
  • Suyuq parafinlar (tarkibida 40 dan 49% xlor tutgan) plastifiqatorlar sifatida qo‘shiladi.
  • Qattiq parafinlar tarkibida 70-72% xlor bo‘ladi, plastmassa va kauchuklarga olovbardosh qo‘shimcha sifatida qo‘shiladi. Xlorli polimerlarga xlorkauchuk, xlorlangan polietilen, polipropilen va xlorlangan polivinilxlorid (xlor 70% gacha) kiradi. Polimerlar tarkibiga xlor kiritish bilan ularning elastikligi ko‘payadi, adgeziya xususiyatlari yaxshilanadi.

1-rasm. Suyuq fazada radikal-zanjirli xlorlash xloratorlari:
a) davriy ravishda ishlab issiqlikni tashqariga chiqarish bilan
sovutiladi;
b) ichki sovutish bilan uzluksiz ravishda ishlaydi;
v) uzluksiz ravishda ishlab bug‘latish hisobiga issiqlikni tashqariga
chiqaradi.
Eritmada polimerlarni xlorlash jarayonida, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan issiqlik erituvchini bug‘latish hisobiga tashqariga chiqarilishi mumkin, ya’ni bug‘latilgan erituvchi kondensatsiyalanadi va sovutgich yordamida yana reaktorga qaytariladi (1a-rasm).
Uzluksiz ravishda ishlaydigan reaktorlar barbotajli kolonnalardan iborat bo‘lib ichki sovutish moslamasi va qaytar kondensator bilan ulangan bo‘ladi (1b-rasm). Suyuqlik va gaz bir-biri tomon harakat qiladi.
Past temperaturada qaynovchi moddalarni 1,1 va 1,2-dixloretanlarni xlorlashda ajralayotgan issiqlikni tashqariga chiqarish uchun shu moddalarni CCl da bug‘latiladi. Bu xolatda ichki sovutish moslamasi kerak bo‘lmaydi, bu vazifani qaytar sovutgich bajaradi (1v-rasm).

Download 173,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish