DSPning lavozim majburiyatlariga
bet 3/6 Sana 31.12.2021 Hajmi 1,37 Mb. #254015
Bog'liq
Egamberdifayl 0055
DSPning lavozim majburiyatlariga
quyidagilar kiradi:
poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish; harakat xavfsizligini ta’minlash; belgilangan qoida va yo‘riqnoma talablariga muvofiq manyovr ishlari va poyezdlar harakat grafigini bajarilishini ta’minlash; marshrutlar tayyorlash (strelkalarni o‘tkazish, signallarni ochish va h.k.) yoki post xodimlariga marshrutlar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish; mavjud vaziyatni hisobga olgan holda poyezd harakati va manyovr ishlarini tashkil etish bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilish ;
6. o‘zi tomonidan berilgan ko‘rsatma va buyruqlarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish ;
7. vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va ularni tijorat ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan o‘zaro hamkorlik ;
8. poyezddan lokomotivni ajratgandan keyin tarkibni mahkamlashni nazorat qilish ;
9. stansiyaning smena ish rejasi , temir yo‘l transporti boshqarmasining poyezdlar harakati va manyovr ishlarini tashkil etish bo‘yicha buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalari, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalari bajarilishini ta’minlash;
10. poyezd dispetcherining poyezdlar harakatini tashkil etishga doir buyruqlarini bajarish ;
11. poyezdlar harakati to‘g‘risida qo‘shni stansiya navbatchilari va poyezd mashinistlari bilan muloqotlar olib borish ;
12. tashish jarayonida ishtirok etuvchi (DSP bo‘ysinuvida bo‘lgan) xodimlarni boshqarish ;
Do'stlaringiz bilan baham: