10. S i l i k a t l a r. Bu sinf minerallari kremniy va alyumin kremniy kislotalarining tuzi bo‘lib er po‘stida magmatik va metaformik jarayonlari bilan bog‘liqdir. SHuning uchun silikatlar sinfi minerallari bilan ko‘pchilik foydali qazilma xom ashyolari aloqador. Silikatlar sinfiga kiruvchi minerallar 800 ga yaqin bo‘lib, er po‘stining 70 % idan ortig‘ini tashkil etadi. Bu sinf minerallarining kimyoviy nurashidan hosil bo‘lgani kaolinit chinni olishda ishlatiladigan muhim xom ashyodir. - 10. S i l i k a t l a r. Bu sinf minerallari kremniy va alyumin kremniy kislotalarining tuzi bo‘lib er po‘stida magmatik va metaformik jarayonlari bilan bog‘liqdir. SHuning uchun silikatlar sinfi minerallari bilan ko‘pchilik foydali qazilma xom ashyolari aloqador. Silikatlar sinfiga kiruvchi minerallar 800 ga yaqin bo‘lib, er po‘stining 70 % idan ortig‘ini tashkil etadi. Bu sinf minerallarining kimyoviy nurashidan hosil bo‘lgani kaolinit chinni olishda ishlatiladigan muhim xom ashyodir.
Mineral va foydali qazilmalar - Grafit — S. Sof elementlar sinfiga kiradi. Qattiqligi-1. Solishtirma og‘irligi -2-2,4 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi po‘latga o‘xshash kulrang, qora. CHizig‘ining rangi kulrang-qora, yaltiroq, ulanish yuzasi yaxshi rivojlangan. Geksagonal singoniyali. Qog‘ozda chiziq qoldiradi, qo‘lga yuqadi. Kelib chiqishi er ostidagi ko‘mirning magma bilan tutashgan joyi — kontaktda, metamorfik tog‘ jinslar — gneys, slanetslar orasida, nordon, o‘rta nordon va asosli magmatik tog‘ jinslarda uchraydi. Ishlatilishi: grafit metallurgiyada yuqori sifatli uchta chidamli material sifatida, elektr sanoatida elektrodlarni tayyorlashda, grafitlarning yaxshi sorti qalam va qora buyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
M o l i b d e n i t — Mo S2 sulfidlar sinfga xos. Qattiqligi — 1-1,5. Solishtirma og‘irligi — 4,8—5 g/sm3, metallsimon yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang. CHizig‘iniig rangi och yashil, ulashish yuzasi yaxshi ko‘rinadi. Geksagonal singoniyali. Grafitga o‘xshash qog‘ozda chiziq qoldiradi. YUqa varaqlari egiluvchan. Kelib chiqishi: nordon magmatik jinslar paydo bo‘layotganda har xil yuqori haroratda eritmalardan kvars bilan birga hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, ba’zi jinslar bilan kontaktlarda ham uchraydi - M o l i b d e n i t — Mo S2 sulfidlar sinfga xos. Qattiqligi — 1-1,5. Solishtirma og‘irligi — 4,8—5 g/sm3, metallsimon yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang. CHizig‘iniig rangi och yashil, ulashish yuzasi yaxshi ko‘rinadi. Geksagonal singoniyali. Grafitga o‘xshash qog‘ozda chiziq qoldiradi. YUqa varaqlari egiluvchan. Kelib chiqishi: nordon magmatik jinslar paydo bo‘layotganda har xil yuqori haroratda eritmalardan kvars bilan birga hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, ba’zi jinslar bilan kontaktlarda ham uchraydi
- Antimonit — surma yaltirog‘i Sb2S3, sulfidlar sinfiga xos, qattiqligi— 2,5. Solishtirma og‘irligi — 4,6 g/sm3. Metallsimon, yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang, po‘latsimon kulrang, chizig‘ining rangi qo‘rg‘oshinsimon kulrang. Ulanishi o‘ta mukammal, murt mineral. Nitrat kislotada eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra issiq suv eritmalari (gidrotermal) sharoitlarda hosil bo‘ladi. Rudali tomirlarda va cho‘kindi jinslar orasida uchraydi. Antimonit muhim surma xom ashyosidir (meditsina, tuqimachilik, shisha, fotografiya, rangdor, chidamli metall olishda ishlatiladi).
Foydalanilgan adabiyotlar 1.A.Ya. Nikolayev. Biologik kimiyo. Toshkent. Ibn Sino nomidagi nashriyot. 1991. 2.Nazarov Sh.N., Aminov Z.A. Analitik ximiya. — Т., « 0 ‘qituvchi», 1984. 352-b. E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |