Qaraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instuti Zooinjinariya fakulteti Veterinariya meditsinasi yo’nalishi 1-kurs talabasi Baxiev Nurpolatning Analitik fizokolloid va gidrokimyo fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Bajardi:Baxieov. N
Qabul qildi:Omarova.S
Mavzu:Minerallar klassifikatsiyasi
Reja
1.Minerallarning turlari va xillari
2.Minerallarning klassifikatsiyasi
3.Mineral foydali qazilmalar
Minerallarning turlari va xillari.
Tabiiy kimyoviy birikmalarni sistemaga (ma’lum tartibga) solishda mineral turlari asosiy klassifikatsiyalash birligi bo‘lib qoladi. Mineral turlari o‘ziga xos muayyan kimyoviy tarkibga va muayyan kristall strukturasiga ega bo‘ladi.
SHu nuqtai nazardan qaraganda ma’lum bir kristallangan moddaning polimorf moddifikatsiyalari alohida-alohida mustaqil mineral turlaridan iborat (grafit va olmos, α-oltingugurt va β-oltingugurt va boshqalar).
Ikki izostrukturali (bir xil strukturali) moddalar bir-biri bilan aralashib qattiq eritmalar uzluksiz qatorini (masalan, Au-Aq, MnWO4 — Fe WO4 va boshqalar) hosil qilgan hollarda fizik-kimyoviy nuqtai nazardan qaraganimizda bitta fazaga ega bo‘lamiz. SHunga qaramay, mineralogiya amaliyotida ko‘p hollarda izomorf qatorning faqat chekka a’zolarinigina emas, balki tarkibiga ko‘ra o‘rtada joylashganlarini ham alohida-alohida nomlar bilan atashga odatlanganmiz (masalan: oltin-elektrum-kumush; gyubnerit-volframit-ferberit; albit-oligoklaz-andezin-labrador-bitovnit-anortit).

Mineral xillari deb aytilganda kristall tuzilishi bir xil yoki bir-birga juda ham yaqin, faqat quyidagi belgilari bilan qisman farq qiladigan birikmalar tushuniladi: