O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
AKTSIM fakulteti MAP002- guruhi talabasi Ahmadjonov Ibrohimjonning Boshqaruv tamoyillari fanidan bajargan
1-TOPSHIRIG’I
Bajardi: Ahmadjonov Ibrohimjon
Tekshirdi: Shaislamova Muazzamxon
Toshkent 2022.
REJA:
“O‟zbektelekom” AK Namangan filialining tavsifi, tashkiliy tuzilmasi.
“O‟zbektelekom” AK Namangan filiali strategik xaritasi va uni rivojlantirish.
“O‟zbektelekom” AK Namangan filialining tavsifi, tashkiliy tuzilmasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi ―O‘zbektelekom‖AK ning xususiylashtirishga tayyorlash choratadbirlari to‘g‘risida‖gi 488-son qaroriga asosan ―O‘zbektelekom‖ aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etilgan. Namangan filiali ―O‘zbektelekom‖ AKning tarkibiy filiali hisoblanadi.
Namangan filiali barcha yuridik va jismoniy shaxslarga mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi, Internet va mobil aloqa, interaktiv televideniya, IR-telefoniya, videotelefoniya, telegraf, kanallar ijarasi va boshqa turdagi barcha telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.
Filial tarkibida 7 ta bo‘lim, 8 ta xizmat, 2 ta gurux, 2 ta uchastkasi, 1 ta markaz, 12 ta shahar va tuman telekommunikatsiya bog‘lamalari mavjud: Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish bo‘limi, Buxgalteriya, Iqtisodiyot va prognozlashtirish bo‘limi, Kadrlar bo‘limi, Kapital qurilish bo‘limi, Ma‘lumotlar uzatish tarmog‘ini boshqarish bo‘limi, Keng polosali xizmatlarga joylarga chiqib xizmat ko‘rsatish guruhi, Nazorat va elektron xujjat almashinuvi xizmati, Standartlashtirish va sifat menejmenti xizmati, Xizmatlarni sotish, marketing va tariflar bo‘limi, ―Billing markazi‖ xizmati, "Call Center" xizmati, Telekommunikatsiya xizmatlari foydalanuvchilari bilan hisobkitob qilish guruhi, Texnik qo‘llab quvvatlash va yangi texnikani testdan o‘tkazish xizmati, Dispetcherlik xizmati, Ekspluatatsiya va xo‘jalik ishlari xizmati, Moddiytexnika ta‘minoti uchastkasi, Avtotransport uchastkasi va hokazo.
Jami xodim 808 nafar, shu jumladan:
- Ma‘muriy boshqaruv personali – 36
- Ishlab chiqarish personali – 758
-Texnik personal–5
- Xizmatchi personali – 9.
Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ida umumiy sig‘imi 135,0 mingdan ortiq raqamga ega bo‘lgan 170 ga yaqin telefon stantsiyalari mavjud. Namangan viloyati bo‘yicha raqamlashtirish darajasi — 86,0 tashkil qiladi.
“O‟zbektelekom” AK Namangan filiali strategik xaritasi va uni rivojlantirish. Strategik xarita - bu tashkilotni tashkil qilish yoki boshqarishga qaratilgan asosiy strategik maqsadlarni hujjatlashtirishda foydalaniladigan diagramma. Ushbu turdagi dastlabki diagramalar 1990-yillarda paydo bo'lgan va ushbu turdagi diagrammani ishlatish fikri birinchi bo'lib 1996-yilda R. Kaplan va D. Norton. Xaritadagi maqsadlar bir-biriga yo'naltirilgan sabab ta'sir munosabatlari bilan bog'liq. Shu bilan birgalikda siz bir maqsadning boshqasiga qanday ta'sir qilishini kuzatishingiz mumkin. Bir maqsadga erishish, unga bog'liq bo'lgan maqsadga erishishga qanday ta'sir qiladi? Strategik xaritalar tashkilotning rivojlanish yo'lini rasmiylashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |