Sariq arilar (Polistes) - pardakanotlilar oilasiga mansub hasharotlar urugʻi. Oila boʻlib yashaydi, in quradi. Oilasi inga asos solgan urgochisi, bir qancha erkak va koʻp sonli ishchilardan iborat. Ishchilari ona aridan faqat bir oz kichikroq boʻlishi bilan farq qiladi. Ishchilari orasida in qoʻriqchilari, in quruvchilari, qurtlarini boquvchilari va oziq yigʻuvchilari boʻladi. Lekin Sariq arilar oilasida mehnat taqsimoti qatiy boʻlmaydi. Inlari juda koʻp katakchalardan iborat, koʻp qavatli boʻladi. Sariq arilar inni jagʻlari yordamida maydalab, soʻlak bilan aralashtirilgan yogʻoch tolasidan tayyorlangan krgʻozdan quradi. Sariq arilar oilasi qishda halok boʻladi, faqat urgʻochilari qishlab qoladi. Erta bahorda urgʻochi Sariq arilar yakka oʻzi yoki baʼzan bir nechtasi birgalikda bir necha uyadan iborat in quradi. Har bir uyaga ona ari bittadan tuxum qoʻyadi. Qovogʻarilar - haqiqiy arilar oilasiga mansub urugʻ. Eng yirik (40 mm gacha boʻlgan) arilarni oʻz ichiga oladi. 20 ga yaqin turi Jan.-Sharqiy Osiyoda koʻp uchraydi. Oʻzbekiston hududida bir necha turi bor; ayniqsa, sharq qovogʻarisi keng tarqalgan. Daraxtlar kovagi, devorlar yorigʻiga uya quradi. Qurtlarini qogʻoz kataklarda boqadi; har xil hasharotlar, jumladan, asalarilar bilan oziqlanadi. Asalarilarni yeyishi bilan birmuncha zarar yetkazadi. Odamni chaqqanida ogʻriydi. Qovogʻarilar - haqiqiy arilar oilasiga mansub urugʻ. Eng yirik (40 mm gacha boʻlgan) arilarni oʻz ichiga oladi. 20 ga yaqin turi Jan.-Sharqiy Osiyoda koʻp uchraydi. Oʻzbekiston hududida bir necha turi bor; ayniqsa, sharq qovogʻarisi keng tarqalgan. Daraxtlar kovagi, devorlar yorigʻiga uya quradi. Qurtlarini qogʻoz kataklarda boqadi; har xil hasharotlar, jumladan, asalarilar bilan oziqlanadi. Asalarilarni yeyishi bilan birmuncha zarar yetkazadi. Odamni chaqqanida ogʻriydi. Yaydoqchilar — pardaqanotlilar turkumiga mansub nashtarsiz tekinxoʻr hasharotlar oilasi. 60 mingdan ortiq turi maʼlum. Yaydoqchilarning qurtlari boshqa hasharotlar tanasida yoki tuxumida parazitlik qilib yashaydi. Yaydoqchilarning qorni uchida uzun tuxum qoʻygichi boʻladi. Tabiatda oʻtlar ustida pastlab uchib yurgan yirik yaydoqchilarni koʻp uchratish mumkin. Yaydoqchilar tuxum qoʻygichi yordamida hasharotlar qurti terisini teshib, uning tanasiga tuxum qoʻyadi. Tuxum qoʻyadigan urgʻochi yaydoqchi qurtni minib olganga oʻxshaydi. Shuning uchun bu hasharotlar yaydoqchilar deb ataladi. Tuxumlardan chiqqan yaydoqchi qurtchalari kapalak qurti tanasi toʻqimalarini yeb oʻsadiva asta sekin uni halok qiladi. Bir qancha yaydoqchilardan zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash olib borish maqasadida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |