Fan. Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi



Download 0,67 Mb.
Sana15.01.2022
Hajmi0,67 Mb.
#366014
Bog'liq
Презентация

Fan. SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH METODIKASI

Mavzu: FUTBOLCHILARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIGI


Mavzu : Futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi

Reja:


Kirish

1.Yosh Futbolchilarni tayyorgarlik davrida maxsus jismoniytayyorgarliklarini

oshirish

2.Yosh futbolchilarni futbol bo’limiga qabul qilishda tanlash usuliyoti

3.Yosh Futbolchilarni texnik va taktik tayyorgarlikni ahamiyati

4.Yosh futbolchilarni tayyorlashda texnik va taktik tayyorgarligini oshirishda

harakatlari o‘yinlardan foydalanish usullari

5. Yosh futbolchilarning maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda

harakatlari o‘yinlarni qo’llash

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar
  • KIRISH
  • O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, millatning o’zini
  • anglashi va milliy tiklanish jarayonida madaniyatning barcha jabhalari, ilm – fan va
  • ta’lim sohalarida yangicha siyosatini olib borish, jumladan o’sib kelayotgan yosh
  • avlodning jismoniy tarbiya muammosini kun tartibiga qo’yish uchun qulay
  • imkoniyatlar yuzaga keladi.(1)
  • Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “.....biz ijtimoiy – iqtisodiy
  • islohatlarning ulkan dasturini kim amalga oshirishiga befarq qarolmaymiz. Jamiyat
  • Respublika kelajagining quruvchilari jismoniy rivojlangan, ma’nan boy va axloqan
  • pok bo’lishidan nihoyatda manfaatdordir”
  • Kishilarni sihat salomatligini muhofaza etish va mustahkamlash g’oyat muhim ish
  • bo’lib hisoblanadi. Buni amalga oshirishda davlatimiz rahbari I.A.Karimov
  • g’amxo’rlik qilib kelmoqda. Jumladan, 1999 yil 27 may 271 son «O’zbekiston
  • Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari
  • to’g’risida»gi qarori, 2002 yil 24 oktyabrdagi «Bolalar sportini rivojlantirish
  • jamg’armasini tuzish to’g’risida» gi farmoni, bundan tashqari uch bo’g’inli sport
  • tizimi – «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalarini
  • joriy etilishi bunga yorqin misoldir. Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi
  • Prezidentining “2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini
  • yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar
  • to’g’risida”gi 2011 yil 19-yanvar PK-1466-sonli qarorini qabul qilinishi futbolimizni
  • yanada rivojlanishiga o’zini xissasini qo’shadi deb o’ylaymiz. (1,3)Bizning
  • mamlakatimizda inson shaxs sifatida, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va
  • oliy boyligi sifatida taraqqiyotning eng muhim xom ashyosi hisoblanadi. O’zbekiston
  • Respublikasida yosh avlodni har tomonlama uyg’un rivojlantirish yo’lida aniq
  • maqsadli ishlar olib borilishi, bir qator me’yoriy hujjatlar shundan dalolat beradi.
  • Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tashabbusi
  • bilan «Sag’lom avlod uchun» davlat dasturi ishlab chiqildi. Vazirlar mahkamasining
  • «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora –
  • Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni, Bolalar sportini
  • rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish, futbol va boshqa sport turlarini
  • rivojlantirish to’g’risidagi Prezident Farmonlarining qabul qilinishi buning yorqin
  • dalilidir. (3)
  • Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarni oldini olish, aholi
  • keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan, muntazam
  • shug’ullanishga jalb etish, shuningdek insonni jismoniy kamolotga etkazish, bugungi
  • kunning eng dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda.
  • Yosh Futbolchilarni tayyorgarlik davrida maxsus jismoniy tayyorgarliklarini oshirish
  • Futbolchilarning yillik trenirovka tsiklidagi nagruzkalari hajmi va jadalligi – doimiy
  • miqdor bo’lmay, notekis o’zgarib turadi. Futbolchilardagi sport nagruzkalari
  • hajmining o’zgarishi egri chizig’i mashg’ulot va musobaqalar sonining o’zgarishi,
  • ularning doimiyligi ma’lumotlariga qarab kuzatiladi, sport nagruzkalarining jadalligi
  • egri chizig’i esa nagruzkalar miqdori (katta, o’rtacha, kichik) bo’yicha
  • kuzatiladi.(6,10,14)
  • Bu ma’lumotlarni tahlil qilish futbolchilar trenirovkasining nagruzkalarni
  • taqsimlashning printsipial sxemalarini to’zishga imkon beradi. Yillik tsiklning
  • boshida nagruzkalar hajmi asta-syokin oshiriladi, keyin esa jadallashadi, shundan
  • so’ng borgan sari kamayib boradi. Mashg’ulotlar boshlang’ich nagruzkalar jadallashi
  • to’xtamay oshib boradi va bu deyarli butun yillik tsikl mobaynida davom etadi
  • hamda faqat musobaqa davrining yakunlovchi fazasidagina keskin kamayadi.(14,15)
  • Musobaqa davrining ikkinchi yarmi boshlanishi bilan mashg’ulotlar jadalligi o’zining
  • eng yuqori nuqtasiga etadi.
  • 1.Yosh Futbolchilarni tayyorgarlik davrida maxsus jismoniytayyorgarliklarini
  • oshirish
  • Futbolchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklaridagi o’zgarishlarni
  • aniqlash uchun kontrol sinovlar, testlar va meditsina ko’riklari uchun rejalashtirilib
  • bo’lingandan keyin, qolgan kunlar turlicha davom etadigan va turli jadallikda
  • o’tkaziladigan mashg’ulotlar uchun taqsimlanadi.
  • Jadalligiga ko’ra mashq taqsimlanadi.
  • Jadalligiga ko’ra mashg’ulotlar katta, o’rtacha va kichik nagruzkali mashg’ulotlarga
  • bo’linadi. Mashg’ulotlarni biror bir jadallik darajasida o’tkazishda quyidagilarga,
  • ya’ni: mashg’ulotlarning xarakteri va davomiyligi;
  • mashqlar oralig’idagi dam olish intervallarining davomiyligi va uning xarakteriga;
  • V) oldingi mashg’ulotlar va musobaqalardan keyingi mashg’ulot va dam olishning
  • davomiyligiga;
  • G) futbolchilarning shaxsiy xususiyatlariga;
  • tevarak-atrofdagi muhit sharoitlariga;
  • mashg’ulotlarning maqsadi va me’yoriga;
  • J) mashq bajargandan keyin tiklanish jarayonini qancha davom etishiga amal
  • qilinadi.
  • Zamonaviy futbol sportchilarning jismoniy sifatlariga, sog’lig’iga ruhiyatiga turli va
  • yuqori talablar qo’yadi. Yosh futbolchilarni tanlashda ularning umumiy va mahsus
  • qobilyatiga ahamiyat beriladi. Tahnik tayyorgarlik darajasiga, ya’ni “o’ynashni
  • bilishiga” eng kam e’tibor qaratiladi. Bu mezon yosh futbolchining musobaqa
  • tayyorgarligini hisobga olmaydi.
  • Tadqiqotlarnning ko’rsatishicha, shunday bolalar borki, futbol bo’limiga kirganda
  • tehnik va o’yin ko’rsatkichlari unchalik baland darajada bo’lmaydi, lekin jismoniy va
  • psihologik omillari yuqori darajada bo’lganligi sababli, ularning tehnik

taktik mahorati tez o’sadi.

Birinchi tanlovda qo’llash mumkin bo’lgan kompleks ko’rsatkichlar mavjud. Bunga

oltita test ko’rsatkichlari kiradi.

Muhimi, ko’pincha tug’ma hisiblangan yugurish tezligi. Tezkorlik sifatlarini

baholash uchun 30 metrga yugurish tavsiya qilinadi.

Qobilyatni rivojlantirishda tezkorlik-kuch imkoniyatlari katta ro’l o’ynaydi. Buni

yugurib kelib, ikki oyoqda depsingan holda yuqoriga sakrashning balandligi orqali

baholash mumkin.

Muhim sifatlardan biri bu epchillikdir. Uning 12-13 yoshdan keyin rivojlanishi

qiyin bo’ladi. Tanlashda umumiy va mahsus epchillikni hisobga olish kerak.

mahsus koordinatsiya dribbling orqali baholanadi (5 ta doirani aldab o’tish)

eng muhim ruhuy sifatlardan biri o’yinni idrok eta bilish va mo’ljalga olishdir.

tanlashning ohirgi bosqich ko’rsatkichi bu – “o’yin shiddati va jangovorlik sifati”.

Shunday qilib, birinchi bosqichda 6 ta test va ko’rsatkichlar o’yin paytida baholanadi.

Bu tanlash dasturi 30-50 ta boladan kirish imtihonlarini qabul qilishga mo’ljallangan.

Buning uchun tanlash jarayonini yahshi tashkil qilish kerak. Nazorat sinovlarini 4 ta

stansiyaga bo’lib qabul qilish lozim. Birinchi stansiyada 30 metrga yugurish qabul

qilinadi. Ikkinchisida – yuqoriga sakrash. Uchinchi stansiyada umumiy epchillik

baholanadi. To’rtinchisida to’p olib o’tishda diqqatni taqsimlash qobilyati

  • baholanadi. O’yinni idrok etish (yoki fikrlash) ikki taraflama mini futbol o’yinini
  • jarayonida aniqlanadi.
  • Yosh futbolchilarning yiqqan ballari soni aniqlanib, ularning bahosi quyidagi
  • baholash meyorlari jadvali orqali keltiriladi.
  • Qabul imtihonlari natijalari tahlil qilinganidan song baholar e’lon qilinadi. Ijobiy
  • baholarga erishgan bolalardan guruh tanlab olinadi. Ko’rsatkichlari yuqoriroq bo’lib,
  • ammo sinovdan o’ta olmagan futbolchilar nomzodlar guruhiga olinishi mumkin.
  • Ularga uy vazifasi yarim yilga yoki bir yilga beriladi, so’ngra ular qayta
  • ko’rikdan o’tishlari mumkin. Shuning bilan birinchi bosqich yakunlanadi.
  • Ikkinchi bosqichda yosh futbolchilarni tanlab olish uslubiyati.
  • Tanlashning ikkinchi bosqichida yosh futbolchilar ichidan iqtidorlilari tanlab olinadi.
  • Bu maqsadni amalgam oshirish uchun birinchi bosqichdagi testlar ijobiy samara
  • bermaydi. Tahlil shuni ko’rsatdiki, qobilyat rivojlanishini baholash uchun birmuncha
  • boshqacharoq doira ko’rsatkichlaridan foydalanish lozim.
  • to’pga oyoq bilan uzoq masofaga zarba berish – 3 marta eng yahshi natija hisobga
  • olinadi.
  • tahnika uchun test. Burchakdan jarima maydonining markazigacha to’pni olib yurib,
  • bir-biridan 3 m uzoqlikda joylashgan to’siqlarni “aldab” o’tib, darvozaga zarba
  • berish. Chap va o’ng burchakdan ikkitadan imkoniyat beriladi. To’p darvozaga
  • kirishi lozim. Eng yahshi natija hisobga olinadi.
  • mahsus koordinatsiya uchun test. Top bilan doiralarni kam vaqt sarflab “aldab”
  • o’tish. Ikki imkoniyatdan yahshiroq natija olinadi.
  • Futbolchilarni tanlashda tehnik va taktik tayyorgarlikni ahamiyati.
  • Yosh, kelajagi porloq futbolchilarni tayyorlash kamayib ketganligini sabablaridan
  • biri BO’SM, mahsus sinflar va tayyorgarlik guruhlari rahbarlari tomonidan
  • bolalarning iqtisosli ravishda futbol bilan shug’ullanish uchun tanlab olinayotganligi
  • hamda tanlash uslubiyatida bilishning sayozligidir.
  • Yuqori sport natijasiga hamma ham erishavermaydi. O’zbek va chet elda yuqori
  • natijalarga erishgan futbolchilar biografiyasi bilan tanishsak (Pele, Maradona,
  • G.Krasnitskiy, A. Abduraimov, M.An, V.Ffyodrov, M.Qosimov) shuni bilamizki,
  • ular yoshlik davrida o’z tengdoshlaridan o’z qobilyatlari bilan ajiralib turishgan.
  • Futbolchilarni tanlash oquv-mashg’ulot jarayonining muhim va uzviy qismidir,
  • chunki u sport tayyorgarligining asosiy vazifasini hal etishga – yuqori sport
  • natijalariga erishishga yordam beradi.

Futbolda tanlash faqat natijalarning ancha yuqori darajada bo’lishiga emas, balki

shug’ullanuvchilarning bir hil tarkibda bo’lishini ham ta’minlaydi, bu esa o’qitish

o’rgatish natijalariga ijobiy ta’sir etadi. Tanlashga yetarlicha baho bermaslik yoki

uning uslublarini mukammal bo’lmasligi, odatda tuzatib bo;lmaydigan zarar keltiradi.

Ko’pchilik bolalarning bolalar – o’smirlar sport maktablarini tashlab ketishi (bu

o’qitishning turli bosqichlarida sodir bo’ladi) bunga misol bo’la oladi.

Sportchilarni tanlashdagi malakasizlikning asosiy sababi-sportchining o’qishda,

mashg’ulot va musobaqada o’sishiga sabab bo’ladigan shahsiy sifat va hususiyatlar

kompleksi haqidagi bilimning yetarli emaskigi.

Sport faoliyati qanchalik murakkab bo’lsa, sportchi psihologik va harakat

funksiyalarining zaruruy kompleksini tashkil etuvchi variantlar shunchalik ko’p

bo’ladi. Shu nuqtai nazardan futbol alohida o’rin egallaydi, chunki bu sport turidagi

muvoffaqiyat bevosita sheriklarning birgalikda harakat qilish (o’ynash) sistemasiga

bog’liq. Bunda shqhsning turki hil sifatlari va hislatlari ustun bo’lgan kishilar

ayniqsa yaqqol ajiralib turadilar. Shuning uchun futbolda tanlash masalasi birinchi

navbatda, bolalar shahsini va ularning butun sifatlari hamda hislatlarini o’rganish

bilan bog’liq.

2.Yosh futbolchilarni futbol bo’limiga qabul qilishda tanlash usuliyoti

Tanlash tomonlari

Tanlashning uch tomoni: mezoni, uslubiyati va tashkil etilishi farqlanadi.


  • Shahsning tanlash vaqtida o’lchanadigan yoki tekshiriladigan sifatlari va hislatlari
  • mezon deyiladi. Masalan, sportchi harakatining tezligi futbolda tanlashning muhim
  • mezonidir.
  • Oz navbatida mezon uch turga: qobilyat nishonalari, istedod va qobilyatga bolinadi.
  • Qobilyat nishonalari bu tug’ma va hayotning dastlabki yillarida egallangan anatomic
  • va fizialogik hususiyatlaridir. Masalan, gavdaning, ayniqsa mushak yoki yurak qon-
  • tomir tizimining bazi nisbatlari futboldagi bo’lajak muvaffaqiyatlar uchun qobilyat
  • nishonalari bo’lib hizmat qilishi mumkin.
  • Istedod shahsning sifat va hislatlari kompleksidan iborat bo’lib, sportda katta yoki
  • kichik muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati shunga bog’liqdir. Tanlashda istedod
  • asosiy mezon hisoblanadi. Tehnika va taktika mahorati emas, balki mahoratni
  • muvaffaqiyatli egallab olishni ta’minlaydigan sifatlar istedod tushunchasiga kiradi..
  • bu sifatlar harakat harakterida ( masalan, harakterlar tezligi yoki koordinatsiyasi)
  • yoki intelektual tarzda (masalan, tez fikr yurutish) bo’lishi mumkin.
  • Qobilyat istadoddan farqli o’laroq, harakat va operatsiyalar usullaridan, ya’ni
  • ko’nikma va malakalardan iborat bo’ladi. Biroq qobilyatning asosini ko’nikma va
  • malakalar tashkil etmaydi, balki bu ko’nikmalarni yo’lga solib turuvchi jarayonlar
  • tashkil etildi. Futbolga yangi kelganlarda uncha qobilyat bo’lmaydi.
  • Shug’ullanuvchilar asosiy tehnik-taktik usliblarni egallab, muayyan tayyorgarlik
  • bosqichiga yetganliklaridagina, ularning qobilyatini baholash mumkin. Yuqori
  • mahoratli jamoaga o’yinchilar qabul qilinar ekan, asosiy mason qilib aynan
  • sportchining qobilyati olinadi.
  • Mezonlarni o’lchash uchun qo’llanadigan usul yoki moslamalar uslubiyatlar deyiladi.
  • Tanlash amaliyotida ekspert uslubiyati, apparaturali uslubiyat va tastli
  • uslubiyatlardan foydalaniladi.
  • Ekspert uslubiyatlar mutahhasislarning (murabbiyning o’zi ham mutahhasis bo’lishi
  • mumkin) bo’lajak o’yinchining istedod darajasi haqidagi funksiyalariga asoslangan
  • bo’ladi. Agar ko’pchilik mutahhasislarda shunday fikr bo’lsa, uning ishonchliligi
  • ancha yuqori bo’ladi.
  • Apparaturali uslubiyatlar baholarning aniqligi bilan afzallikka ega. Biroq bu
  • baholarga qarab istedodlilik darajasi haqida umumiy ta’surot hosil qilib bo’lmaydi.
  • Ayrim sifatlar hali istedodni harakterlamaydi. Ular birlashishi va o’ziga hos
  • birikishda namoyon bo’lishi kerak.
  • Turli sifatlarni birikib kelishini hisobga olib tuziladigan testlar (sinov) tanlashning
  • eng samarali uslublaridir. Ko’rsatkichlarning bilvositaligiga qaramay, testlar bir qator
  • muhim afzallikka ega. Bu afzalliklarning asosiysi – futbol o’yiniga istedodlilikning
  • test modelini yaratishning mumkinligidir.
  • Uslubiyatlardan maqsadga muvofiqroq foydalanishga qaratolgan tadbirlar kompleksi
  • tanlashning tashkil etilishi deb ataladi.
  • Shunday qilib, nomzodlad guruhidan bo’lajak o’yin faoliyatida yuqori va barqaror
  • natijalarga erishishi mumkin bo’lganlarni (sgularga erishish ehtimoli ko’proq bo’lgan
  • bolalar) tanlab olishga qaratilgan tashkiliy uslubiy tadbirlar kompleksini yosh
  • futbolchilarni tanlash deb atash mumkin.
  • Tanlashga doir ishlarni tashkil etish
  • 3.Futbolchilarni tanlashda texnik va taktik tayyorgarlikni ahamiyati
  • Bolalar o’rtasida futbol o’yini keng tarqalgan. Jumladan bolalar-o’smirlar sport
  • maktablarining futbol bo’limlari barcha hohlovchilarbi qabul qilishga qodir emasligi
  • ham shu bilan izohlanadi. Chunki bu maktablarning asosiy vazifasi – tanlab olingan
  • bolalar kontenenti bilan ishlab, yuksak mahoratli o’yinchilar tayyorlashdan iboratdir.
  • Tabiiy tanlash o’rinbosarlar (rezerv) tayyorlash muammosini hal qilmaydi. Bu holda
  • qobilyatsiz bolalar bilan bir qatorda, qobilyatli, ya’ni, odatda, mahsus
  • sifatlar bo’yicha yetarlicha tayyorlanmagan, lekin yuqori potensial (imkoniyat) larga
  • ega bo’lgan bolalar ham futbol maktabini tashlab ketadi.
  • Ko’pgina murabbiylar eng qobilyatli bolalarni tanlab olish uchun turli mezonlardan
  • foydalanadilar, biroq bu mezonlar ko’pgina holatlarda bir tomonlama yoki subyektiv
  • holatlarda bo’ladi shu bilan birga, tanlash ishi umuman stihiyali ravishda olib boriladi
  • yoki ko’pncha, murabbiylar bolalarning nazorat oyinlarida ko’rsatadigan va avvalda
  • qaror topgan tehnik-taktik malaka va ko’nikmalariga qarab ish yurutadilar.
  • Bolalarning tezlik kuch sifatlari va harakatlar koordinatsiyasi, tez fikrlashi, irodaviy
  • sifatlarining yuqori darajadagi, shuningdek yangi materialni tez ozlashtirib olishiga
  • asoslangan imkoniyatlari hisobga olinmaydi.
  • Yosh futbolchilarni tanlash ishi boshidan ohirigacha yahshi tashkil etilgan bo’lishi
  • kerak. Dastlab bolalarni jalb qilish va ularning sport maktablariga ommaviy ravishda
  • kelishini ta’minlash choralarini ko’rish lozim. Eng avvalo, nomzodlarni yaqin orada
  • joylashgan turar joy va maktandan tanlash maqsadga muvofiqdir, shunday
  • qilinganda, ko’p yillik tayyorlash jarayonini tashkil etish va tekshirib turish oson
  • bo’ladi. Hoxlovchilarni qabul boshlanishidan ancha oldin bu haqda habardor qilish
  • kerak. Biroq faqat gazetada e’lon qilish yoki radio orqali ahborot berish zarur samara
  • bermaydi. Murabbiylarning maktablarga kelishi va tanlash ishi boshlanishidan 4-5
  • kun oldin bolalarni habardor qilishi eng yahshi vositadir. Bolalar kirish imtihonlariga
  • maktab vrachidan o’z salomatliklari haqida ma’lumotnoma olib kelishlari kerak.
  • Tanlash ishi boshlanishiga qadar qabul komissiyasini tashkil etish va invertarlarni,
  • mashg’ulot joylarini, nazorat sinov “stsnsiya”larini puhta tayyorlab qo’yish,
  • shuningdek, natijalarni qayd qilish uchun bayonnomalar tuzish zarur.
  • Yugurish. Futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To’pni
  • boshqarayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib
  • oladilar. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida to’pni boshqarish
  • texnikasiga ham kiradi.Futbolda yugurishning quyidagi priyomlari qo’llaniladi: oddiy
  • yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam
  • tashlab yugurish.Oddiy yugurishdan asosan to’g’ri borayotgan o’yinchilar bo’sh
  • joyga chiqish, raqibni quvish va hokazolarda foydalanadi. Harakat sistemasi ham (bir
  • oyoqqa tayanish va havoda uchish fazalariga bo’linishi) tuzilishi ham yengil atletika
  • yugurishdan farq qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi,
  • chastotasi va ritmidagina farqi bor, xolos.Yugurish qadamining uzunligi sprinterlarda
  • 2-2,2 m ga teng bo’lsa, katta yoshli futbolchilarda o’rtacha 1,3-1,5 m ga teng.
  • Qadamlar chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Futbolchilarda
  • chastota sal ortiqroq, sekundiga 5,1-5,5 qadam bo’ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi
  • qisqaroq bo’lgani sababli tez to’xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi.T i s a
  • r i l i b yu g u r i sh d a n asosan to’pni olib qo’yishda va to’sib olishda
  • qatnashayotgan himoyadagi o’yinchilar foydalanadi. Yugurishning bu turi ham siklik
  • (qo’shaloq qadamli) bo’ladi. Qisqa–qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda
  • uchish fazasininig qariyb yuqligi unga xos xususiyatdir.
  • Buning sababi siltanish oyog’i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan
  • ekanidadir.O’yin sharoiti ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib
  • qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadigan bo’lib, bu
  • ko’proq oyoqninig orqaga aktiv harakat qilishiga bog’liq.Tisarilib yugurayotganda
  • o’yinchi ba’zan muvozanatni yo’qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan
  • paytda gavdaning ogirliq markazi o’qi tayanch yuzasining tepasida turishi
  • o’yinchining holati turg’un bo’lishi shartlaridan biridir.Ch a l i sh t i r m a q a d a m t
  • a sh l a b yu g u r i sh d a n harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan
  • o’ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U
  • harakatlanishning spetsifik vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga
  • qo’shib qo’llaniladi.Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro
  • etiladigan yugurish qadamlari bilan harakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida
  • (qo’shaloq qadamda) siltanuvchi oyoqni oldiga chalishtirib o’tkaziladi. Yugurish
  • paytda havoda uchish fazasi juda qisqa.J u f t l a m a q a d a m t a sh l a b yu g u r i sh
  • d a n taktik jihatdan kerakli holatga o’tishda (masalan, o’yinchi oldini to’sib olishda)
  • foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq
  • o’yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli priyomlari sifatida ijro
  • etiladi.Juftlama qadam tashlab yugurish oyoklarni sal bukib bajariladi. Birinchi
  • qadamni harakat yo’nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi.
  • Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo’r berish
  • yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo’naltiriladi.
  • Sakrash. To’xtash va burilish priyomlarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan
  • foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to’pni oyoqda, ko’krakda,
  • kalla bilan to’xtatib qolish va ba’zi fintlar texnikasining tarkibiy qismiga kiradi.
  • O’yinda oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda
  • sakraladi. O’yindagi vaziyat ko’pincha maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi.
  • Bunda sakrashning samaradorligi futbolchining koordinatsion qobiliyati bilan
  • belgilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristkalari
  • optimal bo’lgan harakatlar qilish kerak bo’ladiBarcha xil sakrashlarda depsinish,
  • havoda uchish va yerga tushish fazalari bo’ladi.Sakrashning ikki xil priyomi bor: bir
  • oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.B i r o yo q d a d e p s i n i
  • b s a k r a sh oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda aktiv
  • depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomonga
  • o’tkaziladi. Sakrashning trayektoriyasi va kuchi o’yindagi vaziyatga bog’liq. Bir
  • oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi.
  • Qisqa masofali, qattiq amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq
  • o’tish imkonini beradi. Og’irlik markazi o’qining proyeksiyasi tayanch yuzasining
  • chegarasida yoki undan tashqarida bo’lishi ham shunga yordam beradi.Sakrab to’pga
  • kalla urayotganda ko’pincha maksimal baland ko’tarilish kerak bo’ladi. Bunda
  • yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan
  • burchak hosil qilib) qo’yish yordam beradi. Sal cho’nqaygandan keyin yuqoriga yoki
  • yuqorilab-oldinga tomon aktiv depsinish kerak bo’ladi, bunda qo’llarni ko’krak
  • baravar silkitib ko’tarish depsinishning samarasini oshiradi.I k k i o yo q d a d ye p s i
  • n i b s a k r a sh. Bunday usul bilan oldinga, oldinlab-yon tomonga va oraliq
  • yo’nalishlarida sakraladi.Turgan joydan sakraganda o’yinchi depsinish oldidan tezda
  • salgina cho’nqayadi. Oyoqlarini aktiv to’g’rilash bilan birga gavda og’irlik
  • markazining o’qi sakrash tomoniga o’tkaziladi va qo’llar silkitiladi. Yugurib kelib
  • sakrayotganda so’nggi qadamda bir oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib qo’yiladi.
  • Cho’nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi.
  • Depsinish havoda uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi
  • bo’ladi.To’xtash. Harakatlanish texnikasida to’xtashga harakat yo’nalishini
  • o’zgartirishning samarali vositasi deb qoraladi.
  • To’satdan to’xtab qolganda, raqiblarning qayerda, joylashganiga qarab turib to’p
  • bilan ham, to’psiz ham o’sha ketayotgan tomonning o’ziga yoki qarshi tomonga
  • otilib ketiladi, o’ngga yoki chapga qochib qolinadi.To’xtashda ikki xil priyom
  • qo’llaniladi: sakrab to’xtash va tashlanib to’xtash.S a k r a b t o’ x t a sh uchun sal
  • yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda yerga tushiladi – bunda turg’unlik bo’lsin
  • uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo ko’pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi.T a sh l a n
  • i b t o’ x t a sh so’nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni
  • oldinga uzatib, tovonga tiralinadi-da, keyin oyoqni rostmana yerga qo’yiladi.
  • Tashlanib to’xtash oyoqlarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan
  • harakterlanadi.
  • Barcha xil to’xtashlardan keyin, odatda, turli yo’nalishlarda harakat davom
  • ettiriladi. Shuning uchun to’xtashdagi so’nggi holat keyingi harakatning start holati
  • bo’lishi kerak.Burilish. Burilish yordamida futbolchilar tezlikni
  • minimal kamaytirib, yugurish yo’nalishini o’zgartiradilar. Odatda turgan joyda
  • burilgandan keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish,
  • to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi
  • tarkibiga kiradi.Burilishning quyidagi priyomlaridan foydalaniladi: hatlab
  • o’tib burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O’yin sharoitiga qarab yon
  • tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida
  • ham ijro etilaveradi.H a t l a b o’ t i b b u r i l g a n d a qisqa-qisqa 2-3 qadam
  • tashlash hisobiga kerakli yo’nalishga qarab olinadi.Harakat yo’nalishini to’satdan va
  • tez o’zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga aktiv
  • depsinib bajariladi. Silkinch oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash

unchalik baland bo’lmasa ham to’la-to’kis bajariladi.T a ya n ch o yo q d a b u r i l i

sh n i n g ikki turi bor. Birinchisida burilish yo’nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayanib

burilinadi.

Bunda futbolchi gavda og’irlik markazi o’qining proyeksiyasini tayanch satx

chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi. Ikkinchisida

harakat yo’nalishiga yaqin oyoqqa tayanib burilinadi, gavda og’irlik markazining

o’qi burilish tomonga ko’chadi. O’tkaziladigan oyoqni ham shu yo’nalishda tayanch

oyoqning old tomoniga chalishtirib qo’yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq

uchida bajariladi.

Maydon o’yinchisining texnikasi

Maydon o’yinchisining texnikasi ikkita kichik bo’limdan iborat. Bulardan biri

harakatlanish texnikasi bo’lsa, ikkinchisi to’pni boshqarish texnikasidir.

Maydon o’yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil

priyomlari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar.

To’pni boshqarish texnikasiga quyidagi priyomlar guruhi kiradi: zarba berish,

to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to’pni olib qo’yish.

Bundan tashqari, qo’lda bajariladigan spetsifik priyom-yon chiziqning nariyog’idan

to’pni tashlab berish ham to’pni boshqarish texnikasiga kiradi.

O’yin vaqtida qaysi priyom qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o’yindagi

funksiyalariga bog’liq. Priyomlarning ijro etish sifati esa maydon o’yinchilarining

hammasida yuksak darajada bo’lishi kerak.

To’pga zarba berish

To’pga zarba berish futbol o’ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To’pga oyoq

bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi. Zarba berishning klassifikatsiyasi


  • oyoqni yerga quyish paytida sonni olg’a tomon aktiv bukishdan boshlanadi. Bunda
  • son bilan bukilgan boldir orasida hosil bo’lgan burchak saqlanib turadi. Boldir bilan
  • oyoq kaftining son harakatidan orqaroqda qolishi butun oyoqning og’irlik markazini
  • tos-son bo’g’imi tomon yaqinlashtiradi, bu esa oyoqning aylanish tezligini oshirishga
  • olib keladi. Zarba berish oldidan son sal tormozlanadi («Chxaidze paradoksi»).
  • Bunga oyoqning massasi kichikroq qismi (boldir va oyoq kafti qismi) tezligini
  • oshirish uchun unga kattaroq massali bo’g’indagi harakat miqdorini (mv) asta-sekin
  • o’tkazib berish kerakligi sabab. To’pga boldir bilan oyoq kaftini shiddatli qilichdek
  • harakatlantirib zarba beriladi.
  • Zarba berish paytida oyoqning to’piq bilan tizza bo’g’imini qotirib tutish kerak.
  • Zarba beruvchi oyoqning «qattiq richagga» aylanishi zarba beruvchi bo’g’im
  • massasini ko’paytirish imkonini beradi.
  • Zarba paytidagi o’zaro ta’sir boshlanishida oyoqning to’pga tekkan joyi to’pning
  • shaklini o’zgartiradi – deformatsiyalaydi. Oyoq bilan to’pning birgalikda surilish
  • tezligi nolga tenglashguncha to’p qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to’p shaklini
  • tiklaydi-da, to’pning tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi. Bu tezlik zarba
  • berayotgan oyoqning zarba boshidagi tezligidan sal kamroq bo’ladi. Energiyaning bir
  • qismi sarflangandan qolgan deformatsiyaga va qizitishga ketadi.
  • Futbol to’pining elastik deformatsiyasi anchagina. Deformatsiya fazalari bilan
  • shaklning tiklanishi 0,008-0,013 sekundga yaqin davom etadi. Oyoq to’pga tegib
  • turgan vaqtni mumkin qadar uzoqroq davom ettirish kerak, chunki to’pning uchish
  • tezligi berilgan kuch (F) bilan shu kuch ta’siri qancha vaqt (t) davom etganiga
  • bog’liq. Shunday qilib ishchi fazasi surib borish degan faoliyat bilan tugaydi. Bunda
  • zarba beruvchi oyoq to’p bilan birga harakat qilib boradi. Surib borish kattaroq kuch
  • impulsi (Ft) hosil qilish imkonini beradi va o’z navbatida bu to’pning uchish tezligini
  • oshiradi. Bundan tashqari to’pning harakat yo’nalishi ham ko’p jihatdan surib borish
  • yo’nalishi bilan belgilanadi.
  • Yakunlovchi faza-keyingi harakatni boshlash dastlabki holatga o’tish. Zarba
  • berilgandan keyin oyoq yuqorilab olg’a tomon harakatda davom etadi. Zarba paytida
  • tayanch satxi ustida bo’lgan gavda og’irlik markazi o’qi oyoq harakati tomonga
  • ko’chadi.
  • Shu tariqa keyingi harakatlar uchun eng yaxshi sharoit vujudga keladi.
  • Oyoq bilan to’p tepishning ko’p usullariga bu singari harakat strukturasi xosdir.
  • Yuqorida bayon etilgan talablarga qat’iy rioya qilish turli usullarda anchagina kuch
  • bilan to’p tepish imkonini beradi. Biroq taktik mulohazalar ko’pincha harakat
  • fazalarini bajarish vaqtini qisqartirish, amplituda va muskullar kuchayishini
  • kamaytirishini taqozo etadi. Bundan tashqari, to’p tepishning bir qancha usullari
  • texnikasida ba’zi spetsifik xususiyatlar ham bor.
  • To’pga oyoq bilan zarba berishning asosiy usullari ikki xil bajariladi: to’g’ri zarba
  • berish, burama zarba berish.
  • To’g’ri zarba berganda zarba impulsining yo’nalishi to’pning og’irlik markazi
  • o’qidan yoki bevosita uning yaqinidan o’tadi. Burama zarba berish uchun esa
  • zarbaning yo’nalishi to’p og’irlik markazi o’qida anchagina chetdan o’tishi kerak.
  • Amalda yuqorida ko’rsatilgan hamma usullar to’g’ri zarba berish mumkin. Faqat
  • oyoq yuzining tashqi qismi bilan shunday zarba berish sal noqulayroq. Burama zarba
  • berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki qismi va ayniqsa tashqi
  • qismi bilan eng samarali bajariladi.
  • To’g’ri zarba berilganda to’pning uchish trayektoriyasi kuchning qo’yilish joyiga
  • bog’liq. Zarbaning qo’yilish joyi gorizontal tekislik bo’ylab to’pning o’rta qismiga
  • to’g’ri kelsa, to’p to’g’riga pastlab uchib boradi.
  • Zarba joyi vertikal o’qqa nisbatan o’zgarsa, to’pning uchib chiiish amizuti o’zgaradi
  • (gorizontal tekislikda o’ngga yoki chapga suriladi).
  • Agar kuchning qo’yilish joyi gorizontal o’qdan pastroqqa to’g’ri kelsa, unda to’pning
  • uchib chiqish burchagi o’zgaradi. Zarba sirtining vertikal va gorizantal o’q atrofida
  • burilishi azimutning ham uchib chiqish burchagining ham (yuqorilab o’ngga,
  • yuqorilab chapga) o’zgarishiga sabab bo’ladi.
  • To’pning uchish trayektoriyasi burama zarba berilganda anchagina o’zgaradi.
  • Zarbaning yo’nalishi to’pning og’irlik markazi o’qidan o’tmaydi. Bu hol to’pni
  • anchagina aylantirib yuboradi. To’p gorizontal o’q atrofida (tagidan tepilganda),
  • veritikal o’q atrofida (pastiga burama tepganda) va qiya o’q atrofida (yuqorisiga
  • burama tepganda) aylanishi mumkin.
  • Qattiq aylanib uchayotgan to’p havo qarshiligiga uchrab, boshlangich
  • trayektoriyasini o’zgartiradi (Magnus effekti). Masalan, to’p vertikal o’q atrofida
  • aylanib borayotgan bo’lsa, uchish trayektoriyasi aylanish tomoniga og’adi.
  • Qattiq aylanayotgan to’p yerdan sapchib qaytganda uning keyingi uchish yo’nalishi
  • o’zgaradi. Trayektoriya to’p aylanayotgan tomonga qiyshayadi.
  • To’pning uchish xususiyatlarini bilish futbolchi harakatining ishonchliligini oshiradi.
  • Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepish asosan qisqa va o’rta masofaga to’p
  • uzatishda, shuningdek mo’ljalga yaqin masofadan tepilayotganda qo’llaniladi.
  • Shunday zarba berish texnikasining ba’zi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Yugurish
  • boshlanadigan joy, to’p va mo’ljal (nishon) taxminan bir chiziqda bo’ladi. Zarba
  • beruvchi oyoqni orqaga tortish so’nggi yugurish qadamidagi ortki depsinish hisobiga
  • bajariladi. Tepish harakati sonni oldinga bukish bilan bir vaqtda zarba beruvchi
  • oyoqni tashqari tomon burishdan (supinatsiyadan) boshlanadi. Zarba berish paytida
  • taranglangan oyoqning uchi tashqari tomon burilgan, uning kafti esa to’p uchadigan
  • yo’nalishga nisbatan aniq to’g’ri burchak hosil qilgan bo’lishi kerak. Oyoq uchi sal
  • ko’tarilgan bo’ladi. Zarba berish oyoq kafti ichki sathining o’rtasi bilan ijro etiladi.
  • Oyoqning zarba berish vaqtidagi holati surib borish vaqtida ham saqlanib qoladi.
  • Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepilganda to’pga oyoqning kattaroq sathi tekkani
  • uchun bunday tepish anchagina aniq bo’ladi. Biroq zarba beruvchi oyoqning orqaga
  • tortilishi maksimal darajaga yetmagani sababli, bu uslda berilgan zarbaning kuchi
  • boshqa usullardagiga nisbatan kamroq bo’ladi. Bu esa tos son suyagi boshini bo’g’in
  • chuqurchasiga siqib, sonning zarba berish harakati uchun zarur bulgan
  • supinatsiyasini yuq qilib qo’yishi bilan bog’liq.
  • Oyoq yuzining ichki qismi bilan tepish «o’rtacha» va «uzun» uzatishlarda,
  • darvozaning uzunasiga «o’qdek» berishlar va hamma masofalardan nishonga tepish
  • paytlarida qo’llaniladi.
  • Mazkur tepishni bajarishda to’p va nishonga nisbatan 450
  • hosil qilib yugurib kelinadi.
  • Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xususiy chetlanishlar 300
  • dan 600
  • gacha bo’lishi
  • mumkin. Bunda zarba beruvchi oyog’ining orqaga tortilishi maksimal darajaga yaqin
  • bo’ladi. Tizzasi sal bukilgan tayanch oyoq kaftining tashqi qismi (oyoq tagining
  • tashqi cheti) yerga qo’yiladi. Gavda tayanch oyoq tomonga sal engashadi. Tepish
  • harakati sonni bukishdan boshlanib, boldirni keskin yozib yuborish bilan tugaydi.
  • Oyoq uchi pastga cho’zilgan, oyoq tarang bo’ladi. Zarba paytida to’p bilan tizza
  • bo’g’imini birlashtirib turuvchi shartli o’q frontal tekislikda og’ibroq turadi. Ana shu
  • shart, shuningdek zarbani to’pning o’rta qismiga berish natijasida to’p past
  • trayektoriya bo’ylab uchadi.
  • Oyoq yuzining o’rta qismi bilan tepishni bajarish texnikasi ko’p jihatdan oyoq
  • yuzining ichki qismi bilan tepishga o’xshaydi, lekin uni bajarish detallari bir oz farq
  • qiladi.
  • Yugurib kelish chizig’i, to’p va nishon taxminan bir chiziqda bo’ladi. Oyoqni orqaga
  • tortish ham, zarba berish harakati ham qat’iyan sagittal tekislikda (oldinga-orqaga
  • yo’nalishida) bajariladi. Tayanch oyoqning tovoni to’pning yon tomoniga qo’yiladi –
  • bunda oyoq bilan to’p baravarlashadi. Tepish harakati davomida to’p tayanch oyoq
  • kafti tovonidan yumalab uchiga ko’tariladi. To’p bilan tizza bug’imini birlashtirib
  • turuvchi shartli o’q zarba paytida qat’iyan vertikal bo’ladi. Bu holat surib borish
  • vaqtida saqlanib qoladi.
  • To’p bilan oyoqning to’qnashish sathi kattagina ekani zarba berishni anchagina aniq
  • bajarish imkonini beradi. Yugurib kelish, oyoqni orqaga tortish va tepish bir
  • tekislikda bajarilgani uchun harakat tizimi biomixanika jihatidan kerakligicha
  • ishlatiladi hamda boshqa usullariga nisbatan kattaroq kuch bilan tepiladi. Biroq oyok
  • yuzining kafti yerga tegib ketib, oyoq og’rishi va lat yeyishi mumkin. Bu esa ehtiyot
  • tormozlanish oqibatida ko’pincha harakat amplitudasi o’zgarishiga, zarba kuchi
  • kamayishiga, uning samaradorligi pasayib ketishiga olib kelishi mumkin.

Oyoq yuzining tashqi qismi bilan tepish burama zarba berish paytida eng ko’p

qo’llaniladi. Oyoq yuzining o’rta va tashqi qismlari bilan tepishdagi harakatlarning

struktarisi o’xshash bo’lib, farqi bunda tepish harakati vaqtida boldir bilan oyoq kafti

ichkari tomon buriladi.

Oyoq uchida tepish kutilmaganda, tayyorgarlik ko’rmay turib, nishonga tepib qolish

zarur bo’lib qolganda bajariladi. Bundan tashqari bu tepish raqibdagi to’pni tashlanib

yoki shpagat qilib tepib yuborishda ancha samaralidir.

Tepish paytida yugurib kelish ham to’p va nishon ham, bir chiziqda bo’ladi. YUgurib

kelganda so’nggi qadamdagi depsinish, tepish uchun oyoqni tortish uchun ham

hisoblanadi. Tepish harakati tizza sal bukilgan tarang oyoqda bajariladi. Tepish

paytida oyoq uchi sal ko’tarilgan bo’ladi.

Oyoq uchining zarba beruvchi sathi juda kam bo’lgani uchun bu usulda, to’p

yumalab ketayotgan bo’lsa, tepish unchalik aniq chiqmaydi.

Tovon bilan tepish o’yinda kamroq qo’llaniladi. Buning sababi bajarishning

murakkabligida, zarba kuchi va aniqligi juda kamligidadir. Bunday tepishning

afzalligi esa uning raqib uchun kutilmaganligida.

Tayyorlov fazasi tayanch oyoqni to’p yoniga qo’yishdan boshlanadi. Oyoqni tortish

uchun uni to’p ustidan oldinga uzatiladi. Ishchi faza-tepish oyoqni orqaga keskin

harakatlantirish bilan bajariladi. Zarba berish paytida oyoq taranglashgan bo’lib,

oyoq kafti yerga parallel turadi.

Tovon bilan chalishtirma zarba berish shunday tepish variantlaridan biri hisoblanadi.

O’ng oyoq bilan shunday beriladigan bo’lsa, tayanch oyoq to’pning o’ng yoniga


  • qo’yiladi. Zarba beruvchi oyoq oldinga o’tkazib tortiladi-da, tayanch oyoqqa nisbatan
  • chalishtirib, keskin orqaga harakatlantirib zarba beriladi. Ozroqqina surib
  • borilgandan keyin oyoq harakati tormozlanadi.
  • To’pni tayanch oyoq tovoni bilan tepsa ham bo’ladi. Bunda tayanch oyoq to’pdan
  • o’tkazib, 10-15 sm nariga qo’yiladi. SHundan keyingi qadamda oyoqni balandlatib
  • orqaga harakatlantirib beriladi. SHu turtki berishning o’zi tepish harakati hisoblanadi.
  • Harakatsiz to’pni tepish. Boshlang’ich, jarima va erkin to’p tepish, burchakdan to’p
  • tepishda, shuningdek darvozadan to’p tepishda o’yinchi harakatsiz yotgan to’pni
  • tepadi. Zarba berishning barcha usullaridagi ijro texnikasining yuqorida zikr etilgan
  • struktura xususiyatlari harakatsiz yotgan to’pni tepishga ham to’lig’icha taalluqli
  • bo’lib, faqat taktik vazifalar qandayligiga qarab tayyorlov fazasida yugurib
  • kelishning uzoq-qisqaligi va tezligi har xil bo’ladi.
  • Dumalab kelayotgan to’pni tepish. Dumalab kelayotgan to’pni tepishda ham zarba
  • berish asosiy usullari va turlarining hammasi qo’llaniladi.
  • 5. Yosh futbolchilarning maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda
  • harakatlari o‘yinlarni qo’llash
  • Bunday zarba berishdagi texnik harakatlar yerda harakatsiz yotgan to’pni
  • tepishdagi harakatlardan farq qilmaydi. Asosiy vazifa o’z harakati tezligini to’p
  • harakatining yo’nalishi va tezligi bilan muvofiqlashtirib olishdan iborat. To’pning
  • quyidagi asosiy harakat yo’nalishlari bor: o’yinchidan nari ketish, o’yinchi
  • ro’parasidan, yon (o’ng va chap) tomondan, shuningdek shu yo’nalishlar oralig’idan
  • kelish.
  • Tayanch oyoqni yerga qo’yish, ya’ni kichik fazani qanday bajarishning xususiyatlari
  • ana shu yo’nalishlarga qarab belgilanadi. O’yinchidan nariga dumalab ketayotgan
  • to’pni tepishda tayanch oyoq to’pdan nariroq o’tkazilib uning yon tomoniga
  • qo’yiladi. Ro’paradan dumalab kelayotgan to’pni tepishda tayanch oyoq to’pga yetib
  • bormaydi. Agar to’p yon (o’ng yoki chap) chap tomondan dumalab kelayotgan
  • bo’lsa, uni to’pga yaqinroq oyoq bilan tepgan ma’qul.Hamma hollarda ham tayanch
  • oyoqni to’pdan qancha oraliqda qo’yish to’pning harakat tezligiga bog’liq bo’lib,
  • buni zarba berish harakati vaqtida to’p tayanch oyoq bilan tenglashib qoladigan qilib
  • mo’ljallash kerak. Ana shu holat zarba berish uchun eng qulay hisoblanadi.
  • Uchib kelayotgan to’pni tepish. Uchib kelayotgan to’pni tepishdagi ijro
  • texnikasining xususiyatlari to’pning harakat trayektoriyasiga qarab belgilanadi.
  • Tushib kelayotgan yoki pastdan uchib kelayotgan to’pni tepishda harakat strukturasi
  • dumalab kelayotgan to’pni tepishda qanday bo’lsa, shundaydir. To’pning harakat
  • yo’nalishi dumalab kelayotgan to’pni tepishdagi singari bunda ham tayanch oyoqni
  • aniq mo’ljallab yerga ko’yishga muayyan e’tibor berishni talab qiladi. Uchib
  • kelayotgan to’pning tezligi odatda yumalab ketayotgan to’pdan ko’ra ortiqroq

bo’lgani uchun, asosiy qiyinchilik uchib kelayotgan to’p bilan oyoq uchrashadigan

joyni mo’ljal qilish va topishdan iborat bo’ladi. To’pni burilib tepish, endigina

sapchiganda tepish va boshdan oshirib turib tepish texnikasini tahlil qilganda,

struktura jihatdan ba’zi xususiyatlari mavjudligini ko’rish mumkinB u r i l i b t ye p i

sh to’pning uchish yo’nalishini o’zgartirish uchun qo’llaniladi. Bunda tushib

kelayotgan yoki pastlab uchib kelayotgan to’pni oyoq yuzining o’rta qismi bilan

tepiladi.ayyorlov fazasida to’p tomonga yugurishda qo’yilgan so’nggi qadamdagi

depsinish zarba beruvchi oyoqning tortilishi bo’lib xizmat qiladi. Tayanch oyoq tizza

sal bukilib, to’pning uchib ketishi mo’ljal qilingan tomonga burilib kaftning tashqi

yoniga qo’yiladi. Gavda tayanch oyoq tomonga og’diriladi. Gavdani burish bilan

birga oyoqning gorizontal tekislikdagi tepish harakati boshlanadi. Surib borish

tugagandan keyin zarba beruvchi oyoq olg’a tomon harakatda davom etib, yerga

tayanch oyoq bilan chalishib tushadiB o sh d a n o sh i r i b t ye p i sh kutilmaganda

nishonga tepib qolish yoki boshdan oshirib orqaga to’p uzatib berish zarur bo’lib

qolganda, uchib kelayotgan va sakrab chiqqan to’pga zarba berishda oyoq yuzining

o’rta qismi bilan bajariladiOyoqni tortish to’p tomonga yugurishda qo’yilgan so’nggi

qadamdagi depsinish hisobiga bajariladi. Tayanch oyoq tovonidan boshlab oldinga

qo’yiladi. Gavdaning olg’a harakati tormozlanib, yuqoriga va orqaga tarzda

bajariladi. Bu vaqtda tayanch oyoqda tovondan oyoq uchiga o’tiladi. Ozroqqina surib

borilgandan keyin zarba beruvchi oyoq pastga tushib, gavda to’g’rilanadi. Oyoq bilan

to’p qancha pastroqda uchrashsa, to’pning uchish trayektoriyasi

Xulosa


Mavzu xulosa qilib e`tirof etishga imkon beradiki, malakali futbolchilarni

tayyorlashda o’yinni o’rgatish uslubiyati va ularni turli o’yin mashg’ulotlarni

ixtisoslashgan turlari shu malakalarni samarali ijro etishda muxim axamiyatga ega

ekan. Dastlabki o’rgatish bosqichida endigina shug’ulanayotgan yosh futbolchi

bolalar mashg’ulotlarida sakrash va tezkorlik sifatlari hamda tana muozanati

turg’unligini rivojlantiruvchi aylanma tezlanish mashqlari etarli darajada

qo’llanilmasligi aniqlandi. Binobarin mazkur malakaviy bitiruv ishiga tanlab olingan

mavzu haqiqatdan ham dolzarb ekanligi o’z ifodasini topdi.

Yuqori malakali futbolchilarga o’yinni o’rganishning dastlabki o’rgatish bosqichida

shug’ullanayotgan yosh sakrovchanligini qiyoslash bosqichida shug’ullanayotgan

yosh bolalar tezkorligiga qiyoslash maqsadida o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari

shuni ko’rsatdiki katta yoshdagi mahoratli futbolchilarning rasmiy musobaqa

o’yinlari davomida barcha o’yin malakalarini ijro etish uchun bajarilgan xarakatlar

miqdorini tashkil etdi.

O’yin malakalar samaradorligi esa aksariyati hollarda 50 % dan ham ortmoqda. Yosh

futbolchilarni tanlab olishda mashg’ulotlarni tashkil etish o’rgatish boqichlaridanoq

shakllantira borish o’ta dolzarb va muhim masala ekanligi ortiqcha isbot talab

qilinmoqda.

Futbol bilan shug’ulanishni endigina boshlagan 15-16 yoshli bolalarda tezkorlik

sifatlari etarli darajada taraqqiy etmaganligi hamda yugurish ko’nikmalari deyarli

shakllanmaganligi ko’zatildi. Joydan turib yugurib kelib balandlik sakrash natijalari

orasidagi farq juda

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2017.

2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.

T.: “Iqtisod-moliya”, 2018.

3. Yarashev K.D., Abdumalikov R., Xoldorov T.X. va boshqa, Jismoniy madaniyat

tarbiyasining nazariy va uslubiy asoslari, o'quv qo'llanma, —Т., O'zDJTI nashr.,

2012, 92-bet.

4. Yaroskiy A, Poddubniy A., O'zbekistonning xalqaro sport aloqalari, —Т.,

«O'zbekiston», 2014.

5. Ismatullaev X.A. Ixtisos qursi bo‘yicha dastur, Toshkent, 2013.



6. G’aniyeva F.V. Ismatullayev X.A. Ma‘ruzalar to‘plami, Toshket, 2014

7.Ziyonet.uz
Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish