O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Palmanamolar qabilasi, oilalari, tavsifi va asosiy turlari
Bajardi: Abdullayeva S.
Tekshirdi: Mahmudova M.
Toshkent – 2022
Palmanamolar qabilasi, oilalari, tavsifi va asosiy turlari
Reja:
1. Palmanamolarning ahamiyati va foydali jihatlari
2. Palmanamolarga umumiy tavsifi
3. Palmanamolarning asosiy turlari
“Xurmo – bu taom, dori, shirinlik va sharbatdir. Odam organizmida qondagi qand miqdorining kamayishi natijasida ochlik hissi paydo bo‘ladi, xurmo yegandan so‘ng bu his yo‘qoladi. Ro‘zadorlar xurmoni iftorlikdan oldin yesa, organizmda ochlik hissi bartaraf etiladi, ishtaha orom oladi va shuning natijasida birdan ko‘p ovqat yeb qo‘yishning oldi olinadi. Boshqa mevalardan farqli o‘laroq, xurmoda 23 xil aminokislota mavjud. Masalan, triptofan aminokislotasi miyaning funksional va ruhiy holatini me’yorda ushlab turadi. Tinchlantiruvchi va biroz uyqu chaqiruvchi xususiyatga ega. Natijada miya hujayralari faoliyati tezlashadi, skleroz oldi olinadi. Glyutamin aminokislotasi oshqozon kislotasini (shirasini) kamaytiradi. Xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza (26-55%) vitamin V5 bilan organizmda faol so‘rilib, ochlik hissini yo‘qotadi, jismoniy quvvatni oshiradi. Miya va asab tizimi faoliyatini to‘liq tiklaydi. Boshqa mevalar kabi xurmo tarkibida xolesterin saqlanmaydi. Energetik quvvati yangi pishgan mevada 142-274 kalloriyaga teng. Xurmo o‘zida 77% gacha quruq moddalar saqlaydi va kam kalloriyali mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun boshqa shirinliklar o‘rniga qo‘rqmay iste'mol qilish mumkin, semizlikka olib kelmaydi. Olimlarning fikricha, bir kunda 10 dona xurmo yesa, odam sutkalik magniy, mis, oltingugurt, temir, kalsiyning o‘rni qoplanadi. Soddaroq qilib aytganda, faqat xurmo va suv bilan inson bemalol bir necha yil yashashi mumkin.
Xurmoning xususiyatlari va organizmga ta’sirini o‘rganish jarayonida quyidagi foydali xususiyatlari aniqlangan:
-Xurmo tarkibida xavfli parazitlar, bakteriyalar, mikroblar saqlanmaydi;
-Xurmo tarkibidagi moddalar odam organizmidagi kasallik chaqiruvchi zararli bakteriyalarni o‘ldiradi;
-Xurmo ayollarda bachadon qisqarishini yaxshilaydi va shu tufayli tug'ruqlar yengil kechadi;
-Ishtahani me’yoriga keltiradi;
-Mushaklar funksiyasini yaxshilaydi va tiklaydi;
-Och qoringa iste'mol qilish organizmdagi parazitlarni o‘ldiradi.”
Kokos suvining foydasi. Tabiiy izotonik. Izotonik bu – faol jismoniy mashqlardan keyin organizmga yordam beruvchi ichimlik. Odatda mashg‘ulotlar vaqtida va jismoniy faollik yuqori bo‘lganida iste'mol qilinadi. Tabiiy izotonik bo‘lgan kokos suvi kuch zaxirasini tezda to‘ldiradi. Yana bir afzalligi – chanqoqni tezda qondirib, organizmdagi suv muvozanatini tiklaydi. Detoks.Kokosli suv organizmning tozalanish jarayonida ham yordam beradi. U og‘ir metall va toksinlarini chiqarib tashlaydi. Uzoq va doimiy ravishda iste'mol qilinganida moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi. Yoshlik.Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qiladigan kishilar u terining yoshligini uzaytirishini aytishgan. Buning hayron qoladigan jihati yo‘q. Axir ichimlik tarkibida hujayralarning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadigan o‘simlik gormonlari bor. Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qilish teringizga taranglik va yarqirashni beradi. Parhez. Ichimlik tarkibida yog‘lar mavjud emas. 100 gramm suvga 18 kkal to‘g‘ri keladi. Bu esa boshqa istalgan izotonikka qaraganda kamroq. Shunga qaramay, ichimlik mikroelementlarga boy. Moddalar almashinuvining tezlashishi. Kokos suvi metabolizmga ta'sir ko‘rsatadi. Bu parhezga amal qiluvchi va tanasini ixcham ko‘rinishga keltirishni istaganlar uchun a'lo darajadagi natija. Shifokorlar kokos suvi qondagi qand miqdorini kamaytirishini ta'kidlashadi. Shuningdek, u buyraklar faoliyatida buzilishlari bo‘lgan kishilar uchun ham foydali. Ichimlikni doimiy ravishda iste'mol qilish talvasa ehtimolini kamaytiradi. Chaqaloqlar uchun. Kokos suvi tarkibida laurin kislotasi bor. U ona sutida ham mavjud va oziqlantirishda juda muhim. Shifokorlar bu ichimlik bolani tabiiy oziqlantirish o‘rnini bosishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |