O`zbek tili mavqeining mustahkamlanishi.
Mamlakatimizda o`zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va
o`rni qayta tiklandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4 sessiyasi “Davlat
tili to`g`risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o`zbek tili o`zbek
xalqining ma`anviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo`llanilishiva muhofazasi
davlat tomonidan ta`minlanishi belgilabqo`yildi. O`zbekistonda Oliy davlat
hokimiyati, mahalliyhokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika vamoliya ishlari o`zbek
tilida yuritilmoqda. Respublikaningma`muriy hududiy birliklari, maydonlari,
ko`chalari, geografiko`rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o`zbek
tilida yozib qo`yildi. Natijada o`zbek xalqining milliy qadrqimmati, mustaqil
davlatimizning mavqei qayta tiklandi vamustahkamlandi. Shuningdek,
O`zbekistonda istiqomatqilayotgan barcha miilatlarning tillari, qadr qimmati o`z
o`rnini topdi.
2. Mustaqillik yillarida ta`lim, badiiy adabiyot,me`morchilik, amaliy san`at, kino
va ravnaqi
Ta`lim ravnaqi. Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng
muhim vositasidir. Shu boisdan ham
mustaqil O`zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini engmuhim va dolzarb soha
sifatida rivojlantirishga alohida e`tiborberildi.1992 yil 2 iyulda qabul qilingan
O`zbekistonRespublikasining “Ta`lim to`g`risidagi” qqonuni hamda 1991-
1996 yillarda e`lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlariva Vazirlar
Mahkamasining qarorlari asosida ta`lim sohasida qator o`zgarishlar amalga
oshirildi.Maktabgacha ta`lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog`chalari
hamda “bolalar bog`chasi-maktab” majmui tarmog`i rivojlandi. Bolalarga chet
tillarni, xoreografiya,tasviriy va musiqa san`ati, komp`yuter savodxonligi
asoslarini o`rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi.“Sog`lom avlod uchun”,
“Iqtisodiy ta`lim”, “Qishloqmaktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalarni
tiklash” vaboshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta`lim jarayoniga tadbiq
etila bordi.
Oliy ta`lim sohasida ham ko`plab yangi o`quv yurtlari ochildi. 1992 yil 28
fevpaldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari
universitetlarga aylantirildi. engzarur zamonaviy mutahassislar bo`yicha yangi oliy
o`quvyurtlari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagidavlat va jamiyat
qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlarakademiyasi, Ichki ishlar vazirligi
akademiyasi, Bank-moliyaakademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy
konchilikinstituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon iqtisodiyot va
boshqaruv instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti,
Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti
hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997
yil boshlarida Respublika Oliy ta`lim tizimida 58 ta oliy o`quv yurti, shu jumladan
16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko`rsatdi. Ularda 164 ming talaba o`qidi,
18,5 ming professoro`qituvchi faoliyat ko`rsatdi. Abiturientlar va talabalarning
bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg`or usullari joriy etildi.
Iste`dodli yoshlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, ularning chet elda
o`qishini qo`llab quvvatlash maqsadida “Ulug`bek”, “Umid”, Respublika bolalar
fondi, “Kamolot”, “Sog`lom avlod uchun”, “Iste`dod” jamg`armalari
tashkil etildi.
Ta`lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalgaoshirilsada, hali bu sohada
jiddiy kamchiliklar mavjud edi.Xususan, ta`lim tizimi, kadrlar tayyorlash
jamiyatdabo`layotgan demokratik o`zgarishlar, bozor islohotlari talablaribilan
bog`lanmagan edi. O`quv jarayonining moddiy texnika vaaxborot bazasi
qoniqarsiz ahvolda edi. Ta`lim muassasalaridazamonaviy o`quv adabiyotlari va
dtdaktik materiallaretishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar etishmasdi. Maktab
o`quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.Ta`lim tizimi, fan va ishlab
chiqarish o`rtasidahamkorlik, integrasiya o`rnatilmagandi. Kadrlar tayyorlashda
marketing mavjud emasdi. Amaldagi ta`lim tizimi zamonaviytaraqqiy topgan
davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shuboisdan ta`lim tizimini tubdan isloh
qilish masalasi ko`ndalangbo`lib qoldi.
O`zbekiston ta`lim tizimi dunyo miqyosida kattaqiziqish uyg`otmoqda.
Moskvadagi Oliy ta`lim Xalqaro Fanlarakademiyasi prezidenti V. Shukshunov
O`zbekistonda ishlabchiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi
yo`q hujjat, deb ta`rifladi. O`zbekistonda yaratilayotgan ta`lim tizimi “Ta`limning
o`zbek modeli” deb e`tirof etildi.
Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotdamilliylik, ming yillik
tarixiy ijodiy an`analar, umuminsoniyqadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari
tiklandi. Badiiyadabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik
kabi aqida hukmronligi illatlaridan ozod bo`ldi.Badiiy adabiyotda mustaqillikni
asrab-avaylash, ozod vaobod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy
o`zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo`lib qoldi.Badiiy adabiyot rivojiga
H. Karomatovning “Qur`on va o`zbekadabiyoti”, O. Sharofiddinovning
“Cho`lponni izlab”, B.Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta`sir etdi.
A. Oripov, O. Yoqubov, P. Qodirov, X. Davron kabiijodkorlarning tarixiy roman,
p`esa va qissalarida ulug`bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Bobur
vaboshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda
yangicha talqinda yoritildi.
Shukrulloning “Kafansiz ko`milganlar” romanida, Nazar Eshonqulovning “Qora
kitob” povestida, O`. Hoshimovning“Tushda kechgan umrlar”, T. Murodning
“Otamdan qolgandalalar”, singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga
solingan behad kulfatlar, g`am- alamlar haqqoniy tasvirlangan.T. Malikning
“Shaytanat”, H. Shayxovning “Tutqinodamlar” asar larida iymon va vijdondan
ozdirishga, razolat vaqabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi,
mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrattuyg`ulari tarannum
etladi.
Me`morchilik va amaliy san`at. O`zbek xalqime`morchiligi mohiyat e`tibori
jihatidan buyuk bunyodkorliksan`atidir. Mustaqillik yillarida me`morchilik san`ati
yanadarivojlanib, takomillashib bormoqda. Me`morchilik ikki asosiy
tamoyil ko`zga tashlanadi. Ulardan biri sharqoname`morchilikning an`anaviy
qonun-qoidalariga rioya etishdir.Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi,
Turkiston saroyi,Oliy majlis, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o`z
aksini topgandir.Me`morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O`zbekistonning
jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish sari intilishininamoyish etuvchi jahon
me`morchiligining eng yaxshiyutuqlaridan foydalanishda namoyon bo`lmoqda.
Bundaybinolar jumlasiga “Meridian”, “Afrosiyob”, “Buxoro”,“Interkontinental`”,
” Sheraton” mehmonxonalari,“O`zekspomarkaz”, Milliy bank, Markaziy bank,
“Toshkentplaza” savdo markazi, Respublika birja markazi,banklararo moliyaviy
xizmatlar Markaz,O`zbekiston Davlatkonservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish
mumkin.
Toshkent shahri ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan “Oloy”,“Chorsu”, “Otchopar”,
“Yunusobod”, “Mirobod”, “Parkent”,“Qo`yliq” va boshqa bozor binolari,
shuningdek “Yunusobod”tennis markazi, “Jar” sport markazi singari zamonaviy
inshootlar barpo etildi.
O`zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarnitiklash ishlari jadalik
bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent,Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida
qayta tiklangan o`nlabbinolar, obidalar misol bo`laoladi. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturini hayotga tadbiq etishjarayonida yuzlab akademik licey va kasb- hunar
kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. Mustaqillik yillarida
haykaltaroshlik san`ati jadal o`sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K. Jabbarovlar
tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samamarqand va
Shahrisabzda Amir Temur hayokallari, Farog`na va Quvapda al- Farg`oniy (1998),
Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999)yaratildi. Haykaltarosh
R.Mirboshiev ijodiga mansub “Z.M.Bobur” (1993, Andijon), “Abdulla Qodiriy”
(1994, Toshkent), “Cho`lpon” (1997, Andijon), “Ona” (1999, Jizzax shahri) kabi
bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda “Alpomish” haykali
va majmuakompoziciyasi (A.Rahmatullaev vaboshqalar) bunyod etildi.
O`zbekistonda qadimdan amaliy san`at o`ziga xos tarzda rivojlanib kelgan.
Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik,
yog`och o`ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, gilamdo`zlik,
bezakchilik kabi amaliy san`at turlari tiklandi va yangi ma`no- mazmun bilan
rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san`ati ham jadal
rivojlanmoqda. Tasviriy san`at, rassomchilik san`atining rivojida 1997yilda tashkil
etilgan O`zbekiston Badiiy akakdemiyasi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy
uyushmasi muhim rol` o`ynaydi. O`zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev,
Bohodir Jalolov va boshqalar halqimiz ongida milliy g`urur, Vatanga sadoqat
tuyg`ularini uyg`otuvchi qator san`at asarlari yaratdilar. Amir Temur ,
MirzoUlug`bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va
minatura san`ati yangi ma`no- mazmun bilan boyidi. Shahar ko`chalariga
bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o`rnatildi, binolarning devorlari
odamlarga huzur- halovat, zavq bag`ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.
Kino san`ati. Mustaqillik yillarida kino san`ati rivoj topdi. 1996 yilda
“O`zbekfil`m” tassarufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar
faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan “O`zbekkino” davlat akcionerlik
kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llabquvvatlanishi kino
san`atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1991-2002 yillarda 60ga yaqin
badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, “Sharif va Ma`ruf”, “Tilla bola”,
“Buyuk Amir Temur”, “Yulduzingni ber, osmon”, “ Kenja singal” va boshqa
fil`mlarda milliylik va zamonaviylik uyg`unligi yaqqol nomioyon bo`ldi. 1997 yil
22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo`lib o`tdi. Unda 32ta
davlat va 8ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san`ati ustalari qatnashdi. “Buyuk
Amir Temur” fil`mi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya”
avtomobili berildi. Mustaqillik yillarida o`nlab xujjatli fil`mlar yaratildi.
“O`zbekiston bahorlari”, “Ulkan odim”, “Ular Germaniyada o`qigan edilar”,
“O`zbekiston qahramonlari”, “Umid qaldirg`ochi”, “Istiqlol fidoyilari” va shular
jumlasidandir.
3. Teatr, sirk musiqa, qo`shiqchilik san`ati, muzey
va sport taraqqiyoti
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma`naviy- ma`rifiy islohotlar
jarayonida teatr san`ati ham rivojlandi.
1993 yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimiz va xorijlik
teatr arboblarining, ijodiy guruhlarining sahna asarlari namoyish etiladigan
dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar
teatri, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
Respublika Prezidentining 1995yil 20 oktyabrdagi “O`zbekistonda teatr va musiqa
san`atini yanada rivojlantirishni qo`llab- quvvatlash va rag`batlantirish
choratadbirlari to`g`risidagi”gi, 1998 yil 26 martdagi “O`zbekiston teatr san`atini
rivojlantirish to`g`risida”gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga
qo`llab- quvvatlandi. Farmon binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr
ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998 yilda “O`zbekteatr” ijodiyishlab
chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy
ma`naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat hissini uyg`otuvchi spektakllar yaratishda, iste`dodli yoshlarni teatrga jalb
qilishda, moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni
ijtimoiy himoya qilishdako`maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik
katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln.
ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jiihozlandi.
Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. Har bir viloyatda
qo`g`irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapdi. 2001 yilda respublika teatr
san`atida muhim taixiy voqea sodir bo`ldi. Hamza nomidagi O`zbek akademik
drama teatri binosi muxtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy
teatr uskunalri va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy
teatr maqomi berildi. Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali
yoritishga alohida e`tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo
musiqali drama teatri jamoalari “Sohibqiron” Xorazm viloyati musiqali drama va
komediyam teatri “Jaloliddin Manguberdi”, Abror Hidoyatov nomli o`zbek
davlat teatri “Buyuk ipak yo`li” kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo`ydi.
1997 yil oktyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan “Teatr: Sharq-G`arb” xalqaro
festivalda Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr
san`atkorlarining chiqishllari bo`ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga
bag`ishlangan festivalda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston teatrlarining 15 ta
eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O`zbekiston teatr ustalari
Germaniya, Franciya, Slovakiya, Hindiston, AQSh, Bed`giya, Misr, Rossiya teatr
festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar.
Respublikamiz teatr san`ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma`naviyatini boyitish,
ular lngiga Milliy istiqlol g`oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg`ularini
kuchaytirish axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo`lib xizmat qilmoqda.
O`zbek sirki. 1992 yilda “O`zekdavlatsirk” respublika birlashmasining tashkil
etilishi sirk san`tining rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Toshkent sirki
zamonaviy talablar asosida qayta ta`mirlanadi, unga O`zbekiston xalq artisti
Toshkenboy egamberdiev nomi berildi. An`naviy sirk san`atining unitilgan turlari
tiklandi va rivojlandi. Iste`dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996
yilda estradayirk koleji ochildi. O`zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol`
safarlari uyushtirildi. Misr, Irdaniya, Falastin, Pokiston, Malaziya, Hindiston,
Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol` safarlarida
bo`lgan respublikamiz sirk ustalari o`zbek milliy sirk san`atini namoyish etilar.
Olimjon Toshkentboyev rahbarligidagi “O`zbekiston dorbozalari” guruhi 1996
yildan boshlab Yevropamamlakatlarida gastrol` safarida bo`lib 2000 dan ziyod
tomosha ko`rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi
Buglion sirkida bo`lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib
“Plastik etyud” (besuyak o`yini) janirida festivalning eng oliy mukofoti – oltin
medalni qo`lga kiritdi. 1998 yida Toshkent sirkida iste`dodli yoshlarga
ko`maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O`zbek sirkchilari 1999 yilda
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda Saratov shahrida
bo`lib o`tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida
bo`lib o`tgan sirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning L`ej shahrida bo`lib
o`tgan Yevropa sirklarning 10- festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli
o`rinlarni egalladilar. Sirkchilarimiz sa`y-harakatlari natijasida O`zek sirkiga xos
turli nomer va attrakcionlar xalqaro sirk dasturlaridan o`rin egalladi.
Milliy musiqa va qo`shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va
qo`shiqchilik san`ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda
tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma`rifiy ishlar respulika markazi”, uning
viloyatlaridagi bo`limlari musiqa va qo`shiqchilik san`atini, havaskorlik va fol`klor
jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unitilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida
turli xil ko`rik tanlovlar festivallar tashkil etmoqdalar. 1992 yilda Toshkentda
“Asirlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazmviloyatida fol`klor
jamoalari, askiya, qiziqchi vamasqaravozlarning, Qo`qonda katta ashula, lapar va
yallaijrochilarining ko`rik –tanlovlari o`tkazildi. 1994 yil mayoyida Parijda bo`lib
o`tgan “Sharq musiqasi” festivalidaMunojat Yo`lchieva va Shavkat Mirzaevlar
ishtirok etib,o`zbek milliy qo`shiqchilik san`atini jahonga namoyish etdilar.
1996 yil aprel` oyida Turkiston saroyida, “Bahor”majmuasi va boshqa ijodiy
koncert tashkilotlari negizidatashkil etilgan “O`zbeknavo” gastrol`-koncert
birlashmasiorqali xalq orasida istedodli qo`shiqchilarni izlab topish va
ko`rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo`shiqchilik san`ati bo`yicha xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlaramalga oshirildi. Respublika Prezdentining
1996 yil 27avgustdagi ““O`zbekiston – Vatanim manim” qo`shiqlar bayrami
to`g`risida” gi farmoni qo`shiqchilik san`atini rivojlantirishga ijobiy ta`sir ko`satdi.
1996 yilda o`tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida “O`zbekiston –
Vatanim manim” qo`shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo`shiqchilar
qatnashdi. Bunday ko`rik tanlov har yili avgust oyidao`tkaziladigan bo`ladi va
avgust oyining uchinchi yakshanbakuni “O`zbekeiston – Vatanim manim” qo`shiq
bayrami kunideb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni
e`zozlovchi yuzlab yangi qo`shiqlar yaratildi. “O`zbekiston –Vatanim manim”,
“Men seni sevaman, O`zbekiston”, “Vatanyagonadir”, “Mustaqillik gullari”, “Ona
yurtim”, “O`zbekistonaskarlari” qo`shiqlari shular jumlasidandir.1997 yil 11
martda qabul qilingan Respublikahukumatining ““Sharq taronalari” Xalqaro
musiqa festivalinio`tkazish to`g`risida” gi qaror musiqa san`atini noyob
namunalarini keng targ`ib qilish, rivojlantirishda dastur amalbo`lib xizmat qildi.
1997 yil 25 avgust – 2sentyabr` kunlariSamarqanda bo`lib o`tgan “Sharq
taronalari” birinchi Xalqarofestivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatdan
ijrochilar,san`atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda
yangragan o`zbek ohanglari, kuy-qo`shiqlari jahon uzrataraldi. Har ikki yilda
Samarqandda “Sharq taronalari”Xalqaro festivalini o`tkazish an`ana tusini oldi.
O`zbekistonda musiqa va qo`shiqchilik san`atinirivojidga har yili 31 avgust va 21
mart kunlari o`tkazilayotganMustaqillik va Navro`z kunlariga bag`ishlangshan
bayramtantanalari ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.Mustaqillik yillarda O`zbekistonda
yashayotgan 130 gayaqin turli millat va elat urf-odatlari va an`analari birdek
rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O`zbekistonda 120 tamilliy madaniyat
markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliymadaniy markazlar o`z millatdoshlarining
tili, madaniyati, urfodatlari, rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani
jonlantirish kabi masalalar bilan shug`ullanib kelmoqdalar.Milliy madaniy
markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunarva boshqa yo`nalishlardagi
to`garaklar tashkil etilgan.1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga
ko`maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi.Uning faoliyatida
respublikamizda isteqomat qiluvchi turlimillat va e`latlarni jipslashtirish asosiy
o`rin tutmoqda. Har birmillatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar,
madaniyat va san`at arboblariga bag`ishlangan yig`ilishlar,ko`rgazmalar tashkil
etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o`zfaoliyatii bilan respublikada madaniyat
ravnaqiga muhim hissa qo`shmoqdalar.
Muzey. Jamiyat madaniy-ma`rifiy hayotida, alohidatarixiy xotirani tiklash va
mustahkamlashda muzeylarningahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik
yillarda mavjudmuzeylarni ta`mirlash, yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi
muzeylar barpo etishga alohida e`tibor berildi.Namanganda ulug` o`zbek shoiri
Boborahim Mashrabmuzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboev
nomlimaqomchilar muzey, Urganchda Xorazm amaliy san`ati vatarixi muzeyi,
Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqandviloyatining Oqtosh shahrida xalq
baxshisi Islom shoir Nazaro`g`lining uy-muzeyi, Toshkentda o`zbek ayollari
orasidanchiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonovamuzeyi,
o`zbek raqqosasi Mukarram Turg`unboeva muzeyisingari uy muzeylari tashkil
etildi. Shuningdek oliy ta`limmuassasalarida ko`plab muzeylar ochildi.
1996 yili 1 sentyabr` kuni Toshkentda Osiyoda yagonabo`lgan Olimpiya
shonshuhrat muzeyi faoliyat ko`rsataboshladi. Bu muzey o`zbekistonlik
sportchilarning xalqaromusobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish
etadigan,mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo`libqoldi.
1996 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlatmuzeyi ochildi. Muzey
temuriylar davri ruhini aks ettiruvchio`sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-
aslahalar,lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari,oltindan yasalgan
uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, AmirTemur, Bobur qo`lyzmalari,
Ulug`bekning astromik vaboshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar
bilanjihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O`zbekistonda amalga
oshirilayotgan madaniy, ma`naviy, ma`rifiy ishlar,ilmiy tafakkur markaziga
aylandi. 2002 yilda TermizdaArxeologiya muzeyi bunyod etildi.
O`zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi“Muzeylar faoliyatini tubdan
yaxshilash va takomillashtirishto`g`risida”gi farmoni va uning bajarilishini
ta`minlagaqaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul
qilingan “Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalarito`g`risida”gi qarori
mamlakatimizda muzey ishinirivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat
ishlarivazirligi, “Oltin meros” jamg`armasi, Badiiy Akademiya,Moliya vazirligi,
Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilanhamkorlikda muzeylarning rivojlanishi
va moliyaviy ta`minotibo`yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat
muhofazasigaolindi, ularni ta`mirlash, muzey eksponatlarini boyitish
davlatbyudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlanadi.Muzeylar
faoliyatini muvvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordamko`rsatish, moddiy jihatdan
qo`llab-quvvatlash maqsadida1998 yilda “O`zbekmuzey” Respublika jamg`armasi
tuzildi.Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishgako`maklashuvchi
“Moziydan sado” jurnali ta`sis etildi va u1999 yildan boshlab o`zbek, rus va ingiliz
tillarida nashr etilaboshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta
tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyitildi.O`zbekistonda umumiy maydoni
137150 kv.m.nitashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda
1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatiniaks ettiruvchi nrdir
buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda vaaholiga namoyish etilmoqda.
Mamlakatimizning me`moriyyodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar
ro`yxatigakiritilgan. 2005 ta me`moriy obida, 2700 ta arxeologikyodgorlik, 1800
monumental san`at asari davlat muhofazasigaolingan. Buxoro, Samarqand va Xiva
shaharlaridagi 3 tamuzey-qo`riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy
yodgorliklar , me`moriy obidalar, monumental san`at asarlariFranciya, Turkiya,
eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqamamlakatlarda O`zbekiston muzeylarining
eksponatlarinamoyish etildi.
Sport. Mustaqillik yillarida sport O`zbekiston milliymadaniyatining tarkibiy qismi
sifatida rivojlantirildi.imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshoatlari –
sportsog`lomlashtirish klublari, bolalar-o`smirlar sport maktablari,olimpiya
o`rinbosarlari bilim yurtlari , oliy sport mahoratmaktablari, o`yingohlar, sport
zallari, maydonlari, hovuzlarbarpo etildi va ta`mirlandi. Ularda 7 mln. kishi
jismoniytarbiya va sport bilan shug`ullanish imkoniyatiga ega bo`ldi.
1992 yil yanvarda O`zbekiston Milliy olimpiyaqo`mitasi tuzildi va 1993 yil
sentyabrda xalqaro olimpiyaqo`mitasining 101-sessiyada rasmiy e`tirof etildi.
Sportning boks turi jadal o`sdi. 17 marta jahonchempioni Artur Grigor`yan, Sidney
olimpiadasi chempiniMuhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz johonga
mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerkaning X`yustonshahrida o`tkazilgan X jahon
chempionatida O`zbekiston bokskomandasi 83 mamlakat o`rtasida AQSh va Kuba
komandalaridan keyin faxirli uchinchi o`rinni egalladi.Vatanimizda sportning
tennis turi rivojlandi. 168 tatennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmui
barpoetildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002 yillarda O`zbekiston prezidenti
kubogi uchun 9 marta xalqaro tennismusobaqalari o`tkazildi. 1999 yilning iyul`
oyida Londondao`tgan tennis bo`yicha yoshlar xalqaro turinirida toshkentlik
sportchi Iroda To`laganova Uimbldon uchrashuvida g`olib chiqib, kumush kubokni
kichraytirilgan nusxasini qo`lgakiritdi.
1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog`ining eng baland
“evarest” cho`qqisiga ko`tarilib, O`zbekiston dovrug`ini dunyoga taratdilar .
Mustaqillik sharofati bilan o`zbek milliy kurashitiklandi. 1992 yilda Termiz va
Shahrisabz shaharlaridadastlabki milliy kurash bo`yicha xalqaro musobaqa
o`tkazildi.Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab
chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e`tirof etildi., xalqaro sport turlari
qatoridan o`rin oldi. Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan
sportchilar ishtirokida kurash bo`yicha birinchi jahon chempionati bo`lib o`tdi.
Unda o`zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush 3ta bronza
medallarini qo`lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar
nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash associaciyasi tuzildi, uning faxriy
prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000-2002 yillarda London shahrida 3
marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turinir bo`lib o`tdi. 2002 yil
oktyabrda Xalqaro kurash asociaciyasi Xalqaro sport federaciyasi a`zoligiga qabul
qilindi. O`zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyonda e`tirof topdi.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston sportchilariOlimpiadalar, Osiyo o`yinlari, Jahon
va Osiyo chempionlari va boshqa munosabatlarida qatnashib, 3000 dan ortiq oltin,
kumush va bronza medallarni qo`lga kiritdilar. Shunday qilib, mustaqillik yillarida
O`zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma`no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga
qo`shildi va xalqaro maydonda salmoqli o`rinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |