Bajardi: 9-3iqts-21 guruh talabasi Baqoyev Bahodir Mamatovich



Download 180,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana19.02.2022
Hajmi180,34 Kb.
#459512
1   2   3   4
Bog'liq
Baqoyev B.M. Mustaqil ish Tarix

O`zbek tili mavqeining mustahkamlanishi. 
Mamlakatimizda o`zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va 
o`rni qayta tiklandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4 sessiyasi “Davlat 
tili to`g`risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o`zbek tili o`zbek 
xalqining ma`anviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo`llanilishiva muhofazasi 
davlat tomonidan ta`minlanishi belgilabqo`yildi. O`zbekistonda Oliy davlat 
hokimiyati, mahalliyhokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika vamoliya ishlari o`zbek 
tilida yuritilmoqda. Respublikaningma`muriy hududiy birliklari, maydonlari, 
ko`chalari, geografiko`rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o`zbek 
tilida yozib qo`yildi. Natijada o`zbek xalqining milliy qadrqimmati, mustaqil 
davlatimizning mavqei qayta tiklandi vamustahkamlandi. Shuningdek, 
O`zbekistonda istiqomatqilayotgan barcha miilatlarning tillari, qadr qimmati o`z 
o`rnini topdi. 
2. Mustaqillik yillarida ta`lim, badiiy adabiyot,me`morchilik, amaliy san`at, kino 
va ravnaqi 
Ta`lim ravnaqi. Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng 
muhim vositasidir. Shu boisdan ham 


mustaqil O`zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini engmuhim va dolzarb soha 
sifatida rivojlantirishga alohida e`tiborberildi.1992 yil 2 iyulda qabul qilingan 
O`zbekistonRespublikasining “Ta`lim to`g`risidagi” qqonuni hamda 1991- 
1996 yillarda e`lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlariva Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari asosida ta`lim sohasida qator o`zgarishlar amalga 
oshirildi.Maktabgacha ta`lim tizimida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog`chalari 
hamda “bolalar bog`chasi-maktab” majmui tarmog`i rivojlandi. Bolalarga chet 
tillarni, xoreografiya,tasviriy va musiqa san`ati, komp`yuter savodxonligi 
asoslarini o`rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi.“Sog`lom avlod uchun”, 
“Iqtisodiy ta`lim”, “Qishloqmaktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalarni 
tiklash” vaboshqa tarmoq dasturlari ishlab chiqildi hamda ta`lim jarayoniga tadbiq 
etila bordi. 
Oliy ta`lim sohasida ham ko`plab yangi o`quv yurtlari ochildi. 1992 yil 28 
fevpaldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari 
universitetlarga aylantirildi. engzarur zamonaviy mutahassislar bo`yicha yangi oliy 
o`quvyurtlari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagidavlat va jamiyat 
qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlarakademiyasi, Ichki ishlar vazirligi 
akademiyasi, Bank-moliyaakademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy 
konchilikinstituti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Andijon iqtisodiyot va 
boshqaruv instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, 
Navoiy davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti 
hamda viloyatlarda yirik universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997 
yil boshlarida Respublika Oliy ta`lim tizimida 58 ta oliy o`quv yurti, shu jumladan 
16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko`rsatdi. Ularda 164 ming talaba o`qidi, 
18,5 ming professoro`qituvchi faoliyat ko`rsatdi. Abiturientlar va talabalarning 
bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg`or usullari joriy etildi. 
Iste`dodli yoshlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish, ularning chet elda 
o`qishini qo`llab quvvatlash maqsadida “Ulug`bek”, “Umid”, Respublika bolalar 
fondi, “Kamolot”, “Sog`lom avlod uchun”, “Iste`dod” jamg`armalari 
tashkil etildi. 
Ta`lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalgaoshirilsada, hali bu sohada 
jiddiy kamchiliklar mavjud edi.Xususan, ta`lim tizimi, kadrlar tayyorlash 
jamiyatdabo`layotgan demokratik o`zgarishlar, bozor islohotlari talablaribilan 
bog`lanmagan edi. O`quv jarayonining moddiy texnika vaaxborot bazasi 
qoniqarsiz ahvolda edi. Ta`lim muassasalaridazamonaviy o`quv adabiyotlari va 
dtdaktik materiallaretishmasdi. Yuqori malakali pedagoglar etishmasdi. Maktab 
o`quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi.Ta`lim tizimi, fan va ishlab 
chiqarish o`rtasidahamkorlik, integrasiya o`rnatilmagandi. Kadrlar tayyorlashda 
marketing mavjud emasdi. Amaldagi ta`lim tizimi zamonaviytaraqqiy topgan 
davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shuboisdan ta`lim tizimini tubdan isloh 
qilish masalasi ko`ndalangbo`lib qoldi. 
O`zbekiston ta`lim tizimi dunyo miqyosida kattaqiziqish uyg`otmoqda. 
Moskvadagi Oliy ta`lim Xalqaro Fanlarakademiyasi prezidenti V. Shukshunov 
O`zbekistonda ishlabchiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi 
yo`q hujjat, deb ta`rifladi. O`zbekistonda yaratilayotgan ta`lim tizimi “Ta`limning 


o`zbek modeli” deb e`tirof etildi. 
Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotdamilliylik, ming yillik 
tarixiy ijodiy an`analar, umuminsoniyqadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari 
tiklandi. Badiiyadabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik 
kabi aqida hukmronligi illatlaridan ozod bo`ldi.Badiiy adabiyotda mustaqillikni 
asrab-avaylash, ozod vaobod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy 
o`zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo`lib qoldi.Badiiy adabiyot rivojiga 
H. Karomatovning “Qur`on va o`zbekadabiyoti”, O. Sharofiddinovning 
“Cho`lponni izlab”, B.Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta`sir etdi. 
A. Oripov, O. Yoqubov, P. Qodirov, X. Davron kabiijodkorlarning tarixiy roman, 
p`esa va qissalarida ulug`bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Bobur 
vaboshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda 
yangicha talqinda yoritildi. 
Shukrulloning “Kafansiz ko`milganlar” romanida, Nazar Eshonqulovning “Qora 
kitob” povestida, O`. Hoshimovning“Tushda kechgan umrlar”, T. Murodning 
“Otamdan qolgandalalar”, singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga 
solingan behad kulfatlar, g`am- alamlar haqqoniy tasvirlangan.T. Malikning 
“Shaytanat”, H. Shayxovning “Tutqinodamlar” asar larida iymon va vijdondan 
ozdirishga, razolat vaqabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, 
mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrattuyg`ulari tarannum 
etladi. 
Me`morchilik va amaliy san`at. O`zbek xalqime`morchiligi mohiyat e`tibori 
jihatidan buyuk bunyodkorliksan`atidir. Mustaqillik yillarida me`morchilik san`ati 
yanadarivojlanib, takomillashib bormoqda. Me`morchilik ikki asosiy 
tamoyil ko`zga tashlanadi. Ulardan biri sharqoname`morchilikning an`anaviy 
qonun-qoidalariga rioya etishdir.Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, 
Turkiston saroyi,Oliy majlis, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o`z 
aksini topgandir.Me`morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O`zbekistonning 
jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish sari intilishininamoyish etuvchi jahon 
me`morchiligining eng yaxshiyutuqlaridan foydalanishda namoyon bo`lmoqda. 
Bundaybinolar jumlasiga “Meridian”, “Afrosiyob”, “Buxoro”,“Interkontinental`”, 
” Sheraton” mehmonxonalari,“O`zekspomarkaz”, Milliy bank, Markaziy bank, 
“Toshkentplaza” savdo markazi, Respublika birja markazi,banklararo moliyaviy 
xizmatlar Markaz,O`zbekiston Davlatkonservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish 
mumkin. 
Toshkent shahri ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan “Oloy”,“Chorsu”, “Otchopar”, 
“Yunusobod”, “Mirobod”, “Parkent”,“Qo`yliq” va boshqa bozor binolari
shuningdek “Yunusobod”tennis markazi, “Jar” sport markazi singari zamonaviy 
inshootlar barpo etildi. 
O`zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarnitiklash ishlari jadalik 
bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent,Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida 
qayta tiklangan o`nlabbinolar, obidalar misol bo`laoladi. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturini hayotga tadbiq etishjarayonida yuzlab akademik licey va kasb- hunar 
kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. Mustaqillik yillarida 
haykaltaroshlik san`ati jadal o`sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K. Jabbarovlar 


tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samamarqand va 
Shahrisabzda Amir Temur hayokallari, Farog`na va Quvapda al- Farg`oniy (1998), 
Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999)yaratildi. Haykaltarosh 
R.Mirboshiev ijodiga mansub “Z.M.Bobur” (1993, Andijon), “Abdulla Qodiriy” 
(1994, Toshkent), “Cho`lpon” (1997, Andijon), “Ona” (1999, Jizzax shahri) kabi 
bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda “Alpomish” haykali 
va majmuakompoziciyasi (A.Rahmatullaev vaboshqalar) bunyod etildi. 
O`zbekistonda qadimdan amaliy san`at o`ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. 
Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, 
yog`och o`ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, gilamdo`zlik, 
bezakchilik kabi amaliy san`at turlari tiklandi va yangi ma`no- mazmun bilan 
rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san`ati ham jadal 
rivojlanmoqda. Tasviriy san`at, rassomchilik san`atining rivojida 1997yilda tashkil 
etilgan O`zbekiston Badiiy akakdemiyasi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy 
uyushmasi muhim rol` o`ynaydi. O`zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, 
Bohodir Jalolov va boshqalar halqimiz ongida milliy g`urur, Vatanga sadoqat 
tuyg`ularini uyg`otuvchi qator san`at asarlari yaratdilar. Amir Temur , 
MirzoUlug`bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va 
minatura san`ati yangi ma`no- mazmun bilan boyidi. Shahar ko`chalariga 
bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o`rnatildi, binolarning devorlari 
odamlarga huzur- halovat, zavq bag`ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi. 
Kino san`ati. Mustaqillik yillarida kino san`ati rivoj topdi. 1996 yilda 
“O`zbekfil`m” tassarufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar 
faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan “O`zbekkino” davlat akcionerlik 
kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo`llabquvvatlanishi kino 
san`atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1991-2002 yillarda 60ga yaqin 
badiiy filmlar yaratildi. “Temir xotin”, “Dallol”, “Sharif va Ma`ruf”, “Tilla bola”, 
“Buyuk Amir Temur”, “Yulduzingni ber, osmon”, “ Kenja singal” va boshqa 
fil`mlarda milliylik va zamonaviylik uyg`unligi yaqqol nomioyon bo`ldi. 1997 yil 
22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo`lib o`tdi. Unda 32ta 
davlat va 8ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san`ati ustalari qatnashdi. “Buyuk 
Amir Temur” fil`mi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – “Neksiya” 
avtomobili berildi. Mustaqillik yillarida o`nlab xujjatli fil`mlar yaratildi. 
“O`zbekiston bahorlari”, “Ulkan odim”, “Ular Germaniyada o`qigan edilar”, 
“O`zbekiston qahramonlari”, “Umid qaldirg`ochi”, “Istiqlol fidoyilari” va shular 
jumlasidandir. 
3. Teatr, sirk musiqa, qo`shiqchilik san`ati, muzey 
va sport taraqqiyoti 
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma`naviy- ma`rifiy islohotlar 
jarayonida teatr san`ati ham rivojlandi. 
1993 yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimiz va xorijlik 
teatr arboblarining, ijodiy guruhlarining sahna asarlari namoyish etiladigan 
dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatayotgan yoshlar 
teatri, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. 
Respublika Prezidentining 1995yil 20 oktyabrdagi “O`zbekistonda teatr va musiqa 


san`atini yanada rivojlantirishni qo`llab- quvvatlash va rag`batlantirish 
choratadbirlari to`g`risidagi”gi, 1998 yil 26 martdagi “O`zbekiston teatr san`atini 
rivojlantirish to`g`risida”gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga 
qo`llab- quvvatlandi. Farmon binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr 
ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998 yilda “O`zbekteatr” ijodiyishlab 
chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy 
ma`naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
hurmat hissini uyg`otuvchi spektakllar yaratishda, iste`dodli yoshlarni teatrga jalb 
qilishda, moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni 
ijtimoiy himoya qilishdako`maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik 
katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln. 
ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jiihozlandi. 
Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko`rsatmoqda. Har bir viloyatda 
qo`g`irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapdi. 2001 yilda respublika teatr 
san`atida muhim taixiy voqea sodir bo`ldi. Hamza nomidagi O`zbek akademik 
drama teatri binosi muxtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy 
teatr uskunalri va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy 
teatr maqomi berildi. Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali 
yoritishga alohida e`tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo 
musiqali drama teatri jamoalari “Sohibqiron” Xorazm viloyati musiqali drama va 
komediyam teatri “Jaloliddin Manguberdi”, Abror Hidoyatov nomli o`zbek 
davlat teatri “Buyuk ipak yo`li” kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo`ydi. 
1997 yil oktyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan “Teatr: Sharq-G`arb” xalqaro 
festivalda Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr 
san`atkorlarining chiqishllari bo`ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga 
bag`ishlangan festivalda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston teatrlarining 15 ta 
eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O`zbekiston teatr ustalari 
Germaniya, Franciya, Slovakiya, Hindiston, AQSh, Bed`giya, Misr, Rossiya teatr 
festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar. 
Respublikamiz teatr san`ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma`naviyatini boyitish, 
ular lngiga Milliy istiqlol g`oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg`ularini 
kuchaytirish axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo`lib xizmat qilmoqda. 
O`zbek sirki. 1992 yilda “O`zekdavlatsirk” respublika birlashmasining tashkil 
etilishi sirk san`tining rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Toshkent sirki 
zamonaviy talablar asosida qayta ta`mirlanadi, unga O`zbekiston xalq artisti 
Toshkenboy egamberdiev nomi berildi. An`naviy sirk san`atining unitilgan turlari 
tiklandi va rivojlandi. Iste`dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996 
yilda estradayirk koleji ochildi. O`zbekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol` 
safarlari uyushtirildi. Misr, Irdaniya, Falastin, Pokiston, Malaziya, Hindiston, 
Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol` safarlarida 
bo`lgan respublikamiz sirk ustalari o`zbek milliy sirk san`atini namoyish etilar. 
Olimjon Toshkentboyev rahbarligidagi “O`zbekiston dorbozalari” guruhi 1996 
yildan boshlab Yevropamamlakatlarida gastrol` safarida bo`lib 2000 dan ziyod 
tomosha ko`rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi 
Buglion sirkida bo`lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib 


“Plastik etyud” (besuyak o`yini) janirida festivalning eng oliy mukofoti – oltin 
medalni qo`lga kiritdi. 1998 yida Toshkent sirkida iste`dodli yoshlarga 
ko`maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O`zbek sirkchilari 1999 yilda 
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda Saratov shahrida 
bo`lib o`tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida 
bo`lib o`tgan sirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning L`ej shahrida bo`lib 
o`tgan Yevropa sirklarning 10- festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli 
o`rinlarni egalladilar. Sirkchilarimiz sa`y-harakatlari natijasida O`zek sirkiga xos 
turli nomer va attrakcionlar xalqaro sirk dasturlaridan o`rin egalladi. 
Milliy musiqa va qo`shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va 
qo`shiqchilik san`ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda 
tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma`rifiy ishlar respulika markazi”, uning 
viloyatlaridagi bo`limlari musiqa va qo`shiqchilik san`atini, havaskorlik va fol`klor 
jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unitilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida 
turli xil ko`rik tanlovlar festivallar tashkil etmoqdalar. 1992 yilda Toshkentda 
“Asirlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazmviloyatida fol`klor 
jamoalari, askiya, qiziqchi vamasqaravozlarning, Qo`qonda katta ashula, lapar va 
yallaijrochilarining ko`rik –tanlovlari o`tkazildi. 1994 yil mayoyida Parijda bo`lib 
o`tgan “Sharq musiqasi” festivalidaMunojat Yo`lchieva va Shavkat Mirzaevlar 
ishtirok etib,o`zbek milliy qo`shiqchilik san`atini jahonga namoyish etdilar. 
1996 yil aprel` oyida Turkiston saroyida, “Bahor”majmuasi va boshqa ijodiy 
koncert tashkilotlari negizidatashkil etilgan “O`zbeknavo” gastrol`-koncert 
birlashmasiorqali xalq orasida istedodli qo`shiqchilarni izlab topish va 
ko`rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo`shiqchilik san`ati bo`yicha xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlaramalga oshirildi. Respublika Prezdentining 
1996 yil 27avgustdagi ““O`zbekiston – Vatanim manim” qo`shiqlar bayrami 
to`g`risida” gi farmoni qo`shiqchilik san`atini rivojlantirishga ijobiy ta`sir ko`satdi. 
1996 yilda o`tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida “O`zbekiston – 
Vatanim manim” qo`shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo`shiqchilar 
qatnashdi. Bunday ko`rik tanlov har yili avgust oyidao`tkaziladigan bo`ladi va 
avgust oyining uchinchi yakshanbakuni “O`zbekeiston – Vatanim manim” qo`shiq 
bayrami kunideb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni 
e`zozlovchi yuzlab yangi qo`shiqlar yaratildi. “O`zbekiston –Vatanim manim”, 
“Men seni sevaman, O`zbekiston”, “Vatanyagonadir”, “Mustaqillik gullari”, “Ona 
yurtim”, “O`zbekistonaskarlari” qo`shiqlari shular jumlasidandir.1997 yil 11 
martda qabul qilingan Respublikahukumatining ““Sharq taronalari” Xalqaro 
musiqa festivalinio`tkazish to`g`risida” gi qaror musiqa san`atini noyob 
namunalarini keng targ`ib qilish, rivojlantirishda dastur amalbo`lib xizmat qildi. 
1997 yil 25 avgust – 2sentyabr` kunlariSamarqanda bo`lib o`tgan “Sharq 
taronalari” birinchi Xalqarofestivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatdan 
ijrochilar,san`atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda 
yangragan o`zbek ohanglari, kuy-qo`shiqlari jahon uzrataraldi. Har ikki yilda 
Samarqandda “Sharq taronalari”Xalqaro festivalini o`tkazish an`ana tusini oldi. 
O`zbekistonda musiqa va qo`shiqchilik san`atinirivojidga har yili 31 avgust va 21 
mart kunlari o`tkazilayotganMustaqillik va Navro`z kunlariga bag`ishlangshan 


bayramtantanalari ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.Mustaqillik yillarda O`zbekistonda 
yashayotgan 130 gayaqin turli millat va elat urf-odatlari va an`analari birdek 
rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O`zbekistonda 120 tamilliy madaniyat 
markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliymadaniy markazlar o`z millatdoshlarining 
tili, madaniyati, urfodatlari, rasm-rusmlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani 
jonlantirish kabi masalalar bilan shug`ullanib kelmoqdalar.Milliy madaniy 
markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunarva boshqa yo`nalishlardagi 
to`garaklar tashkil etilgan.1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga 
ko`maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi.Uning faoliyatida 
respublikamizda isteqomat qiluvchi turlimillat va e`latlarni jipslashtirish asosiy 
o`rin tutmoqda. Har birmillatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, 
madaniyat va san`at arboblariga bag`ishlangan yig`ilishlar,ko`rgazmalar tashkil 
etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o`zfaoliyatii bilan respublikada madaniyat 
ravnaqiga muhim hissa qo`shmoqdalar. 
Muzey. Jamiyat madaniy-ma`rifiy hayotida, alohidatarixiy xotirani tiklash va 
mustahkamlashda muzeylarningahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik 
yillarda mavjudmuzeylarni ta`mirlash, yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi 
muzeylar barpo etishga alohida e`tibor berildi.Namanganda ulug` o`zbek shoiri 
Boborahim Mashrabmuzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboev 
nomlimaqomchilar muzey, Urganchda Xorazm amaliy san`ati vatarixi muzeyi, 
Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqandviloyatining Oqtosh shahrida xalq 
baxshisi Islom shoir Nazaro`g`lining uy-muzeyi, Toshkentda o`zbek ayollari 
orasidanchiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonovamuzeyi, 
o`zbek raqqosasi Mukarram Turg`unboeva muzeyisingari uy muzeylari tashkil 
etildi. Shuningdek oliy ta`limmuassasalarida ko`plab muzeylar ochildi. 
1996 yili 1 sentyabr` kuni Toshkentda Osiyoda yagonabo`lgan Olimpiya 
shonshuhrat muzeyi faoliyat ko`rsataboshladi. Bu muzey o`zbekistonlik 
sportchilarning xalqaromusobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish 
etadigan,mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo`libqoldi. 
1996 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlatmuzeyi ochildi. Muzey 
temuriylar davri ruhini aks ettiruvchio`sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-
aslahalar,lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari,oltindan yasalgan 
uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, AmirTemur, Bobur qo`lyzmalari, 
Ulug`bekning astromik vaboshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar 
bilanjihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O`zbekistonda amalga 
oshirilayotgan madaniy, ma`naviy, ma`rifiy ishlar,ilmiy tafakkur markaziga 
aylandi. 2002 yilda TermizdaArxeologiya muzeyi bunyod etildi. 
O`zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi“Muzeylar faoliyatini tubdan 
yaxshilash va takomillashtirishto`g`risida”gi farmoni va uning bajarilishini 
ta`minlagaqaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul 
qilingan “Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalarito`g`risida”gi qarori 
mamlakatimizda muzey ishinirivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat 
ishlarivazirligi, “Oltin meros” jamg`armasi, Badiiy Akademiya,Moliya vazirligi, 
Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilanhamkorlikda muzeylarning rivojlanishi 
va moliyaviy ta`minotibo`yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat 


muhofazasigaolindi, ularni ta`mirlash, muzey eksponatlarini boyitish 
davlatbyudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlanadi.Muzeylar 
faoliyatini muvvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordamko`rsatish, moddiy jihatdan 
qo`llab-quvvatlash maqsadida1998 yilda “O`zbekmuzey” Respublika jamg`armasi 
tuzildi.Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishgako`maklashuvchi 
“Moziydan sado” jurnali ta`sis etildi va u1999 yildan boshlab o`zbek, rus va ingiliz 
tillarida nashr etilaboshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta 
tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyitildi.O`zbekistonda umumiy maydoni 
137150 kv.m.nitashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda 
1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatiniaks ettiruvchi nrdir 
buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda vaaholiga namoyish etilmoqda. 
Mamlakatimizning me`moriyyodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar 
ro`yxatigakiritilgan. 2005 ta me`moriy obida, 2700 ta arxeologikyodgorlik, 1800 
monumental san`at asari davlat muhofazasigaolingan. Buxoro, Samarqand va Xiva 
shaharlaridagi 3 tamuzey-qo`riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy 
yodgorliklar , me`moriy obidalar, monumental san`at asarlariFranciya, Turkiya, 
eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqamamlakatlarda O`zbekiston muzeylarining 
eksponatlarinamoyish etildi. 
Sport. Mustaqillik yillarida sport O`zbekiston milliymadaniyatining tarkibiy qismi 
sifatida rivojlantirildi.imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshoatlari – 
sportsog`lomlashtirish klublari, bolalar-o`smirlar sport maktablari,olimpiya 
o`rinbosarlari bilim yurtlari , oliy sport mahoratmaktablari, o`yingohlar, sport 
zallari, maydonlari, hovuzlarbarpo etildi va ta`mirlandi. Ularda 7 mln. kishi 
jismoniytarbiya va sport bilan shug`ullanish imkoniyatiga ega bo`ldi. 
1992 yil yanvarda O`zbekiston Milliy olimpiyaqo`mitasi tuzildi va 1993 yil 
sentyabrda xalqaro olimpiyaqo`mitasining 101-sessiyada rasmiy e`tirof etildi. 
Sportning boks turi jadal o`sdi. 17 marta jahonchempioni Artur Grigor`yan, Sidney 
olimpiadasi chempiniMuhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz johonga 
mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerkaning X`yustonshahrida o`tkazilgan X jahon 
chempionatida O`zbekiston bokskomandasi 83 mamlakat o`rtasida AQSh va Kuba 
komandalaridan keyin faxirli uchinchi o`rinni egalladi.Vatanimizda sportning 
tennis turi rivojlandi. 168 tatennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmui 
barpoetildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002 yillarda O`zbekiston prezidenti 
kubogi uchun 9 marta xalqaro tennismusobaqalari o`tkazildi. 1999 yilning iyul` 
oyida Londondao`tgan tennis bo`yicha yoshlar xalqaro turinirida toshkentlik 
sportchi Iroda To`laganova Uimbldon uchrashuvida g`olib chiqib, kumush kubokni 
kichraytirilgan nusxasini qo`lgakiritdi. 
1998 yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog`ining eng baland 
“evarest” cho`qqisiga ko`tarilib, O`zbekiston dovrug`ini dunyoga taratdilar . 
Mustaqillik sharofati bilan o`zbek milliy kurashitiklandi. 1992 yilda Termiz va 
Shahrisabz shaharlaridadastlabki milliy kurash bo`yicha xalqaro musobaqa 
o`tkazildi.Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab 
chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e`tirof etildi., xalqaro sport turlari 
qatoridan o`rin oldi. Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 
sportchilar ishtirokida kurash bo`yicha birinchi jahon chempionati bo`lib o`tdi. 


Unda o`zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush 3ta bronza 
medallarini qo`lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar 
nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash associaciyasi tuzildi, uning faxriy 
prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000-2002 yillarda London shahrida 3 
marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turinir bo`lib o`tdi. 2002 yil 
oktyabrda Xalqaro kurash asociaciyasi Xalqaro sport federaciyasi a`zoligiga qabul 
qilindi. O`zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyonda e`tirof topdi. 
Mustaqillik yillarida O`zbekiston sportchilariOlimpiadalar, Osiyo o`yinlari, Jahon 
va Osiyo chempionlari va boshqa munosabatlarida qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, 
kumush va bronza medallarni qo`lga kiritdilar. Shunday qilib, mustaqillik yillarida 
O`zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma`no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga 
qo`shildi va xalqaro maydonda salmoqli o`rinni egalladi. 

Download 180,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish