Aholilarning diniy e’tiqodlari xurofiy, xato dunyoqarashlarga asoslangan shaharlarni jaholatdagi yoki adashgan shaharlar deymiz. Ularning ba’zilari bunday fikirlashadi: ba’zi mavjudodlar bir-biriga qarashidir va bir-birlarini yo’q qilishga intiladilar. Mazkur mavjudodlarning har biri yashash sharoitida shunday quvvayi maxfuzaga egaki, shu narsa vositasida u qarama-qarshi mavjudoddan o’zini himoya qiladi va o’z zotini yo’qolib ketishidan asrab qoladi. U, yashash sharoitida yana shunday quvvatga egaki, shu narsa vositasida u qarshi narsani yo’qotib , o’rnida o’ziga o’xshash narsani paydo qiladi. Va nihoyat , unga shunday bir qobiliyat beriladiki , shuning yordamida u turli narsallardan foydalanib, yashash uchun doimiy yaxshi sharoit vujudga keltirishga intiladi. Mazkur mavjudodlarning ko’pchiligi o’zlariga ato etilgan qobiliyat tufayli qarshi ish ko’ruvchi (tug’dirgan mashaqqatlarni) yengib o’ta oladilar. Shu tarizda olamdagi har bir mavjudod mavjudod o’ziga qarshi va umuman boshqa mavjudodlarni yo’qotib, o’z yashash sharoitini yaxshilashga intiladi. Bizga shunday ko’rinadiki, olamdagi barcha mavjudodlar faqat o’z yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, o’ziga foyda keltirmay zarar keltiradigan boshqabarcha mavjudodlarni yo’qotish uchun, faqat o’zining yaxshiroq yashashini ta’minlash uchun dunyoga kelgan. Biz hayotda juda ko’p hayvonlarga tashlanib, o’zlariga tuzukroq foyda chiqmasa ham ularga zarar yetkazish va yo’q qilish uchun hamla qiladigan juda ko’p hayvonlarni ko’ramiz. Go’yo ularning har biri dunyoda faqat o’zi yashash uchun, boshqa mavjudodlarning yashashi ularga zarar keltiradiganday, shu hayvon borligining o’zi zararday, tabiat boshqalarni yo’q qilishga intiluvchi hayvonlarni uchratamiz. Mabodo, biror mavjudod boshqa mavjudodlarni yoq qilishni ko’zlamaganida ham , o’z foydasi uchun ularni qiynab ishlatishga intiladi. Ba’zi navdagi mavjudodlar boshqa navdagi mavjudodlar bilan huddi shunday munosabatdadirlar. Hatto bir navdagi mavjudodlar o’zaro shunday munosabatdadirlar. Xulosa . - Asarda jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yo‘llari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish kabi masalalar bayon etilgan. Bundan ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o’quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo’l-yo’riqlarni topa oladi.
E’tiboringiz uchun rahmat - E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |