Shularning hammasini ikki yo’l bilan bilib olish mumkin: Birinchidan, yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga o’shanda o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida (o’shanday o’rnashib qolsa, bu bilimlar qiyos yoki taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari his etish tufayli ko’ngillarida shu bilimlar vujudga keladi ). Fozillar shahridagi donishmandlar bu narsalarni isbotlash yo’li bilan yoki dil sezgisi bilan bilib oladilar. Ba’zilar esa bu narsalarni boshqalarning tasavvuricha taqlid orqali bilib oladilar. Bunday odamlar tabiatan yoki odatlariga ko’ra ruhiy bilimlarini aslida qanday mavjud bo’lsa , shunday tushinish qobiliyatiga ega emaslar. Mana shu ikki xil tasavvurlar ham bilim manbaidirlar, ammo donishmandlarning bilimlari, albatta eng yaxshi bilimlardur. Narsa hodisalarning birovlarning tasavvuri orqali taqlidan biluvchi odamlar ham turlicha darajada biladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |