Har bir xalqning, yoki har bir shahar aholisining narsa hodisalarga doir tasavvurlari o’zlariga tanish tasavvurlardir. Ayrim xalqlarning muayyan hilqat haqidagi eng mashhur (keng tarqalgan) tasavvurlarda ham ozmi – ko’pmi tafavvut, farqlar bor. Chunki, har bir xalq o’sha narsa, hodisani o’zicha anglab, o’zi aks ettiradi. Shu tufayli fazilatli shaharlarning turli xalqlari yagona maqsadga (masalan, oxiratda jannatga munosib bo’lishga) intilsalarda, ularning dinlari turlicha bo’lishi mumkin. Mana shu (turli xalqlar uchun umumiy) xilqatlar tegishli dalillar bilan bilib olingach, bu hilqatlar haqida hech qanday baxslarga ham, narsaning asl tabiatini tushunmay u haqida sohta tushunchalarga ega bo’lishdan kelib chiquvchi baxslarga ham o’rinqolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |