O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Farg‘ona politexnika instituti
Qurilish fakulteti
“Bino va inshootlar qurilishi”
kafedrasi
“Temirbeton va tosh konstruksiyalari”
fanidan
KURS LOYIHASI
Bajardi: 1-19 BIQ guruh talabasi
Toshtemirov B.
Raxbar: Ahmadaliyev A.
Taqrizchi: Abdurahmonov A.
Taqrizchi: Do’smatov D.
Kafedra mudiri: Umarov SH.
Farg‘ona 2023 yil
Koʻp qavatli temirbeton konstruksiyali binolarning yaxlit oroyopmasini, ustunini va poydevorini hisoblash va loyihalashga doir koʻrsatmalar
Quyma temirbeton konstruksiyalar iqtisodiy tejamli boʻlib, qurilishda barcha turlardagi elementlar sifatida qoʻllaniladi. Ayniqsa bino-inshootlarning qaytarilmas, birxillashtirib boʻlmaydigan va boʻlinmaydigan temirbeton konstruksiyalarini qurilish joyida yaxlit qilib tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Misol uchun baʼzi yakka tartibda loyihalangan binolar, suv inshootlari, poydevorlar, suv havzalari va shu kabi obʼektlarning konstruksiyalarini tayyorlashda qoʻllaniladi.
Quyma temirbetondan tayyorlangan qurilish konstruksiyalari uchun oz material (beton va armatura) sarflanadi va mustahkam boʻladi.
Qobirgʻali quyma orayopmalar asosiy(bosh) va yordamchi(ikkinchi darajali) toʻsinlar hamda plitalardan tashkil topadi. Orayopmaning barcha elementlari oʻzaro yaxlit (monolit) birikkan boʻlib, koʻpincha B15 - B30 sinfli betondan tiklanadi.
Qobirgʻali yaxlit orayopma konstruksiyasining mohiyati shundan iboratki, bunda tejamkorlik maqsadida choʻzilish sohasidagi betonning anchagina qismi olib tashlanib, bu yerda faqat kobirgʻa va choʻziluvchi armatura qoldiriladi. Qobirgʻaning tokchasi plita deb atalib, ikkinchi darajali toʻsinlarga tayanadi va egilishga ishlaydi. Ikkinchi darajali toʻsinlar asosiy toʻsinlarga, asosiy toʻsinlar esa oʻz navbatida ustun yoki devorlarga tayanadi. Asosiy toʻsinlar bino uzunligi yoʻnalishida yoki unga koʻndalang ravishda joylashtirilishi mumkin (1-rasm ).
Qavatlararo qobirgʻali orayopmalar plitalarining qalinligi yuk miqdoriga qarab, odatda 610sm olinadi.
Qobirgʻali quyma orayopma elementlarining hisobi plastik deformatsiyalar oqibatida zoʻriqishlarning qayta taqsimlanishini eʼtiborga olgan holda bajariladi.
Ikkinchi darajali toʻsin kesimining balandligi (1/12 1/20)ℓ, asosiy toʻsin kesimining balandligi (1/8 1/15 ) ℓ, toʻsinlar kesimining eni
b=(0,4 0,5) h olinadi.
Plitani hisoblashda orayopma rejasidan shartli ravishda eni 1m li tasma (yoʻlka) ajratib olinadi. Soʻngra eguvchi moment tutash toʻsinlardagi kabi hisoblab topiladi. Oʻrta oraliqda:
.
Plita va ikkinchi darajali toʻsindagi eguvchi elementlarni hisoblash sxemalari 2-rasmda keltirilgan.
Birinchi oraliqda eguvchi momentning eng katta qiymati chetki tayanchdan a0,425 ℓ masofada boʻladi.
Agar chetki erkin tayanchda Ma=0 boʻlsa, birinchi oraliqdagi va birinchi oraliq tayanchdagi eguvchi momentlar boʻladi.
Ikkinchi darajali toʻsindagi koʻndalang kuchlar quyidagicha topiladi: chetki erkin tayanchda Qa=0,4 q ℓ 0; birinchi oraliq tayanchda chapda Qvl=0,6 q ℓ 0. Birinchi oraliq tayanchda oʻngda va qolgan barcha tayanchlarda Qvl=0,5 q ℓ 0. boʻladi. Toʻsinsimon plitalarni rulonli toʻrlar va alohida tayyorlangan payvand toʻrlar bilan armaturalash sxemalari (4-rasmda) keltirilgan.
Ustunlar siqiluvchi elementlar qatoriga kiradi va ular nomarkaziy siqilishga ishlaydi. Qobirgʻali quyma orayopmali binolarning ustunlarida eguvchi momentning qiymati kichik boʻlganligi sababli, ustun shartli ravishda markaziy siqiluvchi element deb qaralishi mumkin. Kurs ishida bino birinchi qavatining ustunini markaziy siqilishga hisoblashga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |