4-jadval7
Iqtisodiy ekspertizaning asosiy jihatlari
Obyekt
|
Predmet
|
O‘lchov
|
Natija turi
|
Natija
|
Bino, inshoot, yer mol-mulk kompleksi va b.
|
Foydalanish samaradorligi
|
Ishlab chiqarish hajmi, qimmatliligi, kapital qaytimi
|
Sifatli
|
Samarali/samarasiz
|
Miqdoriy
|
Narxning
aniq (dolzarb) turi ma’nosi
|
Ma’lumotlar asosida iqtisodiy ekspertizaning o’ziga xos xususiyatidan biri bu KMO ekspertizasi dastlabki davrdan boshlanib va obyektning utilizatsiyasigacha tizimli olib borilishi kerak.
Albatta, bunda ekspertizaning maqsadlari va boshqaruv qarorlarining natijalari turlicha bo’lishi mumkin.
5-jadval8
Ko‘chmas mulk ekologik ekspertizasining asosiy jihatlari
Obyekt
|
Predmet
|
O‘lchov
|
Natija turi
|
Natija
|
Bino, inshoot, yer mol-mulk kompleksi (ishlab chiqarish korxonasi)
|
Obyektning funksional faoliyatidan kelib chiqadigan xavf
|
Atrof-muhit va insonga zarar keltirish darajasi
|
Sifatli
|
Xavf tug‘dirmaydigan/ tug‘diradigan
|
Miqdoriy
|
Chiqindilar va shunga o‘xshash zararlarning mohiyati
|
Ekologik ekspertiza ko’chmas mulk obyekti bo‘yicha loyihaviy hujjatlarni o‘rganishdan iborat bo‘lib, real jarayon tadqiqoti, uning funksional faoliyati va bu asosda real va potensial xavf to‘g‘risida professional xulosalarning rasmiylashuvi, ya’ni obyekt atrof-muhit uchun xavf tug‘dirishi mumkin yoki xavf tug‘dirayotgani (ekspertizaning endogen yo‘nalishi) va mulkdorning o‘zi uchun (ekspertizaning ekzogen yo‘nalishi), ishlab chiqarish yoki xo‘jalik faoliyatidan chiqayotgan chiqindilar atmosferaga tarqalishi, suv omborlariga chiqindilar chiqishi, turli xil zararli narsalar chiqishi, ko‘rilayotgan obyekt ekspluatatsiyasining mosligi, shuningdek boshqa turdagi chiqindilar, bunday xavfni kamaytirish uchun takliflar ishlab chiqilishi, obyektning faoliyati boshlanmasdan oldin ularni hal etilishi ko‘zda tutiladi.
Bu ekspertizaning turi dastlabki bosqichdan oldin qilinib, KMOni endigina boshlanishida, qarorlar qabul qilishda, ularning yo’nalishini o’zgartirishda, qayta jihozlashda, texnik qayta qurollanishida amalga oshadi.
Ekologik ekspertizaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
- KMOning atrof-muhitga ta’sir qiluvchi chiqindilarning omillarini va uni tasir qilishni baholash;
- tug’dirayotgan xavfni kamaytirish uchun takliflar ishlab chiqilishi hamda KMO ekspluatatsiyasining davomiyligi tahlil etish;
- KMOda joylashgan xavfli ta’sirini aniqlash va uni baholash;
- tug’dirayotgan xavfni kamaytirish uchun takliflar ishlab chiqilishi yoki KMO ning birinchi funktsional vazifasini tayinlash.
Boshqaruv ekspertizasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu loyihalanayotgan yoki KMOning boshqaruv sistemasi faoliyatini tahlil qilishdan iborat bo’lib va shu asosda to’g’ri xulosalarning berilishi, shu tizimning va uni alohida tashkil etuvchi, shuningdek, uni rivojlantirish uchun takliflarni ishlab chiqilishidir.
Boshqaruv ekspertizasining asosiy jihatlari quyidagi 2-rasmda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |