2-chizma. Ko’chmas mulk texnik ekspertizasi jarayonida hal qilinadigan vazifalar5
Joylashuv ekspertizasining mohiyati, shaharsozlik hujjatlarini o‘rganishdan iborat, shuningdek, ko’chmas mulk obyektiga taalluqli bo‘lgan obyektning joylashgan joyining funksional vazifasi, materiallarning marketing tadqiqoti va boshqa tadqiqotlar va xulosalarni rasmiylashtiruvidan iborat. Obyektning joylashgan joyi xo‘jalik-moliyaviy faoliyatiga to‘g‘ri kelishi, joylashgan o‘rnining xususiyatlaridan to‘laligicha foydalanishi etiborga olinadi. Ehtimol, masalan, shaharning markazidagi bir qavatli uyning bir xonali kvartiraning yemirilish darajasi 70% tashkil qilgan bo‘lsa, undan foydalanish maqsadga muvofiq. Etiborga olish kerakki, yer uchastkasining egasi uyni buzsa va o‘rniga daromadli ofis binosi qursa katta daromad olishi mumkin.
3-jadval6
Joylashuv ekspertizaning asosiy jihatlari
Obyekt
|
Predmet
|
O‘lchov
|
Natija
|
Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha shaharsozlik qoida va hujjatlari hamda u haqida marketing axboroti
|
Inson va transport yo‘nalishi, transport kirish mumkinligi
|
Intensiv yo‘nalishiga yaqinligi, uchastkaning rekreatsion xususiyati
|
KMO joylashuvi va uchaskaning foydalanilishi bo‘yicha omadlilik/omadsizlik
|
Obyektga yetish vaqti, tovush darajasi, havoning tozalik darajasi va boshqa xususiyatlari
|
Alohida ta’kidlab o’tish keraki, KMO joylashuv ekpertizasining maqsadga muvofiqligi, uning turli bosqichlarda olib borilishi mumkinligi albatta har xil maqsadda muhim ahamiyatga ega.
Obyektning dastlabki bosqichida, yani texnik –iqtisodiy asoslarida joylashuv ekpertizasining vazifasi obyekt uchun eng yaxshi va mos bo’lgan uchastkani tanlash, yoki tanlangan uchastkadan imkon qadar samarali foydalanishdan iborat,ya’ni obyekt qurilishidan oldin uchastkani tanlash va obyektga funksional jihatdan mos bo’lgan uchastkani topish lozim.
Iqtisodiy ekspertiza davrida joylashuv ekspertizasining maqsadi – obyekt joylashgan joyini funktsional jihatdan o’zgartirish haqida qaror qabul qilishda axborot ta’minoti bilan ta’minlash yoki marketing tadqiqotini olib borishdan iborat.
Iqtisodiy ekspertizaning mohiyati shundan iboratki, ko’chmas mulk obyektidan aniq va taxminiy (kutilayotgan) ko‘rsatkichlarni xarakterlab, retrospektiv va perspektiv hisob-kitob ko‘rsatkichlarini hisoblab tahlil qiladi va ular asosida ko‘chmas mulkdan taxminiy iqtisodiy samaradorligidan foydalanishni professional xulosa chiqaradi, shuningdek, vositalar qaytimi, ushbu obyektning egalik qilishga ketgan xarajatlarini hisobga oladi. Shuningdek, iqtisodiy ekspertizaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
- tadbirkorlik(investitsion) loyihasining samaradorligi (natijalilik) tahlilini amalga oshirish;
- qayta ishlab chiqarish tadbirlarining iqtisodiy natijalarni aniqlash;
- ko’chmas mulkni baholash;
- ko’chmas mulk boshqaruv tizimining samaradorligini tahlil kilish;
Iqtisodiy ekspertizaning asosiy jihatlari 4-jadvalda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |