O'zgarish tamoyili. Mulkning bozor qiymati va narxi vaqt birligi davomida o'zgarib boradi va ular miqdori yoki bahosi konkret sana va vaqtga belgilanadi. Bunda mulk va unga nisbatan tashqi sharoitlar ham har doim o'zgarib boradi.
Mos kelish tamoyili. Mulkning adolatli (maksimal) qiymati qachonki mulkning o'zi va uning ishlatilishi xarakteri bozorning iste'mol talablariga, undan kutilayotgan hodisa va nafga mos kelganda shakllanadi.
Mulkdor va baholovchining mulk to‘g’risidagi adekvat tasavvuri bilan bog’liq tamoyillar
Naflilik (foydalilik) tamoyili. Mulk qiymatini baholashda foydalilik (naflik) mezoni muhim ahamiyatga ega bo'lib, bunda umumiy maqsad bo'lib baholanayotgan mulkning yaroqligi yoki foydaliligi darajasini aniqlash va miqdoriy ifodalashga xizmat qiladi.
Foydalilikni baholashda mulk obyektining ishlatilishi natijalariga kompleks ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tizimli hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |