Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash usullari



Download 6,3 Mb.
bet52/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

3. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash usullari

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini hal etishda risk tahlili asosiy o‘rinni egallaydi. Bunday tahlil asosida loyiha yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha yo‘qotishlar o‘rganilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo‘qotishlarni kamaytirish yoki barham toptirish va ular bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun, eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya’ni “risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo‘ladi.


Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni loyihaga ta’sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushiniladi.
Risk tahlilining maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish bo‘yicha chora –tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat. SHunga ko‘ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari – buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug‘urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol etkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Risk tahlili odatda, bir-birini to‘ldiruvchi ikki turga, ya’ni:
- risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko‘zlovchi sifat tahlili;
- loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko‘rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo‘linadi.
Risklarni sifat tahlili – bu loyiha bo‘yicha kutilishi mumkin bo‘lgan asosiy risklarni aniqlash, loyihani amalga oshirishda uning oqibatlarini o‘rganish va risklarni pasaytirish yo‘llarini (tadbirlarini) aniqlashdan iborat.
Loyihaviy risklarning sifat tahlilini o‘tkazish jarayonida loyiha bo‘yicha aniq risk turlari aniqlanadi (loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari riski, siyosiy risklar, huquqiy risklar, moliyaviy risklar, marketing risklar, ekologik risklar, qurilish-ekspluatatsion risklar va boshqalar), ularni paydo bo‘lish sabablari o‘rganiladi, risklarni pasaytirish yuzasidan tavsiyalar va loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi.
Sifat jihatdan risklarni tahlil qilish sodda va qulay, uning asosiy maqsadi risklarni sababini aniqlash, manbasini ko‘rsatish va pasaytirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Sifat jihatdan tahlil keyinchalik boshqa izlanishlarga asos bo‘ladi. SHuning uchun biznes-reja tuzish bosqichida keng qo‘llaniladi. Sifat jihatidan tahlilni natijalari: risk sababini aniqlash, uning oqibatlarini tahlil qilish, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni o‘lchash va kamaytirish yo‘llarini izlash, risk ta’siriga beriluvchi omillarni chegara ko‘rsatkichlarini (minimum va maksimum) aniqlash xisoblanadi.
Risklarni sifat jihatidan tahlilni kamchiliklari aniq o‘lchovli ma’lumot bermasligi va uning sub’ektivligi, ya’ni tahlil natijalari to‘la tahlil qilayotgan shaxsga, uning bilim darajasiga bog‘liqligidadir.
Risklarning miqdoriy tahlili esa risklilik nuqtai nazaridan loyiha bo‘yicha bir qator omillarning o‘zgarishi natijasida loyiha samaradorligi mezonlarining o‘zgarishini o‘rganishdan iboratdir.
Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o‘tkazish loyihaning hisob-kitoblariga asoslaniladi. Miqdoriy tahlilning asosiy vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga asosan riskli omillarning o‘zgarishi ta’sirini miqdor jihatdan o‘lchashdan iborat bo‘lib, miqdoriy tahlil risklarni loyiha natijalariga son o‘lchovida ko‘rsatib beradi. Bunday tahlil turida matematik modellar, ehtimollar nazariyasi, statistik usullar qo‘llaniladi.
Miqdoriy tahlilning kamchiliklari: u katta hajmdagi ma’lumot, vaqt va aniq bilim talab qiladi, ammo bu tahlil turi aniq o‘lchovli ma’lumot beradi.
Miqdoriy tahlil quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
- statistik ko‘rsatkichlar (dispersiya, variatsiya va boshqalar);
- sezgirlik usuli (bitta risk omili o‘zgarishining loyiha samaradorligi mezonlarining o‘zgarishiga bog‘liqligini tadqiq qilish);
- zarasizlik nuqtasini aniqlash usuli;
- ssenariylar usuli;
- Monte-Karlo usuli;
- diskontlash stavkasini o‘zgartirish usuli va boshqalar.
Odatda, risk tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda muayyan turdagi riskning ko‘payishi yoki kamayishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar aniqlanadi;
- ikkinchi bosqichda aniqlangan omillar tahlili o‘tkaziladi;
- uchinchi bosqichda quyidagi ikki usul (yondashuv) asosida moliyaviy nuqtai nazardan aniq ko‘rinishdagi risk tahlili olib boriladi: a) loyihaning moliyaviy ahvoli (likvidligi)ni aniqlash; b) investitsiya loyihasida ishtirok etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini (moliyaviy mablag‘lar qo‘yilmasining samaradorligini) aniqlash;
- to‘rtinchi bosqichda riskning tanlangan darajasi bo‘yicha alohida operatsiyalar tahlili o‘tkaziladi;
- beshinchi bosqichda risk oqibatida kutilishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar hajmi aniqlanadi;
- oltinchi - so‘ngi bosqichda, ko‘rib chiqilayotgan loyihada qatnashish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan hollarda riskni yo‘qotish yoki pasaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Odatda, bunday vaqtlarda turli xil yo‘qotishlarga tayyor turish uchun oldindan xavfsizlik zahirasi tashkil etilishini ham ko‘rib chiqish mumkin.
Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta’sir etuvchi risk turlarni aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo‘llashdan iboratdir.
Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo‘lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga; risklarni baholash - miqdor tahliliga taaluqlidir.
Investitsiya loyihasi riskini baholash usullari orasida eng ko‘p qo‘llaniladiganlari quyidagilar:
1) Loyihaning sezgirlik tahlili.
2) “Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash.
Loyiha sezgirligini tahlil qilish usuli shunday usullar qatoriga kiradiki, bu usulni qo‘llash orqali loyiha hisob-kitoblari natijalarining ishonchliligiga erishish mumkin. Bu usul loyiha bo‘yicha barcha risklarni baholamaydi, lekin riskning eng kritik bo‘lgan omillarini aniqlab beradi hamda loyiha samaradorligiga riskning potensial ta’sirini baholashga imkon beradi. Loyiha sezgirligi tahlili investitsiya loyihasining aniq bir parametri salbiy tomonga qarab o‘zgarganda (bunda loyihaning boshqa parametrlari o‘zgarmas deb olinganda), loyihaning foydaliligiga qanday ta’sir qilishini aniqlab beradi.
Loyiha sezgirligini tahlilining maqsadi loyiha parametrlaridan biri o‘zgarganda loyiha samaradorligining qanchalik o‘zgarishini baholashdan iborat. Bu bog‘liqlik qanchalik yuqori bo‘lsa, loyiha riski shunchalik katta bo‘ladi, ya’ni bunda loyiha bo‘yicha oldindan o‘ylab qo‘yilgan boshlang‘ich shart-sharoitlardan ozgina chekinilganda loyiha samaradorligiga qanchalik ta’sir qilishi aniqlanadi.
Loyiha sezgirligini tahlili loyiha samaradorligiga eng ko‘p ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Loyiha sezgirligi tahlili quyidagi tartibda olib boriladi:

  • Investitsiya loyihasining asosiy parametrlarining ( ya’ni sotish hajmi, sotish bahosi, ishlab chiqarish harajatlari va h.k.) bazaviy qiymatlarini aniqlash;

  • SHu qiymatlar asosida loyiha samaradorligini hisob-kitobini amalga oshirib, ularni NPV yoki IRR deb belgilash;

  • Loyiha samaradorligiga eng ko‘p ta’sir etuvchi, uning asosida loyiha sezgirligini tahlil qilinuvchi ko‘rsatkichlardan birini tanlash (NPV yoki IRR);

  • Samaradorlik ko‘rsatkichiga eng ko‘p darajada ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;

  • O‘zgaruvchan omillardan biri o‘zgarganda asosiy ko‘rsatkich qanchaga o‘zgarishini hisob-kitob qilish.


Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish