Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Investitsiya loyihasiga ta’sir etuvchi risklar



Download 6,3 Mb.
bet50/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

Investitsiya loyihasiga ta’sir etuvchi risklar
YUqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, investitsiya loyihasiga ta’sir etuvchi risklarning quyidagi guruhini keltirish mumkin:

  • loyixa ishtirokchilari riski;

  • loyixa smeta qiymatining oshish riski;

  • qurilishni o‘z vaqtida tugamaslik riski;

  • ish va ob’ekt sifatining pastligi riski;

  • konstruksion va texnologik risklar;

  • ishlab chiqarish riski;

  • boshqaruv riski;

  • sotish riski;

  • moliyaviy risk;

  • mamlakat riski;

  • ma’muriy risk;

  • huquqiy risk;

  • fors-major riski.

Loyiha ishtirokchilari riski- bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod bo‘lishi mumkin. Loyixa ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasining pastligi, moliyaviy holatining nobarqarorligi, ishtirokchilarni turli risklardan etarlicha sug‘urtalanmaganligi natijasida kelib chiqadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshish riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko‘p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning etarli tajribaga ega emasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Loyixa smeta qiymatining oshish riskigaquyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi va boshqalar.
Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: pudratchilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyasiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi ob’ektga xom ashyo etkazib beruvchilar va kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtashi mumkin. Kapital qurilish bilan bog‘liq risklar quyidagi sabablardan kelib chiqadi:

  • loyiha - smeta hujjatlaridagi xatolar tufayli;

  • mutaxassislar malakasi etarli bo‘lmaganligi sababli;

  • fors- major holatlari;

  • qurilish materiallar, texnologik mahsulotlarning sifati pastligi sababli;

  • shartnoma shartlari buzilishi tufayli;

  • ta’minotning kechikishi tufayli va h.k.

Ish va ob’ekt sifatining pastligi riskipudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob’ekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha investitsion harajatlar qilinishi kerak bo‘ladi. Bu harajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo‘lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo‘shimcha harajatlar qilish kerak bo‘ladi.
Konstruksion va texnologik risk. Konstruksion risk - bu investitsiya bosqichidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha xujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu xujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob’ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya harajatlarining oshishi, ekologik me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi.

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish