Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni



Download 6,3 Mb.
bet51/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

Ishlab chiqarish riski- bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Bu risk ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob’ektning loyihaviy quvvatga erishmasligida, qo‘shimcha ishlab chiqarish harajatlarida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar ta’minotdagi uzilishlar, resurs zahiralarining etishmasligi, xom ashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish harajatlarining yuqori darajasi harajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va boshqa resurlar miqdori va sifatiga ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo‘ladi.
Boshqaruv riski- bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi. Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog‘liq risklar tushuniladi.
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish xajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riskidir. Sotish riski bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi, marketing yoki baho riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa bahoni taxmin qilish ancha qiyin bo‘lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarda yuqori bo‘ladi.
Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; b) valyuta riski; v) foiz stavkasini o‘zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski bo‘lib, u asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi. Bu risk loyiha mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo‘lmagan hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o‘zgarish riski - bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda loyihada qo‘llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining kamayish havflari mavjud bo‘ladi.
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va xatto loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va mahalliy xokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, terrorchilik harakatlari va boshqalar bo‘lib, bular loyiha ishtirokchilari ta’siri doirasidan tashqarida bo‘ladi. Davlatning siyosati bilan bog‘liq mamlakat risklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo‘lish mumkin: siyosiy va iqtisodiy.
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog‘liq. Bularga foydani boshqa mamlakatga olib o‘tishdagi ta’qiqlashlar va cheklashlar, chet el kapitali uchun avval yaratilgan imtiyozlardan mahrum qilish, konsepsiya va litsenziyalarni qaytarib olish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy mamlakat riski - davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni o‘zgartirishi bilan bog‘liq.
Ma’muriy risklar- loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruxsatlarni olishi bilan bog‘liq. Litsenziyalar, ruxsatlar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, tenderlar o‘tkazishda, mashina va asbob-uskunalarni etkazib berishda, qurilishda, dastlabki ishlar va ob’ektning ishga tushirilishida talab qilinadi. Litsenziyalar, ruxsatnomalar soni ayrim loyihalar bo‘yicha juda ko‘p bo‘lishi mumkin: loyiha faoliyatining u yoki bu turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi, tabiiy resurslardan foydalanish, tabiiy resurslarni va valyutani chetga olib chiqish huquqini beruvchi litsenziyalar, ruxsatlar bo‘lishi mumkin.
Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv risklari bilan bog‘lik. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa kredit bilan ta’minlashlar ehtimoli bilan bog‘liq noaniqlik va ishonchsizligida namoyon bo‘ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari, fikrimizcha, quyidagilar bo‘lishi mumkin: qonunlar majmuining va xalqaro huquq normalarining mukammal emasligi, huquqiy hujjatlar sifatining pastligi, sud mexanizmidagi kamchiliklar va boshqalar. Ayrim huquqiy risklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida bo‘lib, ular mamlakat va siyosiy risklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni milliy qonunchilikni, xalqaro investitsion huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy xujjatlarida ishtirok etuvchi malakali huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan hal etish mumkin.
Fors-major riski - loyixa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri bo‘lib, unga er silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: ish tashlashlar, inqiloblar va boshqalar. SHunday yo‘l bilan mamlakat riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo‘ladi.
YUqorida keltirilgan risklar tasnifi shartli ravishda bo‘lib, bunday risklar aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tarmoqqa tegishliligi, ko‘lamlari, tanlangan texnologiya, loyihani amalga oshirayotgan mamlakat va loyihaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Xullas, loyiha risklarining barcha turlarini ularning ta’siri jihatidan ahamiyatsiz va havfsiz, deb bo‘lmaydi. Loyiha risklari kichik bir texnologik yoki shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, xalqaro miqyosdagi turli holatlar va hodisalarning o‘zgarishiga bog‘liq holda kelib chiqishi mumkin.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish