Baholash faoliyatini rivojlantirish istiqbollarini belgilovchi omillar va baholash faoliyatini bank faoliyatidagi rolini muvofiqlashtirish.
Mamlakatimizda bugungi kunda 226 ta baholash tashkilotlari, shu jumladan xalqaro kompaniyalar mavjud bo‘lib, ularda 700 dan ortiq baholovchilar professional faoliyat yuritib kelmoqda, mol-mulkni baholash bo‘yicha 110 mingdan ortiq shartnomalar tuzilgan. Shu bilan birga, baholash xizmatlari bozori hajmi 2018-yilda atigi 50 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Baholash tashkilotlari faoliyati iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichi talablariga to‘liq mos emasligi yuzaga kelgan holatning asosiy sababi hisoblanadi. Baholash ishlari, aksariyat hollarda rasmiyatchilik uchun, yetarlicha professional bo‘lmagan darajada o‘tkazilmoqda, baholash tashkilotlarining lozim darajadagi mustaqilligi hamda obyektlarni real narxda baholashning obyektivligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati uchun javobgarligi ta’minlanmayapti.
Shuningdek, bir necha yil oldin davlat va xususiy aktivlarni baholashda yagona yondashuv va standartlar mavjud emasligi, natijada davlat aktivlari ko‘pincha asossiz ravishda oshirilgan narxlarda baholanishi, bu esa ularni sotish muddatlarining cho‘zilishiga olib kelgan va keyinchalik narxlarni qadam-baqadam pasaytirish mexanizmlarini qo‘llash zaruratini yuzaga keltirgan.
Respublikada keyingi yillarda baholash faoliyatini rivojlanishi, xalqaro kompaniyalar bilan birgalikda faoliyat olib borish uchun bir qancha huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi amaliyotga tatbiq etildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartlari, “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘isidagi”, “Baholovchilar va rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi kabi qarorlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4381 01.07.2019 qabul qilingan qarori asosida quyidagi vazifalar ijrosi belgilangan:
mustaqil baholash tizimini yanada rivojlantirish, baholash xizmatlarining professional darajasi va sifatini oshirish, baholash tashkilotlari faoliyatini tartibga solishning samarali usullarini joriy etish, o‘tkaziladigan baholash ishlarining natijalari va obyektivligi uchun ularning javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, davlat aktivlarini sotish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida baholovchilarni toifalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari ishtirokida amalga oshiriladi, baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar obyektlarni baholashning yagona milliy standartlarini tasdiqlash , 2019-yil 1-avgustdan boshlab baholovchilarning malaka darajasi va baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlaridagi a’zoligidan kelib chiqqan holda ularni toifalash;
toifalash natijalarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyatining veb-saytlarida e’lon qilish.
O‘zbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyati tomonidan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab baholash to‘g‘risidagi hisobotlar monitoringi asosida, shtatda bilimdon baholovchilarning mavjudligi, mazkur baholash tashkiloti tomonidan bozorda egallagan o‘rni hamda boshqa mezonlarga qarab beriladigan baholash tashkilotlarining reytingini joriy etish to‘g‘risidagi va uni jamoat tashkilotlarining veb-saytlarida e’lon qilish haqidagi takliflariga rozilik berish.
O‘zbekiston Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi va Baholovchilar jamiyati milliy baholovchilar uchun yagona baholash standartlarini, shu jumladan xalqaro ekspertlar va baholash kompaniyalarini jalb etgan holda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha seminarlar va treninglarni muntazam asosda o‘tkazib turishni tashkillashtirish; ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va milliy baholash kompaniyalarining xizmatlarini chet el bozorlariga olib chiqishda ularga ko‘maklashish, baholash faoliyati sohasidagi mashhur xorijiy jamoat tashkilotlarining O‘zbekistonda vakolatxonalarini ochishda tashabbus ko‘rsatish; elektron o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, tahliliy sharhlar va ma’lumotlar bazalaridan umumiy foydalanish, axborot ayirboshlash, doimiy asosda seminarlar, o‘quv kurslari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, konferensiyalar o‘tkazish, keyinchalik davlat organlarida tatbiq etish maqsadida baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va baholovchilar o‘rtasida keng muhokama qilish orqali, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari bilan birgalikda baholash bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish yuzasidan barcha baholash tashkilotlari, baholovchilar bilan (ayniqsa hududlarda) davlat organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan.
Oshkora savdolarda davlat aktivlarini sotib olishga ikki oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, ularni dastlab qo‘yilgan narxni qadam-baqadam pasaytirib borish mexanizmini qo‘llagan holda sotish amalga oshiriladi va bu qadam quyidagilar bo‘yicha har 15 kunda dastlab qo‘yilgan narxning 10 foizini tashkil qiladi:
ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha — dastlab qo‘yilgan narxdan 50 foizgacha;
aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha — dastlab qo‘yilgan narxdan 50 foizgacha, shu jumladan nominal qiymatidan past miqdorda, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan narxni qadam-baqadam pasaytirib borish mexanizmi kelgusida qo‘llanilishi mumkin.
Baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish namunaviy dasturlari baholash faoliyati sohasidagi litsenziyalovchi organ tomonidan baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi.
Baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mamlakat iqtisodiyoti transformatsiya jarayoniga yanada kirishib yuksalib boravergani sari, banklarga iqtisodiyotni bog‘liqlik darajasi yanada ortib boradi, bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik va jismoniy shaxslarni bank kreditlariga bo‘lgan talabini yanada oshishiga olib keladi. Banklar esa kredit ajratishda fuqarolarga bir qancha qulayliklar taqdim qilish bilan bir qatorda kredit riski bilan bog‘liq bir qancha muammoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, banklar garov ta’minotini baholash mexanizmining yangicha yondashuvlariga olib keladi. Bunda esa “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”2 gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadi bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |