Baholash ishi


Mulk qiymatini baholash faoliyati tushunchasi va mazmuni, baholash faoliyati obyektlari va subyektlari. Bank va baholash faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi



Download 337,84 Kb.
bet2/9
Sana23.01.2022
Hajmi337,84 Kb.
#402731
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Otamirzayev J. Hisobot

Mulk qiymatini baholash faoliyati tushunchasi va mazmuni, baholash faoliyati obyektlari va subyektlari. Bank va baholash faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi.

Baholash faoliyatining mohiyati mulkning miqdor bahosini belgilashda har qanday xususiy mulk obyektining miqdori aniq vaqt va holatda, aniq bozor sharoitida ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillar qiymatini nazarda tutgan holda pul shaklida ma’lum maqsad sari yo‘naltirilgan, tizimli jarayonni nazarda tutadi.

Mulkning narxini belgilashda baholovchi baholanayotgan obyektning aylanma daromadi, xavf-xatar, bu foydani nazorat qilib olish, bozor sharoitida o‘rtacha foyda olish darajasi, shunga binoan boshqa obyektlarning bahosi, baholanayotgan obyektning xarakterli tomonlari, aktivlarning tarkibi va vazifalari (tarkibiy qismlari), bozor holati kabi asosiy omillarni to‘liq hisobga olishga harakat kiladi.

Baholash an’anaviy sarf-xarajatlarni qisqartirib, to‘g‘ri investition qarorlar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Professional baholovchida tashkilotlar mablag‘idan ko‘p marta foydalanish natijasida, ma’lum aloqalari asosida tranzaktsion sarf-xarajatlar kam bo‘ladi. Bundan tashqari, baholash ishlarini tashqil etishda professional bilim va ko‘nikmalar zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham biznes bahosini belgilashni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ekspert-baholovchilar amalga oshiradilar.

Bugungi kunda baholash xizmatlari bozorida malaka sertifikatiga ega mingga yaqin baholovchilar mehnat qiluvchi ikki yuzdan ortiq baholovchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Professional baholovchiga buyurtma berganda investor u bilan shartnoma tuzadi. Shartnomada tomonlarning huquq va burchlari belgilanadi. Baholovchi bajariladigan ishning sifatiga javobgar hisoblanadi, demak, noto‘g‘ri baholash xavfi buyurtmachining emas, ekspertning zimmasiga yuklanadi.

Obyektni samarali boshqarish va taqsimlash maqsadida uning bozor yoki boshqa turdagi bahosi aniqlangach bu jarayonda kimlar ishtirok etishi va aynan qaysi obyektlarda mumkinligini ham aniqlash lozim. Narx belgilanayotganda obyekt va subyektlarning bahosi ham nazarda tutiladi.

Baholash faoliyatining subyekti jismoniy va yuridik shaxslar, davlat hokimiyati organlari, o‘z-o‘zini boshqaruvchi tashkilotlarning baholovchilari hisoblanadi. Baholash jarayonining subyektlariga yana quyidagilarni kiritish mumkin:

- davlat hokimiyati organlari;

- tashkilotlar va yuridik shaxslarning individual baholovchilari;

- baholovchilarning professional uyushmasi;

- buyurtmachi-baholovchilarni - baholovchi va yuridik yoki jimsoniy shaxslarning yozma shakldagi shartnoma bo‘yicha o‘zaro kelishuv asosida u yoki bu obyektning baholanishi amalga oshiriladi;

- baholash xizmatining iste’molchilari - ijro hokimiyatining bahohaqidagi hisobotda o‘z aksini topadigan ma’lumotlarga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslari.

Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:



  • alohida moddiy obyektlar (ashyolar);

  • shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;

  • mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;

  • talab qilish huquqlari, majburiyatlar (qarzlar); ishlar, xizmatlar, axborot;

  • intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlarida fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.

Baholanadigan obyektlar orasida biznes (tashkilotlar, idoralar, kompaniyalar) salmoqli o‘rinni egallaydi. Mulkni baholashda obyekt sifatida foyda olishga yo‘naltirilgan va tashkilotning faoliyatiga asoslangan mulk kompleksi faoliyati namoyon bo‘ladi. Tashkilot fuqarolik huquqi obyekti hisoblanib, xo‘jalik oborotiga kiradi, xo‘jalik operatsiyalarida ishtirok etadi. Natijada uning qiymatini baholashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Tashkilotning mulkiy majmua tarkibiga uning maqsadlari yo‘lida xizmat qiladigan, xo‘jalik ishlarini yuritish uchun zarur bo‘lgan, foyda olishga xizmat qiladigan mulkning barcha turlari, shu bilan birga, ko‘chmas mulk (yer maydoni, bino, inshootlar), mashinalar, asbob-uskunalar, boshqa transport vositalari, inventarlar, xom ashyo, mahsulot, mulkiy majburiyatlar, qimmatbaho qog‘ozlar, nomaterial aktivlar, intellektual xususiy mulk obyektlari, firmaning nomi, xizmat belgilari, patentlar, litsenziyalar, yangiliklar, tovar belgilari kiradi. Shuning uchun mulkni baholashda baholovchi tashkilotni uning xususiy kapitali qiymatini aniqlagan holda, umumiy tarzda va mulkiy majmuaning ayrim qismlarini alohida baholaydi.

Baholovchi tashkilot - baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.

Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste’molchisi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:



  • baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo‘lishi;

  • baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;

  • baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjudligi;

  • baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi.

Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qo‘shimcha professional xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin. Banklarda kredit garov ta’minoti uchun qo‘yiladigan ko‘chmas yoki ko‘char mulklarni baholash zarur hisoblanadi. Bunda baholash jarayoni quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

Download 337,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish